AMD

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Advanced Micro Devices, Inc.
Advanced Micro Devices, Inc. logo.
Image of AMD's headquarters located in Santa Clara, California.
Turi biznes, korxona va texnologiya kompaniyasi
Tarmogʻi
Qachon asos solingan 1-may, 1969-yil (54 yil avval) (1969-05-01)
Asoschi(lari) Jerry Sanders
Rahbariyat
Mahsulot(lar)i
Aylanma daromadi AQSh$23,60 billion (2022)
Operatsion foydasi Decrease AQSh$1,26 billion (2022)
Boyligi AQSh$67,58 billion (2022)
Sof foydasi 854 000 000[1]
Ishchilar soni tax. 25,000 (2022)
Vebsayti AMD

Advanced Micro Devices, Inc. (qisqarmasi – AMD) – Kaliforniyaning Santa Clara shahrida joylashgan, biznes va isteʼmol bozorlari uchun kompyuter protsessorlari va maishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yarimoʻtkazgich kompaniyasi.

Kompaniya 1969-yilning 1-may sanasida Jerri Sanders va uning Fairchild Semiconductor kompaniyasidagi yettita hamkasblari tomonidan tashkil etilgan. AMDning dastlabki mahsulotlari asosan xotira chiplari va kompyuterlar uchun boshqa turdagi komponentlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik kompaniya mikroprotsessorlar bozoriga kirib borib, sanoatdagi asosiy raqibi Intel bilan raqobatlasha boshladi. 2000-yillarning boshida AMD shaxsiy kompyuterlar bozoridagi kuchli mavqei hamda Athlon va Opteron protsessorlarining muvaffaqiyati tufayli sezilarli oʻsish va muvaffaqiyatga erishdi. Biroq, kompaniya 2000-yillarning oxiri va 2010-yillarning boshida, tezroq va kuchliroq protsessorlar ishlab chiqarish poygasida Intel bilan raqobat qilish davomida baʼzi qiyinchiliklarga duch keldi. 2010-yillarning oxirida AMD Ryzen protsessorlarining muvaffaqiyati tufayli bozor ulushining bir qismini qaytarib oldi, ular hozirda biznes ilovalarida, shu jumladan bulutli ilovalarda Intel mahsulotlaridan ustun deb hisoblanadi. AMD protsessorlari shaxsiy kompyuterlar, serverlar, noutbuklar va oʻyin pristavkalari kabi turli xil hisoblash qurilmalarida qoʻllaniladi. Dastlab protsessorlarni oʻzi ishlab chiqargan boʻlsa-da, keyinchalik, 2009-yilda GlobalFoundriesdan ajralib chiqdi va ishlab chiqarishni "outsourcing" usuli orqali davom ettirdi.

AMD ning asosiy mahsulotlari mikroprotsessorlar, ona plata, videokartalar va serverlar, shaxsiy kompyuterlar va maʼlum bir maqsadda ishlab chiqariladigan imkoniyati cheklangan kompyuter ilovalari uchun FPGAlardan iborat.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)