Chita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chita — Rossiya Federatsiyasi Chita viloyatidagi shahar (1851 yildan), viloyat markazi. Chita daryosining Ingoda daryosiga quyiladigan joyda. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 316,6 ming kishi (2002). Chita Sharqiy Sibirning muhim sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, avtomobil yigʻuv, stanoksozlik va boshqa zdlar), mebel, yogʻochsozlik, yengil (kamvol—movut va koʻn poyabzal kombinatlari, xrom teri zavodi, poʻstin— moʻyna fabrikasi), oziq-ovqat (un, goʻsht va sut ktlari), qurilish materiallari sanoati bor. Qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Issiqlik elektr markazi mavjud. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi va badiiy muzeylar ishlab turibdi. Chita Ingodinskoye zimovye posyolkasi sifatida 1653 yildan maʼlum. 1690 yildan sloboda — soliq va boshqa majburiyatlardan ozod qilinganlar kishloga (1706 yildan u Chita slobodasi deb atala boshlagan). 1851 yildan shahar va Zabaykalye viloyati markazi. 1920— 22 yillarda Uzoq Sharq respublikasi poytaxti. 1922 yildan Zabaykalye gubernyasi markazi, 1926—37 yillarda Zabaykalye oʻlkasidagi okrug markazi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Chita" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil