Jahon chempionati saralash bosqichining ushbu konfederatsiyalararo pley-off boʻlimi final musobaqasi uchun 2ta terma jamoani aniqlab beradi. Bu boʻlimda turli konfederatsiya vakillari kuch sinashishadi.[1] Oʻyinlar 2017-yilning 6-14-noyar kunlari boʻlib oʻtadi.[2]
Konfederatsiyalararo pley-off uchun qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 25-iyulida kechki soat 18:00da MSK (UTC+3) Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi Konstantinovskiy saroyida boʻlib oʻtdi.[1]
4ta konfederatsiyadan (AFC, CONCACAF, CONMEBOL va OFC) boʻlgan 4ta terma jamoa 2ta juftlikka boʻlinadi. Bu yerda jamoalar taqsimlanmaydi.[3]
Har bir juftlikda jamoalar uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazadi, gʻolib jamoalar (umumiy hisb bgʻyica) 2018-yili Rossiya yashil maydonlarida oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.