FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi (CONCACAF)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi (CONCACAF)
Umumiy maʼlumotlar
Sana 22-mart 2015 – 10-oktabr 2017
Jamoalar 35 (1ta konfederatsiyadan)
Statistika
Oʻyinlar soni 46
Gollar soni 136 (har o′yinda o′rtacha 2.96ta)
Muxlislar soni 134 403 (har o′yinda o′rtacha 2 922ta)
Toʻpurar(lar)  VIN Tevin Slater
(5 gol)
2014
2022

FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichining Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi davlatlari boʻlimida Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi davlatlari Futbol Assotsiatsiyasining Federatsiyasiga (CONCACAF) aʼzo boʻlgan terma jamoalar, 2018-yili Rossiya mamlakatida boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun saralab olinadi. Jahon chempionati uchun FIFA CONCACAFga 3,5ta joy ajratgan (shulardan, 3tasi toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma oladi, 0,5 oʻrin esa konfederatsiyalararo pley-off bosqichi orqali saralab olinadi).[1]

Bu saralash bosqichiga oldingiga qaraganda bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi,[2] dastlabki 3ta roundda raqiblar bitta raqibga qarshi uy va safar uchrashuvlari orqali bellashadilar. Toʻrtinchi roundda jamoalar 3ta guruhga boʻlinib oʻynashadi, Beshinchi roundda esa 3-roundda guruhlarda 1 va 2-oʻrinni olgan jamoalar bitta guruhda oʻynashadi. Birinchi round 2015-yilning 23,31-mart kunlari boʻlib oʻtadi.[3] CONCACAF musobaqa formatini 2015-yilning 12-yanvarida eʼlon qilgan edi.[4][5]

Format[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saralash bosqichining formati quyidagicha:[4][6]

  • Birinchi round: Jami 14ta jamoa (reytingda 22-35-oʻrinni olgan jamoalar) juft-juft boʻlib safar va uy uchrashuvlari orqali kuch sinashishadi. 7ta gʻolib jamoa 2-roundga chiqadi.
  • Ikkinchi round: Jami 20ta jamoa (reytingda 9-21-oʻrinni olgan jamoalar va 1-roundning 7ta gʻolibi) juft-juft boʻlib safar va uy uchrashuvlari orqali kuch sinashishadi. 10ta gʻolib jamoa 3-roundga chiqadi.
  • Uchinchi round: Jami 12ta jamoa (reytingda 7-8-oʻrinni olgan jamoalar va 2-roundning 10ta gʻolibi) juft-juft boʻlib safar va uy uchrashuvlari orqali kuch sinashishadi. 6ta gʻolib jamoa 4-roundga chiqadi.
  • Toʻrtinchi round: Jami 12ta jamoa (reytingda 1-6-oʻrinni olgan jamoalar va 3-roundning 6ta gʻolibi) 3ta guruhga 4tadan boʻlinib, doiraviy sistema boʻyicha oʻynaydi. Har guruhning 1 va 2-oʻrinini olgan jamoalar 5-roundga chiqadi.
  • Beshinchi round: 4-rounddan chiqqan 6ta terma jamoa uy va safar uchrashuvi orqali bitta yagona guruhda oʻynashadi. Guruhning 1,2,3-oʻrinini olgan jamoalar jahon chempionatiga chiqishadi. 4-oʻrinni olgan jamoa esa konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga chiqadi.

Ishtirokchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

CONCACAFning FIFAga aʼzo barcha 35ta jamoalari saralash bosqichiga kirishdi.[7] Saralash bosqichining dastlabki 4ta roundi uchun jamoalar ,FIFA Dunyo reytingining 2014-yilning avgust oyidagi tutgan reytingiga (qavslar ichida koʻrsatilgan) qarab taqsimladi.[4]

