eBay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
eBay Inc.
Turi Ommaviy kompaniya
Tarmogʻi Auksionlar
Shiori What ever it is, you can get it on eBay. va Shop victoriously!
Ishga tushgan sanasi 3 sentabr, 1995
Joylashuvi San Jose, California AQSH
Xoʻjayinlar Meg Whitman, CEO va Prezident
Pierre Omidyar, asoschi
Mahsulot(lar)i Internet-auksionlar, Elektron tijorat, savdo markazlari, PayPal, Skype, Gumtree
Daromad US$4.55 miliard Green Arrow Up Darker.svg(2005)[1]
Ishchilar soni 11,600 (Q1 2006)
Vebsayti www.ebay.com

eBay Inc.Internet-auksion (asosiy faoliyati), internet-magazin, tezda to`lovni amalga oshirish va VoIP kabi sohalarda hizmat taklif etuvchi Amerika kompaniyasidir. eBay.com saytini boshqaradi, Paypal va Skype kompaniyalari egasi hisoblanadi.


Haridlari[tahrir]

  • 1999yil may oyida eBay Billpoint online-to`lov sismtemasini sotib oldi, keyinchalik Paypal ni sotib olgach yopiladi.
  • 1999 yil eBay Butterfield & Butterfield auksionini sotib oladi, keyinchalik 2002 yilda Bonhams kompaniyasiga sotib yuboriladi.
  • 1999 yil eBay Mark va Oliver Zamverlardan Alando auksionini $43 millionga sotib oladi , keyinchalik u eBay Germanyga aylantirilgan edi.
  • 2000 yil iyun oyida eBay Half.comni sotib oladi, keyinchalik u eBay Marketplace ga aylantiriladi.
  • 2001yil avgustda eBay Mercado Libre, Lokau va iBazar larni sotib oladi — yirik lotinamerikasi online-auksion saytlari.
  • 2002 yil iyul eBay PayPal to`lov sistemasini $1.5 milliardga sotib oladi.
  • 11 iyul 2003 yil eBay Inc.elektron tijorat sohasi bilan shug`ullanuvchi EachNet xitoy kompaniyasini $150 millionga sotib oladi.
  • 22 iyun 2004 yil eBay Baazee.com ni $50 millionga sotib oladi, u Hindiston dagi ilg`or auksion sayti hisoblanadi.
  • 13 avgust 2004 yil eBay craigslist.org ning 25% aksiyasini qo`lga kiritadi.
  • 2004 yil sentyabrda eBay Koreya bozoriga kirib kela boshlaydi, Korean online trading company dan 3 millionga aksiya sotib oladi, har bir aksiyani 12,000 koreya voniga (tahminan $109 AQSH dollari) sotib oladi.
  • 2004 yil noyabrda eBay Marktplaats.nl ni €225 millionga sotib oldi. Bu nemis firmasi Niderlandiya auksion bozorining 80% ga egalik qilar edi va asosiy daromadi reklama sotishdan kelib tushar edi.
  • 16 dekabr 2004 yil eBay rent.com ni $30 million pul va $385 millionlik eBay aksiyalariga sotib oladi.
  • 2005 yil mayda eBay Gumtree ni o`z tarkibi qo`shadi, Birlashgan Qirollik dagi reklamalar sayti tizimi.
  • 2005 yil iyun eBay Shopping.com ni $635 millionga o`z tarkibiga qo`shadi, ushbu sayt tovarlar va ular narhlarni solishtirish bo`yicha hizmatlar taklif etadi.
  • 2005 yil avgust eBay VoIP Skype kompaniyasini $2.6 milliard pul va aksiyalar bilan sotib oladi.
eBay ning bosh ofisi, San Jose

Qiziq faktlar[tahrir]

eBay auksionida sotilgan qimmatbaxo predmetlar[tahrir]

  1. 340-yillik Shekspir qo`lyozmasi (Prince of Tyre),1666 yilda buyuk London yong`inini boshidan kechirgan (£5 mln)
  2. Grumman Gulfstream II samolyoti ($4,9 mln)
  3. Sariq rangli McLaren F1 1993 yilgi ($1,7 mln.) (dunyoda faqatgina yaqona sariq rangliMcLaren F1 mavjud)
  4. Xonus Vagnerning 1909 yilgi Beysbol kartochkasi ($1,65 mln.)
  5. Daymond Leyk Kurorti , G`arbiy Kentukki, AQSH ($1,2 mln.)
  6. Ferrari Enzo ($975 000, dekabr 2005)
  7. Buyuk beisbolist Djo Djeksonning bitasi «Black Betsy» ($577 610)
  8. Buyuk golfistTayger Vuds bilan bir partiya golf ($425 000)

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named financialtables

Havolalar[tahrir]