Doʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻl — yumaloq yoki turli shakldagi muz parchalaridan iborat atmosfera yogʻini. Kattaligi 5—55 mm va undan ortiqroq, baʼzan tovuq tuxumidek ham boʻladi. Yilning iliq vaqtlarida (t-ra 20° dan yuqori boʻlganda), odatda, toʻp-toʻp yomgʻirli bulutlardan kunduzi jala bilan birga yogʻadi. Yogʻinning jadalligi 0,21 dan 60 mm/s oʻrtasida oʻzgarib turadi; 1 sek.dan to 50 min. gacha davom etishi mumkin. Choʻl mintaqalarida D., odatda, martaprel, vodiylarda esa mayiyun oylarida yogʻadi.

D. qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi; ekinzor, tokzorlar, bogʻlarni nobud qiladi. D. keltiradigan zarar hajmi uning jadalligi va davom etish vaqtiga, doʻl donalarining kattaligi, zichligi va tezligiga, shamolning kuchi va selning koʻlamiga, oʻsimlikning turi va rivojlanish fazasiga bogʻliq. D. ayniqsa gʻuza maysalari unib chiqqan va shonalash davrida, hosiddor mevali bogʻlar va uzumzorlarga koʻproq zarar keltiradi. Kupgina mamlakatlarda D. ga qarshi maxsus operativ kurash xizmati tashkil qilingan. Zenit artilleriyasi, raketalar va b. vositalar yordamida D. hosil qiluvchi bulutga kimyoviy reagent (odatda, kumush yod, karbonat kislota) sochiladi. Reagent uta sovugan tomchilarni muzlatadi va ularni mayda donachalarga aylantiradi. Mayda D. esa uz navbatida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida erib, yomgʻir tomchilari kurinishida yer yuzasiga yogʻadi. Reagent yetkaziladigan joy (D. oʻchogʻi) radiolokator yordamida aniklanadi. D. ga qarshi kurashning zamonaviy vositalarini amalda qoʻllash q. x. ekinlari hosiliga yetkaziladigan zararni birmuncha kamaytirishga imkon tugdiradi.

Oʻzbekistonda "Boshgidromet" tarkibida gidrometeorologik jaryonlarga faol taʼsir koʻrsatish boshqarmasining maxsus xizmati Fargona vodiysi, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida D. xavfi boʻlgan 1 mln. gektarga yaqin maydondagi q. x. ekinlarini D. dan himoya qiladi (2002).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Opasnie gidrometeorologicheskiye yavleniya v Sredney Azii [Pod red. A. D. Djurayeva], L., 1977.

Hamidulla Abdullayev.