Braun Eduard Grenvill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BRAUN (Browne) Eduard Grenvill (1862.7.2, Yuli, Glostershir — 1926.5.1, Kembrij) — ingliz sharqshunosi. Kembrij untida sharq tillari va tabobat ilmini oʻrgangan. Uzoq vaqg Eronda yashagan. Kembrij untida arab va fors tillari prof. (18881925). Yaqin va Oʻrta Sharq, shu jumladan Oʻrta Osiyo xalklarining adabiyoti va madaniyatiga oid bir necha asar yozgan. U "Bir yil forslar orasida" (1893), 4 jildli "Eron adabiyoti tarixi" (190224), "Hozirgi Eron poeziyasi va matbuoti" (1914), "Arab tabobati" (1921) nomli asarlar muallifi. B. Nizomiy Aruziy Samarqandiyning "Toʻrt maqola"si (1921) matnini va Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ushshuaro"si (1901) matnini nashr ettirgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil