Foydalanuvchi:Iammuhammadiso/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shirin Abdullayeva

Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi14-dekabr 2005-yil (2005-12-14) (18 yosh)
Namangan
Kasbiaktrisa, qoʻshiqchi, sportchi, model
Faoliyat yillari2009-hozirgi vaqtgacha
Yorliq

Shirin Abdullayeva (toʻliq ismi: Shirin Baxodirovna Abdullayeva; 2005-yil 14-dekabr; Namangan shahr; Namangan viloyat; Oʻzbekiston) – xonanda, aktrisa va sportchi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori(2023). Yosh ijodkor milliy va chet el filmlarida bosh roʻllarni ijro etmoqda. 2017-yilda su’ratga olinga „Merosxoʻr“ badiiy filmi yosh aktrisa uchun ulkan muvaffaqiyat eshiklarini ochdi. Hozirgi kunda oʻzbek milliy qoʻshiqchiligiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirin yosh boʻlishiga qaramasdan, sanʼatga sohasiga erta qadam qoʻydi.

Amir Temur Yoquti – Yevropada mashhur boʻlgan qimmatbaho toshning nomi. Sharqda esa bu toshni „Xiroji olam“ deb atashgan. Buning sababi esa juda yuqori narxlarga bahonlangani uchun oʻrta asrlarda „Xiroji olam“, yani dunyoning xirojiga teng tosh deb atashgan. „Temur Yoquti“ – haqiqiy yoqut yaʼni rubinga yaqin boʻlib, aslida laʼl toshi hisoblanadi. Bu insoniyatga maʼlum boʻlgan eng yirik laʼl toshidir. Uning ogʻirligi 352,2 karatni tashkil etadi. Mazkur tosh "Ost—Indiya"[1] kompaniyasi qoʻliga oʻtgandan soʻng boshqa uchta shhpinel bilan birgalikda Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya[2] uchun tayyorlangan taqinchoqda ishlatilgan. Mazkur qimmatbaho toshning asl vatani Hindistondir. 1398-yilda tosh Amir Temurga kelib tushgan. Amir Temurdan soʻng „Temur Yoquti“ koʻplab hukumdorlarning qoʻlidan-qoʻliga oʻtib kelgan. Ularning koʻpchiligi toshga oʻz ismlarini oʻyib yozdirishga harakat qilganlar. Tosh olti hukumdor tomonidan turli davrlarda mohir zargar va hattotlar tomonidan oʻyib yozdirilgan(Amir Temur, Shohrux, Ulugʻbek, Shoh Abbos, Jahongir, Shoh Jahon).Amir Temurdan soʻng toshga egalik qilish Shohruxga, uning vafotidan keyin esa Ulugʻbekka oʻtadi[3]. Ulugʻbek davridan keyin qoldirilgan yozuv esa Abbos I Safaaviyga tegishlidir. Fors Podshohlari Abbos I Safaviydan soʻng bu toshga egalik qilish Boburiylar sulolasi qoʻliga oʻtgan. Jahongirshohdan keyin esa mazkur tosh uning merosxoʻri, mashhur meʼmoriy obida Toj Mahalning[4] bunyodkori Shohjahonga oʻtadi[5]. Keyin esa „Temur toshi“ yana koʻplab hukumdorlar qoʻliga oʻtadi. Hozirgi kunda mazkur tosh Buyuk Britaniyaning qirollik saroyida saqlanib kelmoqda. Tosh haqida turli afsona va rivoyatlar mavjud.

Sohibqiron tojining koʻrki

Maʼlumotlarga koʻra, bu tosh uzoq muddat Siam (hozirgi Tailand) mulki hisoblangan va keyinchalik Dehliga borib qolgan. Bu vaqt davomida qirollar, rojalar, sultonlar xazinasida saqlangan, hukmdorlar uni qoʻlga kiritish uchun qon toʻkishdan ham qaytmagan. Buning asosiy sabablari esa bir qancha afsonalarning ortib borishi boʻlgan. Afsonalarga koʻra toshning egasi har doim jaglarda gʻalaba qozonadi, dushmanlari hech qachon uni yenga olmaydi, hatto qamalda qolgan paytda ham gʻanimlar hamlasidan eson-omon qutulib chiqa oladi, degan qarashlar mavjud boʻlgan. 1398-yilda Hindistonni zabt etgan Amir Temur bu toshni ham qoʻlga kiritadi. Bu toshni tarixi bilan tanishga Amir Temur bu toshga nisbatan qiziqish bildiradi va unga sayqal berib, oʻz tojiga oʻrnattiradi. Tosh sulsxatida „Amir Temur Koʻragon“ nomini yozdiradi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ushbu tosh to umrining oxiriga qadar buyuk sarkardaning tojini bezab turgan[6].

Shohlardan-shohlarga

„Amir Temur yoquti“ 1407-yilda Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli Shohrux Mirzoga oʻtgan. Toshda uning ismi borligi ham bu maʼlumotni tasdiqlaydi[7]. 1447-yilda esa, Movarounnahr va Xuroson hukmdoriga aylangan Ulugʻbek ham bu toshga sohib chiqqan va unga „Mirzo Ulugʻbek ibn Shohrux“ soʻzlarini oʻyib yozdirgan manbaalardan keltiriladi[8].

Tosh keyinchalik Safaviylar saroyiga borib qoladi. Buni toshdagi Shoh Abbos (1587-1629) ismi ham tasdiqlab turibdi. Ammo, tosh qanday qilib Safaviylarga borib qolgani aniq emas. Tahminlarga koʻra, Shoh Ismoil Safaviy 1510-yilda Movarounnahrni egallaganligi aytiladi[9].

Shoh Abbos keyinchalik bu toshni Boburiylar sulolasi vakili Jahongirga tuhfa qilgan. Oʻz navbatida Jahongir ham toshga oʻz ismi va otasining ismini oʻyib yozdiradi. Tosh ustki qismida juda koʻplab ismlar boʻlganligi uchun Jahongir ularni oʻchirtirib, oʻz otini ularning ustidan yozdiradi[10].

Shundan soʻng tosh uning oʻgʻli Shoh Jahon qoʻliga oʻtadi. U toshda oʻz ismiga "Sohibqironi soniy" (ikkinchi sohibqiron) unvonini ham qoʻshib yozdiradi[11].

Maʼlumki, Shoh Jahonning oʻgʻli Avrangzeb qoʻzgʻolon koʻtarib, taxtni egallaydi, ukasi Doroshukuhni qatl ettirib, otasini Tojmahal qarshisidagi zindonga tashlattiradi. Tabiiyki, otasining barcha xazinalari ham endi uning ixtiyoriga oʻtgan edi. U ham avvalgi hukmdorlar anʼanasiga amal qilib, toshga oʻz ismini darj ettiradi[12]. 1739-yilda Hindistonga bostirib kirgan Nodirshoh Afshar Boburiylarning qimmatbaho xazinalari, jumladan "Koʻhinur" bilan birga „Temur yoquti“ni ham oʻzi bilan olib ketadi[13].

Buyuk Britaniya qirolichasi qoʻliga kelib qolishi

Yoqut Ahmadshoh xazinasida „Xiroji olam“, "Koʻhinur" bilan birga saqlanadi. 1733-yilda Ahmadshohning oʻlimidan soʻng, taxtga uning oʻgli Temur oʻtiradi va poytaxtni Kobulga koʻchiradi. Temurdan soʻng toshlar uning oʻgʻli Zamon Mirzoga oʻtadi. Lekin koʻp oʻtmay tosh uchun aka-ukalar oʻrtasida jang boshlanib ketadi. Shujo ul-Mulk akasini hibsga olib qiynoqlarga sola boshlaydi. Hatto Zamon Mirzoning koʻzini oʻyib olishsa ham toshni qayerdaligi aytmaydi. Tosh aslida devorning orasiga yashirib qoʻyilgan edi. Bu toshning siri ochili biir mahbusga borib taqaladi. Yaʼni toshni bir mahbus topib oladi. Bundan habar topgan Shujo ul-Mulk toshga ega chiqadi. Tarix takrorlanib, tosh aka-uka oʻrtasida urushga sabab boʻladi. Ukasi Mahmud taxtga ega chiqadi va akasini zindonga tashlab, undan toshni qaytarishi soʻraydi. Shujo ul-Mulk akasini koʻzini qanday oʻyib olgan boʻlsa, oʻzi ham huddi shu holga tushadi. Zindondan qochgan Shujo ul-Mulk oilasi bilan Lahor rojasi Ranjit Singxning saroyidan bosh pana topadi[14]. „Panjob arsloni“ nomini olgan Ranjit Sinx tosh haqida eshitgandan soʻng uni kuch bilan tortib oladi. Uning oʻlimidan soʻng 1849-yili Lahor ingliz qoʻshini tomonidan bosib olinadi. Afsonaviy ikki tosh Lahor xazinasi bilan birgalikda Buyuk Britaniyaga joʻnatiladi. Boshqa bir taxminlarga koʻra, Dilip Singx harbiy hamkorlik evaziga Qirolicha Viktoriyaga oʻz qoʻli bilan sovgʻa qilgan.

Hozir

1853-yilda „Temur Yoquti“ Qirolicha Viktoriya uchun maxsus yasalgan zebigardonga bezak sifatida oʻrnatilgan. Ayni paytda „Temur yoquti“ Bukingem saroyidagi „Hindiston xonasi“da saqlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]