Tezlik
Tezlik | |
Birligi | m/s |
Boshqa kattaliklardan hosilasi |
Fizikada tezlik (, inglizcha: velocity yoki fransuzcha: vitesse) vektor kattalik boʻlib, fazoda nuqtaning berilgan sanoq tizimiga nisbatan harakatlanish surʼati va yoʻnalishini ifodalaydi. Kundalik hayotda tezlik atamasi ostida ushbu kattalikning skalar qiymati tushuniladi. Masalan, „soatiga 60 chaqirim“ – skalar, „sharq tomonga soatiga 60 chaqirim“ – vektordir.
Tezlik (mexanikada) – moddiy nuqta harakatining asosiy kinematik koʻrsatkichlaridan biri; vektor kattalik boʻlib, v q Qfr munosabat orqali aniqlanadi, bunda f* moddiy nuqtaning fazodagi oʻrnini ifodalovchi radius vektor. T. vektorning yoʻnalishi harakat trayektoriyasiga oʻtkazilgan urinma boʻyicha yoʻnalgan boʻladi. Tekis harakat tezligi moddiy nuqtaning vaqt birligi t da oʻtgan yoʻli s bilan oʻlchanadi, yaʼni v q |. Notekis harakat uchun berilgan on (moment)dagi T. kattalik jihatdan, agar nuqta shu ondagi tezlikni bundan keyin ham saqlab qolgan boʻlsa, nuqtaning vaqt birligida oʻtadigan yoʻliga teng boʻladi, deb qarash mumkin.
Xalqaro birliklar tizimi SI va T. birligi kilib 1 m/s qabul kilingan.
Vaqt oraligʻida koʻchish bajargan jismning oʻrtacha tezligi v quyidagi formula bilan hisoblanadi:
xatolik bunday hisoblanadi
Vaqt (s) oʻtishi bilan tezlik (m/s) oʻzgarishi tezlanishdir (m/s²).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiiqtibosda Tezlikga tegishli iqtiboslar mavjud. |
![]() |
Vikiomborda Tezlik haqida turkum mavjud |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |