Kontent qismiga oʻtish

Eritreya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Eritriyadan yoʻnaltirildi)
Eritriya Davlat
ሃገረ ኤርትራ (Hagere Ertra)
دولة إرتريا (Dawlat Iritriyá)
ShiorY'o`q
Madhiya: Ertra, Ertra, Ertra
(Eritriya, Eritriya, Eritriya)
Location of Eritreya
Poytaxt Asmera
Rasmiy til(lar) Y'o`q
Hukumat Bitta-partiyalik davlat
• Prezident
Isaias Afeverki
Mustaqillik (Efiopiyadan)
• Sana
24-may 1993
Maydon
• Butun
121,320 km2 (98-oʻrin)
• Suv (%)
0.14
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
4,561,599 (116-oʻrin)
• Zichlik 37/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$4,471 mil. (164-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$980
Pul birligi Nakfa (ERN)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma ER
Telefon prefiksi 291
Internet domeni .er

Eritreya, Eritreya Davlati — Shim.Sharqiy Afrikadagi davlat, BMT aʼzosi. Qizil dengizga tutash. Maydoni 117,6 ming km²ga yaqin. Aholisi 4,465 mln. kishi (2002). Poytaxti Asmera shahri Maʼmuriy jihatdan 8 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eritreya — mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 24-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1993-yildan Isayyas Afevork), u Milliy assambleya tomonidan saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident boshchiligidagi Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Eritreya hududining katta kismini togʻli Eritreya platosi (eng baland joyi 2989 m, Soira togʻi) egallagan; janubi-sharqida Afar soyligi joylashgan. Iqlimi subekvatorial, choʻl iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 23° dan 37° gacha, eng yuqori temperatura 45° (Yerning eng issiq rayonlaridan biri). Yillik yogʻin 50–200 mm. Oʻsimliklari choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat.

Eritreyada tigrai, tigre, afar, saxo va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy tillar — tigrai va arab tillari. Dindorlari, asosan, xristianmonofistlar va sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 16,3%. Muhim shaharlari: Asmera, Massaua, Keren.

13—16-asrlarda hozirgi Eritreyaning katta qismi Efiopiya davlati tarkibida boʻlgan. 1882-yil Qizil dengiz sohilidagi Aseb porti, 1885-yil Massaua porti va sohil boʻyidagi aholi yashaydigan bir qancha qishloqlarni Italiya egallab oldi. 1890-yil Italiya Qizil dengiz sohilidagi oʻzining barcha mulkini Eritreya mustamlakasiga birlashtirdi (Eritreya lot. tilidagi Qizil dengiz nomidan kelib chiqqan). 1896-yilgi ItaliyaEfiopiya shartnomasiga muvofiq, Eritreya chegaralari belgilab olindi. 1935-yil Eritreya Efiopiya bilan birga Italiya Sharqiy Afrikasi mustamlakasi tarkibida boʻldi. 1941-yil bahorda Eritreya inglizefiop qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi; 1952-yilgacha ingliz harbiy maʼmuriyati boshqardi. 1952-yil federatsiya aʼzosi sifatida Efiopiya tarkibiga kirdi. 1962—87 yillarda Eritreya Efiopiya tarkibida provinsiya, soʻng maʼmuriy rayon. 1950-yillardan Eritreya ozodlik xalq fronti boshchiligida Efiopiya markaziy hokimiyatidan ajralish uchun qurolli kurash avj oldi. 1991-yil qoʻzgʻolonchilar Asmera shahrini ozod qildilar. 1993-yil 24-mayda Eritreya rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Eritreya — 1993-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 24-may — Mustaqillik kuni (1993).

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demokratiya va adolat uchun xalq fronti, 1970-yil tuzilgan. 1994-yilgacha Eritreya ozodlik xalq fronti deb nomlangan. Kasaba uyushmalari haqida maʼlumotlar yoʻq.

Eritreya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 12,3%, qishloq xoʻjaligi 8,4% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi (dehqonchilik va chorvachilik). Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xoʻjaligida band. Asosan, bugʻdoy, arpa, tariq, makkajoʻxori, dukkaklilar, sabzavot va qovun ekiladi, kofe yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, echki, qoʻy, tuya, parranda boqiladi; baliq ovlanadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, tikuvchilik, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, sement. Oltin, neft, mis, temir rudasi, nikel, xrom, slyuda, titan konlari bor. Dengizdan tuz qazib olinadi.

Transport yoʻli uzunligi 306 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 3,9 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 21% ni tashkil etadi. Dengiz portlari: Aseb, Massaua. Eritreya chetga tuz, teri, sement, sitrus mevalar, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, isteʼmol mollari va boshqalar oladi. Tashqi savdoda Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Sudan, Somali, Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — nakfa.

Madaniyati. Eritreyaning Asmera shahrini italyan mustamlakachilari Italiya shaharlariga oʻxshatib barpo etishga harakat qilganlar. Asmerada unt, Katta masjid va Katoliklar sobori bor. qadimiy Massaua shahri oʻzining goʻzal plyajlariga ega boʻlgan sharq shahridir. Asmera shahridan dengiz tomon yuriladigan yoʻldagi tepaliklarda mashhur kopt (qibt) monastirlari koʻzga tashlanadi. Monastirlarning aksariyati 15-asrda qurilgan boʻlib, ularning eng mashhuri Debre Bizen monastiri (14-asr)dir. Monastirlar kunduzi ziyoratchilar uchun ochib qoʻyilgan.

Eritreyada 1991-yildan "Xades Eritra" ("Yangi Eritreya") hukumat gaz. haftada 2-marta tigrai va arab tillarida, 1994-yildan "Eritrean proufayl" ("Eritreya koʻrinishi") haftanomasi ingliz tilida nashr etiladi. "Eritreya xalqi ovozi" hukumat radiostyasi va ER1CHTV huqumat telestyasi ishlaydi.