Fransiya bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fransiya bayrogʻi
Flag of France.svg
Mutanosibligi 2:3
Qabul qilindi 1976-yil iyul[1] (toʻqroq rangli versiyasi 15-fevrel 1794-yilda qabul qilingan)
Bayroq mualliflari Lafayette, Jacques-Louis David

Fransiya bayrogʻi (fransuzcha: drapeau français) — bu Fransiya Respublikasi tomonidan ishlatilgan va hozirgacha ishlatib kelinayotgan milliy bayroqdir. U yuqoridan pastga qarab tizilgan uch xil rangdagi uchta vertikal tasmadan iborat. Ushbu ranglar quyidagicha (yuqoridan pastga): Koʻk (quyuq koʻk yoki toʻq koʻk), oq hamda qizil. Bayroqning kelib chiqishi Buyuk fransuz inqilobidan boshlanadi. Buyuk fransuz inqilobi va uning jahonga tarqatgan tenglik, erkinlik va demokratiya kabi gʻoyalari, boshqa koʻplab mamlakatlarning bayroqlarini yasashda muhim rol oʻynadi.

Qirollik hukumati, dastlab, koʻplab bayroqlardan foydalangan, ulardan eng mashhurlari — oq tusdagi fonda yoki milliy bayroqda koʻk qalqon hamda oltin rangli fleur-de-lis (Fransiya qirollik gerbi) aks etgan bayroq boʻlgan. Buyuk fransuz inqilobi boshlarida, Bastiliyani bosib olishda muhim ahamiyat kasb etgan Parij militsiyasi koʻk va qizil rangli kokardani kiyib olishgan,[2] oʻsha vaqtlarda bu ranglar shaharning anʼanaviy ranglari hisoblanar edi. Fransuz generali Gilbert du Motier, Marquis de Lafayettening soʻzlariga koʻra, bu ranglar „qadimgi fransuz ranglari“ boʻlgan va militsiya kokardasiga qoʻshilib, uch rangli Fransiyaning milliy kokardasini yaratgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Drapeau Français“. promo-drapeaux.fr. 1-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-yanvar 2019-yil. Arxivlandi 2021-01-31 Wayback Machine saytida.
  2. „Presa della Bastiglia, il 14 luglio e il rosso della first lady messicana Angelica“ (it). Qaraldi: 10 mart.

Qoʻshimcha[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Flags Through the Ages and Across the World, Smith, Whitney, McGraw-Hill Book Co. Ltd, Angliya, 1975. ISBN 0-07-059093-1.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]