Atmosfera yogʻinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Atmosfera yog‘inlari – bulutlardan yog‘adigan yoki havoda suv buglarining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va o‘simliklar sirtiga tushadi-gan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomg‘ir, qor, ho‘l qor va muz dona-chalari, do‘l va hokazo yog‘adi. Havodagi suv bug‘laridan shudring, qirov, bulduruq va boshqa hosil bo‘ladi. O‘ta sovigan yomgir, tu-man yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yogʻinlari davom-li va o‘rtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yog‘uvchi yog‘inlarga aj-ratiladi. Davomli va o‘rtacha tezlikda yog‘uvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli yomg‘ir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yog‘adi. Jala bo‘lib yogadigan Atmosfera yogʻinlari yomg‘irlito‘p bulutlardan yirik tomchi yoki pag‘a-pag‘a qor, mayda muz donachalari, yezda esa do‘l sha-klida yog‘adi, tusatdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda tuxtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda o‘tadi. Mayda shivalab yog‘uvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli bulutlardan (ba’zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yog‘adi. Atmosfera yogʻinlari meteorologik stansiyalarda yomg‘ir o‘lchagich, yogin ulchagich va plyuvi-ograflar, katta maydonlarda esa radio-lokatorlar yorda-mida Ulchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yogʻinlari mikdo-ri suv balansini ko‘rsatadigan mm bilan, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka)dagi miqdori (mm) bilan ulchanadi. Atmosfera yogʻinlari miqdori O‘rta Osiyo hududi bo‘ylab g‘oyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda o‘rtacha 100 – 200 mm, tog‘ oldi va tog‘li rayonlarda 500 – 1000 mm, ba’zan 1500 mm va undan ko‘proq. Yog‘inlar tekisliklarning katta qismida, tog‘ oldi va ba’zi tomi rayonlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart – aprel) yoki kuz (oktabr – noyabr)da eng ko‘p yog‘adi. Shimoliy va baland togli rayonlarda esa eng ko‘p yog‘ingarchilik aprel – may oylarida kuzatiladi. Yezda faqat togli rayonlardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. O‘rta Osiyoning yog‘inlari kam tushadigan rayonlarida yoginlarning sut-kalik maksimum ekstremal miqdori 30 – 50 mm, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan rayonlarda esa sutkalik maksimum miqdor 100 mm va undan ko‘proq. Atmosfera yogʻinlari kuzatila-digan kunlar soni bir yilda 40 – 200 o‘rtasida o‘zgarib turadi. Atmosfera yogʻinlari qish – bahor davrida yerda tuproq nam zaxira-sini hosil qiladi, bu esa qishloq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Atmosfera yogʻinlari yetarli (yiliga 200 mm va undan ko‘proq) bo‘lgan sharoitlarda eqilgan ekin tabiiy nam hisobiga unib chikadi, natijada birinchi sugorishni keyinroqqa surish mumkin bo‘ladi.Hamid Abdullayev, Olga Subbotina.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil