Diomansy Kamara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diomancey Mehdi Camara (fransuzcha: Diomansy Mehdi Kamara) 1980-yil 8-noyabrda Fransiya poytaxti Parijda dunyoga kelgan.

Diomansy Mehdi Kamara Futbol
Domansi Kamara v „Fulxeme“
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Diomansy Mehdi Kamara
Taxallusi Jo
Tugʻilgan 1980-yil 8-noyabr(1980-11-08)[1][2] (41 yosh)
Parij, Il-de-Frans
Fuqaroligi
Boʻyi 181 sm
Pozitsiyasi Hujumchi
Klub haqida maʼlumot
Klub karerasini yakunlagan
Klublardagi faoliyati[* 1]
1998—1999 Flag Fransii Red star 4 (2)
1999—2001 Flag Italii Katandzaro 34 (10)
2001—2005 Flag Italii Modena 81 (48)
2004—2005 Flag Anglii Portsmut 25 (4)
2005—2007 Flag Anglii Vest Bromvich Albion 60 (21)
2007—2011 Flag Anglii Fulxem 59 (12)
2010 Flag Shotlandii Seltik 9 (2)
2011 Flag Anglii Leicester City 7 (3)
2011—2014 Flag Tursii Eskishexirspor 95 (28)
2014—2015 Flag Italii Katandzaro 12 (4)
2015—2016 Flag Indii Nort-Ist United 12 (3)
Terma jamoa safida[* 2]
2003—2011 Flag Senegala Senegal 51 (9)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Mehdi Kamara senegallik futbolchi, maydonda hujumchi vazifasini bajargan. Shuningdek, Mehdi Kamara Senegal terma jamoasida toʻp surgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehdi Kamara futbolchilik faoliyatini Fransiyaning „Srvena Zvezda“ havaskor klubida boshlagan.

1999-yilda u C2 seriyasining „Katanzaro“ klubi bilan shartnoma imzolagan va u yerda 2 mavsumni oʻtkazgan.

2001-yilda u C seriyadan B seriyaga oʻtgan „Modena“ klubida faoliyatini olib borgan. 2001/02-yilgi mavsumda Modena klubi chempionatda 2-oʻrinni egallagan va Italiya chempionati oliy ligasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan. Kamara doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 2003/04-yilgi mavsumda 16-oʻrinni egallab, B seriyaga koʻtarilganidan soʻng, futbolchi Angliya Premer-ligasining „Portsmut“ klubiga ijaraga berilgan.

2004-yilning oktyabr oyida futbolchi tizzasidan jarohat olib, 3 oyga safdan chiqqan. Keyinchalik Kamara 29 marta maydonga tushib, „Portsmut“ darvozasiga 4 ta gol kiritgan.

2005-yilning iyul oyida u 1,5 million funt evaziga Angliya premer-ligasida oʻynagan „Vest Bromvich“ safiga qoʻshilgan. 2005/06-yilgi mavsum futbolchi uchun ham, klub uchun ham omadsiz boʻlgan. Mehdi Kamara 26 ta oʻyinda maydonga tushib, bor-yoʻgʻi bir marta — 16-tur doirasidagi „Manchester City“ ga qarshi oʻyinda oʻzini namoyon qila olgan. Mavsumda „Vest Bromvich Albion“ 19-oʻrinni egallab, Futbol Ligasi chempionatiga yoʻl olgan.

2006/07-yilgi mavsumda futbolchi oʻzining eng yaxshi tomonlarini koʻrsatgan. Xususan, 21 ta gol urib, futbol ligasi chempionati toʻpurarlari roʻyxatida 3-oʻrinni egallagan va 6 ta oʻyinda 2 ta gol kiritgan. Kamara, shuningdek, 2006-yil oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Klub chempionatda 4-oʻrinni egallagan va Premer-ligada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Ammo jamoa yarim finalda „Vulverxempton Uonderers“ jamoasiga 4:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, ammo finalda „Vest Bromvich“ „Derbi Kaunti“ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygan.

2007-yilning 9-iyulida uni Angliya Premer-ligasining „Fulxem“ klubi 6 million funt sterling evaziga sotib olgan. „Fulxem“ klubi futbolchidan yorqin oʻyin kutishgan, ammo Kamara kutilgan natijani koʻrsata olmagan. Jumladan, futbolchi 28 oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishgan. Angliyaning „The Sun“ gazetasi Kamarani 2007/08-yilgi mavsumda ingliz klublari uchun eng yomon transferlar roʻyxatida 5-oʻringa munosib koʻrgan[3]. Faqat 36-turning „Manchester City“ ga qarshi oʻyinida futbolchi yana faol boʻla olgan. Oʻyindagi hisob 0:2 boʻlayotgan bir vaqtda, Kamara 70-daqiqada hisobdagi farqni qisqartirgan boʻlsa, qoʻshib berilgan vaqtning 2-daqiqasida gʻalaba toʻpini kiritishga erishgan[4]. 2008-yil 21-iyun kuni 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Senegal — Tanzaniya uchrashuvida Kamara tizzasidan jarohat olgan va iyul oyida operatsiya qilingan. U 2009-yilning fevralida „Fulhem“ning asosiy jamoasiga qaytgan. 2008/09-yilgi mavsumda klub 7-oʻrinni egallagan va Yevropa Ligasiga yoʻllanma olgan. 2011-yilning iyul oyida Kamara Turkiyaning „Eskishehirspor“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Senegal terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamara 2003-yildan buyon milliy terma jamoada oʻynab kelmoqda. U 2006- va 2008- yillarda Afrika Millatlar Kubogi final bosqichida terma jamoa safida oʻynagan. Eng yaxshi natija — 2006-yilda 4-oʻrin boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "*", but no corresponding <references group="*"/> tag was found