Armaniston bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Armaniston bayrogʻi
Եռագույն

Flag of Armenia.svg

Ta'sis qilingan 1990-yil 20-avgust
Mutanosibligi 1:2
Muallif
Stepan Malkhasyants

Armanistonning milliy bayrogʻi, shuningdek Arman trikolori ham deyishadi (armancha: Եռագույն «''Ерагу́йн''») – Armaniston Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Bayroq toʻgʻri toʻrtburchak matodan tashkil topgan boʻlib, u uch xil rangdagi gorizontal chiziqlardan iborat: yuqorisi – qizil, markazda – koʻk va pastda – olovrang ranglariga ega. Bayroqning eni boʻyiga nisbatan 1:2 oʻlchamda. Armaniston bayrogʻi 1990-yil 24-avgustda Armaniston Respublikasining Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan. 2006-yil 15-avgustda Armaniston Milliy Yigʻini “Armaniston Respublikasining davlat bayrogʻi haqida”gi yangi qonunni qabul qildi. Armaniston tarixida juda koʻp turlicha bayroqlar boʻlgan. Qadimgi davrlarda davlatni boshqargan arman sulolalari oʻz bayroqlarida turli xil ramziy jonivorlarni tasvirlashgan.[1] XX asrda Armaniston SSR shoʻro ramzlari tushirilgan turli koʻrinishdagi bayroqlarni qabul qilgan.

Ma’nosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ranglarning ma’nolari turlicha talqin qilinadi. Masalan, qizil arman genotsidi davrida oʻldirilgan bir yarim million arman millatiga mansub kishilarning qoni ramzi, koʻk – Armanistonning tinch-osuda osmoni va olovrang – arman xalqining qoʻrqmas va dovyurakligi ramzi.[2]

Armaniston Respublikasining Konstitutsiyasida quyidagi ma’nolar keltirilgan:

Qizil rang Armanistonning togʻoldi hududlari, arman xalqining yashash uchun olib borgan kurashi, xristian e’tiqodi, Armaniston erki va mustaqilligi uchun kurash. Koʻk rang xalqning tinch va osuda osmon ostida yashash huquqi, Olovrang esa Armaniston xalqining iste’dodi va mehnatkashligi ramzidir.[3][4]

Ranglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Flag of the Armenian Kingdom of Cilicia under the Lusignan Dynasty (1341-1375).svg
Luzinyan sulolasining bayrogʻi (1342—1375, zamonaviy arman bayrogʻi ranglaridan foydalanilgan Armanistonning soʻnggi qirollik sulolasi

2013-yil 1-yanvardan Armaniston bayrogʻining tegishli ranglarini belgilovchi “Armaniston Respublikasining davlat bayrogʻi. Umumiy texnik shartlar” nomli ՀՍՏ 50-2012 davlat standarti qabul qilindi.[5]. Bundan tashqari Armanistonda biroz xiraroq ranglardagi bayroqdan ham foydalanish holatlari uchraydi.

Normativ ranglar Xiraroq ranglar
Flag of Armenia.svg Flag of Armenia (variant).svg
Qizil 217-0-18 216-28-63
Koʻk 0-51-160 85-117-196
Olovrang 242-168-0 239-107-0

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarang: Armaniston bayroqlari
Armanistonning zamonaviy bayrogʻi qadimgi arman bayroqlaridan anchagina farq qiladi. Qadimda bayroq oʻrniga ajdar, burgut, arslon yoki “sirli ilohiy ramzlar” oʻyilgan yogʻoch tugʻlar qoʻllanilgan.[1] Ulardan faqat urush vaqtida foydalanilgan boʻlib, urushdan avval tugʻlarni urush maydoni yonlariga suqib chiqilgan. Keyinchalik, ayniqsa armanlar xristianlikni qabul qilishgach, hukmdor sulolalar turli xil bayroqlardan foydalanishgan. Masalan, Artasheslar sulolasi qizil matoga tushirilgan, bir-biriga qarab turgan ikki burgut va gul tasviri tushirilgan bayroqdan foydalanishgan.


XVII—XVIII asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

IFIS Reconstruction.svg Arman xalqining dengiz savdo bayrogʻi.

1688-yil 22-iyunda Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi Madraslik arman savdogarlari bilan “Ost-Indiyaning arman millati bilan kelishuvi” deb nomlangan shartnomani imzolashdi,[6] unga koʻra armanlar oʻz oziq-ovqat tashuvchi kemalarida oʻzlarining bayroqlarini ilib yurish huquqiga ega boʻldilar: Ularning kemalari qizil-sariq-qizil rangdagi oʻz bayroqlariga ega boʻlib, bayroq markazida Hind okeanining koʻplab portlarida hurmat qozongan Tangri Qoʻzisi surati tushirilgan.[7].

XIX asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIAV historical.svg 1885-yildagi koʻrinishi.
IFIS Proposed.svg Alishan bayrogʻi.

Armanistonni Forslar va Usmoniylar imperiyasi oʻzaro boʻlib olishgandan soʻng, bir qancha vaqt davomida Armaniston oʻz bayrogʻiga ega boʻlmadi. 1885-yilda Parijdagi arman talabalar assotsiatsiyasining iltimosiga koʻra arman katolik ruhoniysi Gevond Alishan yangi bayroq loyihasini ishlab chiqdi. Arman talabalar assotsiatsiyasi shu bayroq ostida yozuvchi Viktor Gyugoning dafn marosimida qatnashdilar. Bu gorizontal trikolor teskari aylantirilgan zamonaviy Bolgariya bayrogʻiga oʻxshardi. Yuqori chiziq qizil rangda boʻlib, Pasxaning birinchi yakshanbasi ramzi (“Qizil yakshanba”), oʻrta chiziq “Yashil yakshanba” ramzi oʻlaroq yashil rangda, ostki chiziq oq rangda boʻlib, hech qanday ma’noni anglatmagan, u shunchaki vizual koʻrinish uchun qoʻshilgan.[1] Alishan Fransiyada arman bayrogʻining yana bir koʻrinishini yaratgan boʻlib, u hozirda “arman millatchilari bayrogʻi” deb ataladi. U fransuz vertikal trikolorini eslatib: chapdan oʻngga qarab yotqizilgan qizil, yashil, koʻk ranglar Nuh a.s. Ararat togʻida koʻrgan kamalak ramzi hisoblanadi.[1]

Kavkazorti Respublikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIAV historical.svg Kavkazorti Respublikasining bayrogʻi (1918)

1828-yilda rus-fors urushi oqibatida Turkmanchoy sulhi tuzilib, Armanistonnig Eron tarkibidagi sharqiy qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshib olinadi. Rossiya imperiyasining qulashidan soʻng Armaniston oʻz mustaqilligini e’lon qilib, Gurjiston va Ozarbayjon bilan qoʻshilishi oqibatida bir yildan kamroq vaqt mavjud boʻlgan Kavkazorti Respublikasiga asos solindi. Respublika rasmiy ravishda oʻz ramzlariga ega boʻlmagan. Lekin ayrim tarixchilar Germaniya bayrogʻiga oʻxshash sariq, qora va qizil chiziqlardan iborat boʻlgan trikolorni Kavkazorti Respublikasining bayrogʻi deb fikr bildirishadi.[8] Respublika 1918-yilning 26-mayida Gurjiston demokratik respublikasi e’lon qilingan kundan barham topdi. Ikki kundan soʻng (28-may) Birinchi Armaniston Respublikasi va Ozarbayjon demokratik respublikasi e’lon qilindi.

Armaniston Demokratik Respublikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIAV historical.svg Armaniston Demokratik Respublikasning bayrogʻi, 1918—1920

Armaniston Demokratik Respublikasi oʻz mustaqilligini e’lon qilgandan soʻng, Armaniston bayrogʻi hozirgi koʻrinishiga ega boʻldi. Uning koʻrinishi Rubenlar sulolasining qulash davrlaridagi bayrogʻiga oʻxshash qizil, koʻk, sariq koʻrinishga ega boʻldi (Kilikiy arman qirolligi).[9] Bundan tashqari yana kamalakrang bayroq gʻoyasi ham ilgari surilgan, lekin u ma’qullanmagan. Bu bayroqning prototipini Yerevandagi Martiros Saryan uy-muzeyida koʻrish mumkin. Armaniston Demokratik Respublikasi bayrogʻining qabul qilinishiga yosh mamlakat Milliy yigʻinida soʻzga chiqqan Stepan Malxasyantsning doklad materiallari katta ta’sir oʻtkazgan. Qizil, koʻk va olovrang kombinatsiyasi “kishiga yoqimliroq koʻringani uchun” sariq rang tezda olovrangga oʻzgartirilgan.[1] Tomonlar hajmi 2:3 oʻlchamda.[10]

Shoʻro Armanistoni va Kavkazorti SFSR[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIAV historical.svg Kavkazorti SFSRning bayrogʻi 1922—1936

1920-yil 29-noyabrda bolsheviklar tomonidan Armaniston SSR e’lon qilingan. 1922-yil 2-fevral]] kuni Armaniston SSR shoʻrolarining I qurultoyida respublika konstitutsiyasining qismi sifatida yangi bayroq koʻrinishi ham qabul qilindi. Bu koʻrinish bor-yoʻgʻi bir oy amalda boʻldi. Sababi 12-martda Armaniston SSR Gurjiston SSR va Ozarbayjon SSR bilan qoʻshilib, Kavkazorti SFSR deb yuritila boshladi. 1922-yil 30-dekabr]]da Kavkazorti SFSR SSSRga birikkan toʻrt respublikadan biri edi. Yangi koʻrinishdagi bayroq qizil fonda sariq oʻroq va bolgʻa tasviri tushirilgan hamda sans-serif shrifti bilan sariq rangdagi “ZSFSR” degan yozuvli koʻrinishga ega boʻldi. 1936-yilda Kavkazorti Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi barham topdi.[11].

Armaniston SSR bayrogʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR respublikalaridan biri sifatida Armaniston SSR oʻzining birinchi bayrogʻini 1936-yilda qabul qildi. Unda qizil fonda sariq oʻroq va bolgʻa, ularning ostida «ՀԽՍՀ» (hХСh: «haykakan Xorhrdayin Sotsialistikan hanrapetutyun”, kirillchada: «haйкакан Хорhрдайин Социалистакан haнрапетутюн») abbreviaturasi bor edi. 1940-yilda bayroqdagi abbreviatura «ՀՍՍՌ» (ASSR)ga oʻzgartirildi (“hayastani Sovetakan Sotsialistakan Respublika”, kirillchada: «haястани Советакан Социалистакан Республика»). 1952-yilda yangi bayroq qabul qilindi. Undan abbreviatura olib tashlanib, oʻrniga gorizontal koʻk chiziq paydo boʻldi. Bu bayroq 1990-yilgacha amalda boʻldi. 1990-yil 23-avgustda Armaniston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilgach, tez orada shoʻrolar davrigacha boʻlgan bayroq qayta tiklandi.[12].

Arman millatiga mansub vermaxt legionerlarining bilak nishoni

Armaniston bayrogʻi natsist Germaniyasi saflarida xizmat qilgan arman askarlari (Arman vermaxti legioni) tomonidan ham qoʻllanilgan.[13][14]

Oʻxshash bayroqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyaning Rostov oblasti Myasnikovskiy rayoni (rayon markazi – Chaltir qishlogʻi) 1998-2011-yillarda Armaniston bayrogʻidan asos qilib olingan bayroqdan foydalangan. Bu rayonning etnik tarkibi 60 % arman millatiga mansubligi bilan bogʻliq. Tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasining bayrogʻi ham aynan Armaniston bayrogʻi ranglarini takrorlaydi. Bu ranglar Armaniston va TQR xalqi oʻzaro tarixiy, madaniy bogʻliqligi ramzidir. TQR bayrogʻi arman bayrogʻidan faqat oq rangdagi chiziqli naqshi bilan ajralib turadi.

Oʻxshash rangdagi bayroqlar: Venesuela bayrogʻi Venesuela bayrogʻi Ekvador bayrogʻi Ekvador bayrogʻi Flag of Colombia.svg Kolumbiya bayrogʻi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „The Evolution of the Armenian Flag“. Armenianheritage.com. 4-Aprel 2001-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-Yanvar 2007-yil.
  2. „Armenia“. Vexilla Mundi. Qaraldi: 6-Yanvar 2007-yil.
  3. „General Information: section the Flag“. Government of Republic of Armenia. Qaraldi: 21-Oktabr 2010-yil.
  4. „Armaniston haqida — Umumiy ma’lumotlar“. Armaniston Respublikasi Hukumati. 2-Fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2010-yil 23-dekabr.
  5. Государственный флаг Республики Армения. Общие технические условия
  6. Ferrier, Ronald. «The Agreement of the East India Company with the Armenian nation, 22nd June 1688.» Revue des Études Arméniennes n.s. 7 (1970): 427-43.
  7. Mauro, Frédéric. "Merchant Communities: 1350—1750."The Rise of Merchant Empires: Long Distance Trade in the Early Modern World, 1350—1750. Ed. James Tracy. Cambridge: Cambridge UP, 1990. 255-86.
  8. „Закавказская Федерация (Transcaucasian Democratic Federative Republic)“(aniqlanmagan). Russian Centre of Vexillology and Heraldry (30-May 2003-yil). 22-Iyun 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-Dekabr 2006-yil.
  9. „Республика Армения (Republic of Armenia)“(aniqlanmagan). Russian Centre of Vexillology and Heraldry (28-Mart 2003-yil). 22-Iyun 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-Yanvar 2006-yil.
  10. „Armenia: First Republic (1918–1921)“. Flags of the World. Qaraldi: 9-Yanvar 2007-yil.
  11. Советская Армения
  12. К СОЮЗУ СУВЕРЕННЫХ НАРОДОВ. Сборник документов
  13. „Эдуард А. Абрамян // Из истории Армянского Легиона“. roa.ru. 30-Aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-Avgust 2016-yil.
  14. „Книга: Восточные легионы и казачьи части в Вермахте“. www.e-reading.club. Qaraldi: 22-Avgust 2016-yil.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]