Separatizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Separatizm (frans. separatisme — ajratilgan) — ajralishga, alohidalikka intilish; davlatning bir semiki milliy, diniy, etnografik, siyosiy, iqtisodiy sabablarga koʻra, ajratib olib yangi davlat tuzilmasi tuzish yoki mamlakatning bir qismini muxtoriyatga aylantirish harakati. S.ning kuchayishi yoki pasayishi tashki va ichki omillarga bogʻliq boʻladi. Mamlakat hududida har bir millat, elat, xalqning manfaatidan kelib chiqib siyosat yuritilsa, ularning har tomonlama rivojlanishi, oʻzini shu mamlakatning teng huquqli fuqarosi sifatida his qilishi uchun huquqiy, siyosiy, iqtisodiy shartsharoitlar yaratilgan boʻlsa, S.ga oʻrin qolmaydi va aksincha. Koʻpincha ichki sabablarni kuchaytiruvchi, gijgijlovchi, oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanuvchi kuchlar S.ning paydo boʻlishi va kuchayishiga olib keladi.

Tarixda S. harakatlari koʻp boʻlgan, ular aksariyat hollarda mojarolarga, nizolarga olib kelgan va fuqarolar urushi orqali kechgan. Hozirgi vaqtda Rossiyaning Chechenistonidagi, Turkiyaning kurdlar, Ispaniyaning basklar yashaydigan hududlari, Kanada Kvebekidagi harakatlarni S.ning koʻrinishlaridan hisoblanadi. S. milliy ozodlik harakatidan farqlanadi.

Sayfiddin Joʻrayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil