Kontent qismiga oʻtish

Harbiy jurnalistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XARBIY JURNALISTIKA HAQIDA QISQACHA

Harbiy jurnalistika. Ushbu kasb haqida yosh avlod  2019-yilgacha deyarli eshitmagan, eshitganlari ham mazkur kasb egalarini harbiylarga ergashib, ularning ishlarini suratga olib yuradigan shaxs deb bilishgan .  Endi har birimizni qiziqtiradigan va o`ylantiradigan savolga kelsak. Xo`sh, O`zbekistonda harbiy jurnalistika kasbi qanday qilib qisqa fursatda rivojlanib ketdi? Ushbu savolning javobini biz qadimgi tarixdan boshlab izlashga qaror qildik. Quyida shu haqida;

   Siz qadimgi tarixdan qanday qidiradi axir u davrlarda madaniyat ham yuksak darajada bo`lmasdan turib bu soha qanday rivojlangan, deb o`ylab turganingiz tabiiy albatta. Lekin rostan ham o`sha davrda xarbiy jurnalistika mavjud bo`lgan. Lekin qanday? Javob oddiy biz ularni qadimgi tarixchilar siymosida ko`rishimiz mumkin. Chunki tarixdagi urush  va janjallarni ular (tarixchilar) ozlarining asarlarida bayon etib xarbiy jurnalistika  sohasiga poydevor qurib berishgan. Yillar, asrlar o`tgani sari ushbu soha ham kengayib o`zining yangi yutuqlari-yu yangi natijalarga erisha boshladi. Birgina o`tgan asrning  o`zida ro`y bergan ikkinchi jahon urushi ushbu sohani rivojlanishiga katta turtki bo`ldi.  Ushbu davrda jurnalistika ayniqsa harbiy jurnalistika juda ham rivojlandi. Ma'lumotlarga qaraganda ikkinchi jahon urushida 10 000dan ortiq xarbiy jurnalistlar ham ishtirok etishgan. Afsuski ulardan 1500 nafari kasbini bajarish chog`ida qahramonlarcha xalok bo`lgan. Xarbiy jurnalist va suhandon Yuriy Borisovich Levitan  ULUG` VATAN URUSHI boshlanganini radio orqali xabar bergani uchun fashistlarning dushmani deb atalgan edi. Ushbu urushda Gitler boshchiligidagi armiya g`alaba qozonsa  Levitanni qatl ettirishni va o`limidan oldin uning sohir ovozini yo`q qilish uchun og`zini qaynagan qo`rg`oshin bilan to`ldirish buyurilgan ed. Lekin ular bu ishni amalga oshirish uchun urushda g`alaba qozonishlari kerak edi. Ammo Levitan o`zining sohir ovozi bilan urushda SSSRning qo`li baland kelganini baralla aytdi. Ushbu urushni tugaganligi haqida Qodir Mahsumov ham o`zining eshittirishlarida xalqimizga yetkazgan suhandonlardan biri edi.  Ulug` vatan urushida xizmat koʻrsatgan xarbiy jurnalistlarning nomlarini juda ham ko`p keltirishimiz mumkin. Shularning qatorida  bizning jadidlarimiz ham harbiy jurnalistika sohasida buyuk xizmat qilishgan. Ular o`z gazeta nashrlarida < Biz mustaqil bo`lishimiz uchun va mustaqil bo`lganimizdan so`ng uni mustahkam saqlab qolishimiz uchun bizga askarlar kerak , milliy armiya tuzishimiz kerak> degan g`oyani ilgari surishgan edi. Ular milliy armiya tuzishga kirishgan paytda yana bir qatag`on yuz berdi va jadidlarimizga juda katta tazyiqlar o`tkaza boshlashdi. ayrimlarini surgun qilishdi ba'zilarini qamoq jazosi bilan jazolashdi.  Ammo ularni qancha jazolashmasin ularni o`z fikrlaridan qaytara olishmadi.  Shu davrlar davomida  SSSRning bir nechta xarbiy gazetalari nashr etila boshlandi. Bularning qatoriga <<< КРАСНОАРМЕЕЦ>>> (keyinchalik<< КРАСНАЯ ЗВЕЗДА>>) gazetasini kiritishimiz mumkin. Ammo bu gazetaning nashrlari xalq manfaatlarini emas faqat Sho`rolarni g`oyaviy targ`ibotlari-yu ularga manfaat keltirish uchun edi xolos. 1992-yil 24-iyun sanasida Mudofaa Vazirligi markaziy matbuot organining <<VATANPARVAR>> gazetasiga asos solinadi va gazetaning nashrlari O`zbekiston hududida bosilib qolgan respublikalarga ham shu yerdan tarqatilgan bo`lsa ham lekin ushbu gazetada birorta ham mahalliy kadrlar faoliyat olib bormaganligi tushunarsiz hol edi, albatta. O`ylashingiz mumkin, ushbu sohaning mutaxassislari bo`lmagandir, deb. Aslida  mahalliy kadrlar ham, qiziquvchilar ham yetarli bo`lgan. Lekin bu davrda hali ham sho`ro hukumatining qoldiqlari bor edi. Yana bir asosiy sabablaridan biri bu beshta respublikani  xarbiy kuch - qudrat va shu kuch - qudratga asoslangan holda boshqarish organi ya'ni Turkiston Xarbiy okrugi edi. Hattoki bizning yurtimiz mustaqillikka erishib to o`z armiyasini shakllantirib olguncha ham ular ma'lum sohalarda bizning ustimizdan hukmronliklarini davom etishdi. Ya'ni ular qaysidir manoda tekitomoqqa aylanib qolishgan edi. chunki bizning o`lkamiz ular uchun tekin ovqatlanish va hamyonlarini oson to`ldirish markazi edi. Nihoyat bizning birinchi prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov ularning bu xunrezliklariga chek qo`ydi. To`g`ri ular bu xabarni osongina qabul qilishmadi. Prezidentimiz xizmat safaridan qaytgan vaqtda aeroportga Turkiston Xarbiy okrugining generallari kutib olish uchun tashrif buyurishdi. Albatta ushbu kutib olish marosimining asl ma'nosi tahdid edi. Tahdid qilinmagan lekin kutib olish uchun yirik okrug generallarining chiqishi ochiqdan  ochiq tahdid edi. So`z va ma`ruzalarsiz tahdid deyiladi. Tom ma'nodagi tekintomoqlar yurtimizni tark etish paytida qurol - yarog`larni olib chiqib ketishga urina boshladilar, ammo I.A.Karimov ushbu noqonuniy ishlarga chek qo`yuvchi qonunni imzoladi. Natijada yurtimizdan hech qaysi qurol olib chiqib ketilmadi. So`ngra qoldiq Turkiston xarbiy okrugining ham hukmronligiga barham berildi. Davlat organlarida tub aholining ham o`rni sezilarli oshdi. O`z navbatida jurnalistikaga sohasiga ham e'tibor oshdi. Matbuotga erkinlik berildi va xarbiy jurnalistika sohasiga ham talab oshdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev farmoni bo`yicha O`zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalari  Unversitetida 2019-yilda xarbiy jurnalistika fakulteti tashkil etildi. va ushbu sohaga bo`lgan talab tobora oshib bormoqda.Ustozimiz Polkovnik  Alijon Safarov<<Bo`lgusi xarbiy jurnalist Vatan uchun nafaqat xuzur-halovatidan , balki o`z jonidan ham kechishga tayyor bo`lsa shundagina tinch otgan xar bir tongda bizning ham xissamiz bo`ladi>> degan edilar. Ustozlarning tutgan yo`llari doim to`g`ri va ularning yo`llaridan hech bir talaba adashmasin.