Meta Platforms

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meta Platformalari
Meta Platforms Inc. logo.svg
Sobiq nomi Facebook korxonasi
Xoʻjayinlar
  • Mark Tsukerberg (Asosiy direktor)
  • Sheril Sandberg (Bosh boshqaruv direktori)
  • David Vehner (Moliyaviy bosh boshqaruv direktori)
  • Mayk Shropfer (Texnologiyalar bo'yicha bosh direktor)
  • Kris Koks (Facebook) (Mahsulot bo'yicha bosh direktor)
Brendlari
Aylanma daromadi Green Arrow Up Darker.svg US$117.929 Milliard (Fiskal yil yakuni Dekabr 31, 2021)[1]
Operatsion foydasi Green Arrow Up Darker.svg US$46.753 Milliard (Fiskal yil Dekabr 31, 2021)[1]
Boyligi Green Arrow Up Darker.svg US$165.987 Milliard (Fiskal yil yakuni Dekabr 31, 2021)[1]
Toza foyda Green Arrow Up Darker.svg US$39.370 Milliard (Fiskal yil yakuni Dekabr 31, 2021)[1]
Ishchilar soni 71,970
Vebsayti about.facebook.com
Mark Tsukerberg, Meta Inc hammuassisi, raisi, bosh ijrochi direktori va nazorat qiluvchi aksiyadori.


Meta Platforms, Inc.,[2][3] Meta sifatida biznes yurituvchi va ilgari Facebook, Inc. nomi bilan tanilgan[4] — Kaliforniya shtati, Menlo Parkda joylashgan Amerika multinatsional texnologiya konglomerati. Kompaniya boshqa shoʻba korxonalar qatorida Facebook, Instagram va WhatsAppning bosh tashkiloti hisoblanadi.[5] Meta dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biri hisoblanadi. U Google ( Alphabet Inc. ), Amazon, Apple va Microsoftlar bilan bir qatorda Amerikaning katta beshlik axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biridir.

Meta mahsulotlari va xizmatlariga Facebook, Messenger, Facebook Watch va Facebook Portal kiradi. Shuningdek, u Oculus, Giphy va Mapillary kompaniyalarini sotib oldi va Jio Platformsʼda 9,99% ulushga ega. Kompaniya oʻz daromadining katta qismini marketologlarga reklama joylashtirish xizmatini taklif qilishdan oladi.[6]

2021-yil oktabr oyida ommaviy axborot vositalari Facebookʼning bosh kompaniyasi “metaverse yaratishga e’tiborini aks ettirish” uchun oʻz nomini oʻzgartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berishdi.[7] Oʻsha oyning oxiriga kelib, 28-oktabrda u Meta nomi bilan qayta brendlandi[8][9]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Meta Platforms, Inc. Fourth Quarter and Full Year 2021 Results Report“. s21.q4cdn.com (31-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 3-fevral 2022-yil.
  2. „1“.
  3. „2“.
  4. „3“.
  5. „4“.
  6. „pdf“.
  7. „□“.
  8. „●“.
  9. „¤“.