Kontent qismiga oʻtish

Dmitro Timchuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitro Borisovich Timchuk
Tavalludi 27-iyun 1972-yil
Chita, RSFSR, SSSR
Vafoti 19-iyun 2019-yil(2019-06-19)
(46 yoshda)
Kiyev, Ukraina
Qoʻshin turlari Ukraina Qurolli kuchlari, Ukraina milliy gvardiyasi
Xizmatdagi yillari 19912012
Unvoni podpolkovnik

Dmitro Borisovich Timchuk (ukraincha: Дмитро Борисович Тимчук; 1972-yil 27-iyun, Chita, RSFSR, SSSR — 2019-yil 19-iyun, Kiyev, Ukraina) — ukrainalik harbiy va siyosiy jurnalist. Ukraina Qurolli kuchlarining zaxiradagi podpolkovnigi[1]. „Axborot qarshiligi“ (ukraincha: Інформаційний спротив) guruhi koordinatori[2], „Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi“ jamoat tashkiloti rahbari[2][3], 2008-yildan „Flot-2017“ onlayn nashri bosh muharriri[4][5]. Xalq frontidan Ukraina Oliy Radasining VIII chaqiriq deputati. Timchukning oʻzi va „Axborot qarshiligi“ guruhi Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi va Ukraina sharqidagi qurolli mojaro haqida tezkor axborot yoritishi, Rossiya va prezident Putin[6] haqidagi tanqidiy bayonotlari bilan shuhrat qozongan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yil 27-iyunda Chita shahrida tugʻilgan. Otasi harbiy boʻlgan. Bolaligi Germaniya Demokratik Respublikasida oʻtgan, u yerda otasi 1978-yildan 1983-yilgacha Germaniyadagi Sovet qoʻshinlari guruhida xizmat qilgan. Yoshligi Berdichivda (Jitomir viloyati) oʻtgan. Berdichiv politexnika kollejini tamomlagan. Turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra[7][8][9], Dmitro Timchuk 1995-yilda Lvov oliy harbiy-siyosiy bilim yurtining harbiy jurnalistika fakultetini tamomlagan. Jitomir viloyati ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Timchuk Lvov oliy harbiy-siyosiy bilim yurtining jurnalistika fakultetida oʻqigan, keyin oʻqishini Kiyevga koʻchirgan va bu yerda havo mudofaasi kuchlari gazetasida, keyin esa Ukraina milliy gvardiyasi bosh qoʻmondonligi va Mudofaa vazirligining turli tarkibiy boʻlinmalarida ishlay boshlagan[4]. Keng tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, 1995—1997-yillarda Timchuk havo mudofaasi kuchlarida xizmat qilgan. 1997-yildan 2000-yilgacha Milliy gvardiya shtabida ishlagan. 2000-yildan 2012-yilgacha Ukraina Mudofaa vazirligining turli tuzilmaviy boʻlinmalarida ishlagan[5][10][11]. Ish safarlari davomida Timchuk Iroqdagi (uch marta), Livan va Kosovodagi BMT tinchlikparvar kuchlarining Ukraina kontingentiga tashrif buyurgan[4][5].

2014-yilda Ukrainada boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida „Xalq fronti“ partiyasidan VIII chaqiriq Ukraina xalq deputati etib saylangan[12][13]. 2018-yil 1-noyabrda Ukrainaning 322 fuqarosi, jumladan Dmitro Timchukga nisbatan Rossiyaning shaxsga oid sanksiyalari joriy etiladi[14].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 19-iyun kuni Timchukning Kiyevdagi kvartirasida boshidan oʻq jarohati bilan jasadi topiladi[15][16]. Huquqni muhofaza qilish organlari oʻlimning uchta versiyasini koʻrib chiqmoqda: oʻz joniga qasd qilish, qotillik va qurolga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish[6]. Asosiy versiya oʻz joniga qasd qilish[17].

Jurnalistikadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 2-martdan Dmitro Timchuk „Axborot qarshiligi“ guruhining koordinatori boʻlgan boʻlib, guruhning vazifasi „Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi“ toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotni olish, qayta ishlash (tekshirish) va tarqatish hamda Rossiyaning axborot taʼsiri qarshi turish hisoblangan[2]. Bu faoliyati tufayli Dmitro Timchuk Ukrainadagi eng mashhur blogerlardan biriga aylanadi. 2014-yil oktyabr holatiga koʻra, Timchuk Facebookda 220 ming obunachiga ega boʻlgan[8]. 2017-yilning iyul oyida obunachilar soni 240 mingdan oshgan. 2016-yil 3-avgustda Ukraina axborot siyosati vazirining sobiq oʻrinbosari Tatyana Popova deputatlar Dmitro Timchuk, Anton Gerashchenko va Andriy Teteruk jurnalistlarga bosim oʻtkazganligini aytadi. Popova Mirotvores veb-sayti faoliyatini saqlab qolish tarafdori ekanligini, lekin saytda jurnalistlar haqidagi maʼlumotlarining chiqarilishiga qatʼiyan rozi emasligini bildiradi[18][19][20][21]. 2016-yilda Dmitro Timchuk Moskva patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkoviga qarshi qaratilgan 4511-sonli qonun loyihasining hammualliflaridan biriga aylanadi[22]. Timchuk cherkovni Ukraina davlatchiligiga qarshi tashviqot bilan shugʻullanganlikda, ularning vakillarini poytaxtning markazidagi Kiyev-Pechersk lavrasida Ukrainaga qarshi adabiyotlarni sotishlikda ayblaydi. Timchukning soʻzlariga koʻra, 2014-yilning bahoridan boshlab Donbassdagi pravoslav cherkovlarida „qurollar tashiydigan va ortadigan bazalar“ yaratilgan. Yana uning soʻziga koʻra, jangarilar uchun shifoxonalar ham bor boʻlib, Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyaparast toʻdalarni boshqargan ruhoniylarni hibsga olgan. Shunigdek, Timchuk qonunchilikning oʻziga xos xususiyatlari tufayli ularning Ukrainaga qarshi har qanday harakatlariga kart-blansh mavjudligi, ularni separatizm uchun javobgarlikka tortish oddiy fuqaro yoki amaldordan koʻra ancha qiyin ekanligi ham bildiradi[23]. 2018-yil oktyabr oyida Konstantinopol patriarxining Ukraina pravoslav cherkoviga tomos (farmon) berish niyati sababli Rus pravoslav cherkovi va Moskva patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkovi hamda Konstantinopol patriarxiyasi oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganini Timchuk oʻz sahifasida eʼlon qiladi. Yana Facebook ijtimoiy tarmogʻida Rossiya rahbariyatining Ukraina pravoslav cherkovi, Kiyev-Pechersk va Svyatogorsk lavra iyerarxlarini „radikal va qurollangan millatchi jangarilarning“ harakatlaridan jismoniy himoya qilish maqsadida Rossiya maxsus kuchlaridan foydalanish maqsadi haqida maʼlumot bergan[24][25].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Треба готуватись до збройної агресії на сході України - підполковник Тимчук“ (uk). www.facenews.ua (2014-yil 25-mart). 2014-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 Дмитрий Тымчук. „Дмитрий Тымчук составил справку по группе «Информационное Сопротивление»“ (ru). Facebook (2014-yil 5-mart). 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  3. „Дмитрий Тымчук“ (ru). Грани.ру. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Дмитро Тимчук, який представляє «Інформаційний спротив», родом з Бердичева“ (uk). Zhitomir.info (2014-yil 28-aprel). 2014-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Дмитрий Тымчук“ (ru). «Украинская правда». 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  6. 6,0 6,1 Timchuk umer: vse podrobnosti o gibeli nardepa v Kieve // Obozrevatel, 19.06.2019
  7. „Тымчук Дмитрий Борисович“ (ru). liga.net (2014-yil 28-aprel). 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  8. 8,0 8,1 „Тымчук Дмитрий“ (ru). 2000.ua (2014-yil 15-oktyabr). 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  9. „​Тымчук Дмитрий Борисович“ (ru). «Левый берег» (2014-yil 1-dekabr). 2017-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  10. „Тымчука поздравили «веселые дегенераты» Царёва“ (ru). politkuhnya.info (2014-yil 27-iyun). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  11. „Тымчук Дмитрий Борисович“ (ru). facenews.ua (2014-yil 2-may). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  12. „Виборчий список. Політична партія "НАРОДНИЙ ФРОНТ"“ (uk). Офіційний сайт ЦВК України. 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.
  13. „Позачергові вибори народних депутатів україни 26 жовтня 2014 року. Протокол Центральної виборчої комісії про результати виборів народних депутатів україни у загальнодержавному багатомандатному виборчому окрузі. «10» листопада 2014 року“ (uk). Офіційний сайт ЦВК України. 2014-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.
  14. „Под экономические санкции России попали 127 нардепов — Чесно“. Украинская правда (2018-yil 1-noyabr). 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  15. „Найден застреленным нардеп Тымчук“. Украинская правда. 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  16. „Киевская полиция сообщила новые обстоятельства гибели депутата Тымчука“. Цензор.нет (2019-yil 19-iyun).
  17. „"Неделю не выходил из дома": в прокуратуре назвали основную версию гибели Тымчука“ (ru). www.unian.net. 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  18. „Татьяна Попова обвинила Тымчука, Тетерука и Геращенко в давлении на журналистов“ (ru). h.ua (2016-yil 3-avgust). Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  19. „Попова обвинила депутатов Геращенко, Тетерука и Тымчука в давлении на журналистов“ (ru). hvylya.net (2016-yil 3-avgust). 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  20. „Попова звинуватила Геращенка, Тетерука і Тимчука у тиску на журналістів“ (ru). «112 Украина» (2016-yil 3-avgust). 2017-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  21. „Скандал с отставкой у кума Порошенко: Попова назвала имена виновных“ (ru). «Апостроф» (2016-yil 3-avgust). 2022-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  22. „УПЦ Московського патріархату хочуть надати особливий статус // Gazeta.ua, 11.10.2016“. 2019-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  23. „Тимчук пояснив, чому потрібно контролювати церкву у час війни // Gazeta.ua, 11.10.2016“. 2019-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  24. „Относительно спецоперации РФ по «защите православных в Украине». 19.10.2018“. 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  25. Yak nashі ZMІ ta eksperti obvinuvatili spіvrobіtnika Konstantinopolskoї Patrіarxії, щo nachebto vіn namagavsya „otruїti“ patr. Varfolomіya. 01.09.2018