FIFA Dunyo reytingining 2014-yil avgust oyidagi holatidan[8]
Toʻrtinchi round jamoalari
(Reytingda 1—6 oʻrinlilar)
Uchinchi round jamoalari
(Reytinda 7—8 oʻrinlilar)
Ikkinchi round jamoalari
(Reytingda 9—21 oʻrinlilar)
Birinchi round jamoalari
(Reytingda 22—35 oʻrinlilar)
  1.  Kosta Rika (15)
  2.  Meksika (17)
  3.  AQSh (18)
  4.  Honduras (43)
  5.  Panama (63)
  6.  Trinidad va Tobago (80)
  1.  Yamayka (85)
  2.  Gaiti (117)
  1.  Kanada (122)
  2.  Kuba (124)
  3.  Aruba (124)
  4.  Dominikan Respublikasi (126)
  5.  El Salvador (127)
  6.  Surinam (131)
  7.  Gvatemala (134)
  8.  Sent Vinsent va Grenadinlar (134)
  9.  Sent Lusiya (138)
  10.  Grenada (142)
  11.  Antigua va Barbuda (149)
  12.  Gayana (153)
  13.  Puerto Riko (155)
  1.  Saint Kitts va Nevis (159)
  2.  Beliz (162)
  3.  Montserrat (165)
  4.  Dominika (168)
  5.  Barbados (169)
  6.  Bermuda orollari (173)
  7.  Nikaragua (175)
  8.  Terks va Kaykos orollari (181)
  9.  Kurasao (182)
  10.  Amerika Virgin orollari (191)
  11.  Bagamalar (193)
  12.  Kayman orollari (197)
  13.  Britaniya Virgin orollari (201)
  14.  Angilya (207)

Jadval[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa jadvali quyidagicha.[4]

Round Tur Sana
Birinchi round 1-uchrashuv 22–31-mart 2015
2-uchrashuv
Ikkinchi round 1-uchrashuv 8–16-iyun 2015
2-uchrashuv
Uchinchi round 1-uchrashuv 31-avgust – 8-sentabr 2015
2-uchrashuv
Toʻrtinchi round 1-tur 9–17-noyabr 2015
2-tur
3-tur 21–29-mart 2016
4-tur
5-tur 29-avgust – 6-sentabr 2016
6-tur
Round Tur Sana
Beshinchi round 1-tur 7–15-noyabr 2016
2-tur
3-tur 20–28-mart 2017
4-tur
5-tur 5–13-iyun 2017
6-tur
7-tur 28-avgust – 5-sentabr 2017
8-tur
9-tur 2–10-oktabr 2017
10-tur

Konfederatsiyalararo pley-off uchrashuvlari 2017-yilning 6–14-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.[9]

Birinchi round[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi round uchun qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 15-yanvarida kechki soat 19:40da AQShning Miami Beachdagi W Hotel mehmonxonasida boʻlib oʻtdi.[10]

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Bagamalar  0–8  Bermuda orollari 0–5 0–3
Britaniya Virgin orollari  2–3  Dominika 2–3 0–0
Barbados  4–1  Amerika Virgin orollari 0–1 4–0
Saint Kitts va Nevis  12–4  Terks va Kaykos orollari 6–2 6–2
Nikaragua  8–0  Angilya 5–0 3–0
Beliz  1–1 (a)  Kayman orollari 0–0 1–1
Kurasao  4–3  Montserrat 2–1 2–2

Ikkinchi round[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi round uchun qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 15-yanvarida kechki soat 19:40da AQShning Miami Beachdagi W Hotel mehmonxonasida boʻlib oʻtdi.[10]

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Sent Vinsent va Grenadinlar  6–6 (+)  Gayana 2–2 4–4
Antigua va Barbuda  5–4  Sent Lusiya 1–3 4–1
Puerto Riko  1–2  Grenada 1–0 0–2
Dominika  0–6  Kanada 0–2 0–4
Dominikan Respublikasi  1–5  Beliz 1–2 0–3
Gvatemala  1–0  Bermuda orollari 0–0 1–0
Aruba  3–2  Barbados 0–2 3–0[note 1]
Saint Kitts va Nevis  3–6  El Salvador 2–2 1–4
Kurasao  1–1 (+)  Kuba 0–0 1–1
Nikaragua  4–1  Surinam 1–0 3–1

Uchinchi round[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchinchi round uchun qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 25-iyulida kechki soat 18:00da MSK (UTC+3) Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi Konstantinovskiy saroyida boʻlib oʻtdi.

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Kurasao  0–2  El Salvador 0–1 0–1
Kanada  4–1  Beliz 3–0 1–1
Grenada  1–6  Gaiti 1–3 0–3
Yamayka  4–3  Nikaragua 2–3 2–0
Sent Vinsent va Grenadinlar  3–2  Aruba 2–0 1–2
Antigua va Barbuda  1–2  Gvatemala 1–0 0–2

Toʻrtinchi round[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrtinchi round uchun qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 25-iyulida kechki soat 18:00da MSK (UTC+3) Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi Konstantinovskiy saroyida boʻlib oʻtdi.

Guruhlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taybreyklar

Ushbu roundda guruh bahslarida terma jamoalar quyidagi kriteriyalar boʻyicha reytinglanadi:[12]

  1. Ochkolar soni (gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko va magʻlubiyat uchun ochko yoʻq)
  2. Toʻplar nisbati
  3. Kiritilgan gollar soni
  4. Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan ochkolar soni
  5. Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan toʻplar nisbati
  6. Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda kiritilgan gollar soni
  7. Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda eng koʻp safarda urilgan gollar soni (agar chigal vaziyat ushbu ikki terma jamoa oʻrtasida boʻlsa)
  8. Neytral maydonda (FIFA Tashkiliy Qoʻmitasi maydonni tanlaydi) pley-off oʻyin(lar)i oʻtkaziladi, asosiy vaqtda ham durang boʻlsa qoʻshimcha vaqt beriladi unda ham durang qayd etilsa penaltilar seriyasini amalga oshiradi.

A guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya  MEX  HON  SLV  CAN
1  Meksika 0 0 0 0 0 0 0 0 Beshinchi roundga chiqadi 6 Sen '16 13 Noy '15 29 Mar '16
2  Honduras 0 0 0 0 0 0 0 0 17 Noy '15 29 Mar '16 2 Sen '16
3  El Salvador 0 0 0 0 0 0 0 0 2 Sen '16 25 Mar '16 17 Noy '15
4  Kanada 0 0 0 0 0 0 0 0 25 Mar '16 13 Noy '15 6 Sen '16
Birinchi match(lar) oʻynaladi 2015-yil 13-noyabr. Manba: FIFA
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar

B guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya  CRC  PAN  HAI  JAM
1  Kosta Rika 0 0 0 0 0 0 0 0 Beshinchi roundga chiqadi 6 Sen '16 13 Noy '15 29 Mar '16
2  Panama 0 0 0 0 0 0 0 0 17 Noy '15 29 Mar '16 2 Sen '16
3  Gaiti 0 0 0 0 0 0 0 0 2 Sen '16 25 Mar '16 17 Noy '15
4  Yamayka 0 0 0 0 0 0 0 0 25 Mar '16 13 Noy '15 6 Sen '16
Birinchi match(lar) oʻynaladi 2015-yil 13-noyabr. Manba: FIFA
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar

C guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya  USA  TRI  VIN  GUA
1  AQSh 0 0 0 0 0 0 0 0 Beshinchi roundga chiqadi 6 Sen '16 13 Noy '15 29 Mar '16
2  Trinidad va Tobago 0 0 0 0 0 0 0 0 17 Noy '15 29 Mar '16 2 Sen '16
3  Sent Vinsent va Grenadinlar 0 0 0 0 0 0 0 0 2 Sen '16 25 Mar '16 17 Noy '15
4  Gvatemala 0 0 0 0 0 0 0 0 25 Mar '16 13 Noy '15 6 Sen '16
Birinchi match(lar) oʻynaladi 2015-yil 13-noyabr. Manba: FIFA
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar

Beshinchi round[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yildan beri CONCACAF har jahon chempionati saralash bosqichining eng oxirgi hal qiluvchi roundida 6ta terma jamoani qoldiradi, bu bosqich baʼzida “Geksogonal” yoki qisqacha “Geks” (oʻzbekchasi oltilik) deb ataladi. Ushbu 6ta terma jamoa bir biri bilan doiraviy sistema boʻyicha uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazadi. Ushbu round 2016-yilning 7-noyabridan 2017-yilning 10-oktabrigacha davom etadi.[4][5]

Beshinchi round uchun qurʼa jarayoni toʻrtinchi round tugaganidan keyin boʻlib oʻtadi.

Taybreyklar

Ushbu roundda guruhda terma jamoalar quyidagi kriteriyalar boʻyicha reytinglanadi:[12]

  1. Ochkolar soni (gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko va magʻlubiyat uchun ochko yoʻq)
  2. Toʻplar nisbati
  3. Kiritilgan gollar soni
  4. Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan ochkolar soni
  5. Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan toʻplar nisbati
  6. Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda kiritilgan gollar soni
  7. Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda eng koʻp safarda urilgan gollar soni (agar chigal vaziyat ushbu ikki terma jamoa oʻrtasida boʻlsa)
  8. Neytral maydonda (FIFA Tashkiliy Qoʻmitasi maydonni tanlaydi) pley-off oʻyin(lar)i oʻtkaziladi, asosiy vaqtda ham durang boʻlsa qoʻshimcha vaqt beriladi unda ham durang qayd etilsa penaltilar seriyasini amalga oshiradi.
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya J1 J2 J3 J4 J5 J6
1 Jamoa 1 0 0 0 0 0 0 0 0 Jahon chempionatiga chiqadi
2 Jamoa 2 0 0 0 0 0 0 0 0
3 Jamoa 3 0 0 0 0 0 0 0 0
4 Jamoa 4 0 0 0 0 0 0 0 0 Konf. pley-off bosqichiga chiqadi
5 Jamoa 5 0 0 0 0 0 0 0 0
6 Jamoa 6 0 0 0 0 0 0 0 0
Birinchi match(lar) oʻynaladi Aniq emas. Manba: FIFA
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar

Konfederatsiyalararo pley-off[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon chempionati saralash bosqichining konfederatsiyalararo pley-off boʻlimi uchun qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 25-iyulida kechki soat 18:00da MSK (UTC+3) Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi Konstantinovskiy saroyida boʻlib oʻtdi.[13] CONCACAFning 4-oʻrinini olgan jamoasi AFCning 5-oʻrinini olgan jamoasiga qarshi oʻynaydigan boʻldi, CONCACAF jamoasi birinchi boʻlib oʻyin mezboni boʻladi.[14]

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
CONCACAF 4-oʻrini Pley-off 1 AFC 5-oʻrini 6–14 Noy '17 6–14 Noy '17

Toʻpurarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilar ismi-sharifi qalin harflar bilan yozilgan boʻlsa, ushbu futbolchi musobaqada hozr ham faol.

3 gol
2 gol
1 gol
1 avtogol

Ilovalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Barbados jamoasi maydonga tushishi mumkin boʻlmagan futbolchi Hadan Holliganni maydonda oʻynatgani uchun FIFA jamoaga 3-0 hisobidagi texnik magʻlubiyat yozdi. Holligan bundan oldingi musobaqada ikkita sariqkartochka olganligi sababli ushbu oʻyinda oʻynamasligi kerak edi.[11] Oʻyin aslida Barbados hisobiga 1-0 bilan yakunlangan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Current allocation of FIFA World Cup™ confederation slots maintained“. FIFA.com (30-may 2015-yil). 17-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyul 2015-yil. Arxivlandi 2016-04-17 Wayback Machine saytida.
  2. „Concacaf estrenará formato de eliminatoria; sigue el Hexagonal“ [New format for Concacaf qualification - Hexagonal retained] (Ispancha). ESPN Mexico (23-sentabr 2014). Qaraldi: 3-dekabr 2014.
  3. „Canada begins 2018 World Cup qualification in June“. Sportsnet (19-noyabr 2014). Qaraldi: 3-dekabr 2014.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „CONCACAF to Hold Preliminary FIFA World Cup Qualifying Draw in Miami on January 15“. CONCACAF (12-yanvar 2015). 21-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil. Arxivlandi 2015-01-21 Wayback Machine saytida.
  5. 5,0 5,1 „USMNT to start 2018 World Cup qualifying in November of 2014“. Sports Illustrated (12-yanvar 2015).
  6. „Draw Procedures – North, Central American and Caribbean Zone“. FIFA.com. 17-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil. Arxivlandi 2018-04-17 Wayback Machine saytida.
  7. „Road to Russia with new milestone“. FIFA.com (15-yanvar 2015). 21-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-avgust 2015-yil. Arxivlandi 2015-03-21 Wayback Machine saytida.
  8. „FIFA Men's Ranking – August 2014 (CONCACAF)“. FIFA.com (14-avgust 2014). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-avgust 2015-yil. Arxivlandi 2016-03-03 Wayback Machine saytida.
  9. „FIFA Calendar“. FIFA.com. 24-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2015-yil. Arxivlandi 2013-04-24 Wayback Machine saytida.
  10. 10,0 10,1 „Official Draw: CONCACAF Qualifiers for FIFA World Cup Russia 2018“. CONCACAF.com (15-yanvar 2015). 1-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2015-yil. Arxivlandi 2015-02-01 Wayback Machine saytida.
  11. „Barbados sanctioned for fielding ineligible player“. FIFA (29-iyun 2015). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2015-yil. Arxivlandi 2016-03-04 Wayback Machine saytida.
  12. 12,0 12,1 „Regulations – 2018 FIFA World Cup Russia“. FIFA.com. 5-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-avgust 2015-yil. Arxivlandi 2016-12-13 Wayback Machine saytida. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "regulations" defined multiple times with different content
  13. „Preliminary Draw procedures outlined“. fifa.com (9-iyul 2015). 6-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-iyul 2015. Arxivlandi 2015-09-06 Wayback Machine saytida.
  14. „The Preliminary Draw results in full“. FIFA.com (25-iyul 2015). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-avgust 2015-yil. Arxivlandi 2016-03-04 Wayback Machine saytida.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]