Darvozaqirliklar chaylasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Darvozaqirliklar chaylasi - Zarafshon daryosining quyi havzasida neolit davri (mil. av. 4-3-ming yillik)da yashagan ovchi qabilalarining manzilgohi. Oʻ. Islomov tomonidan ochilgan (1961). Bir necha madaniy qatlamdan iborat. Chaylalardan birining burchaklaridan 4 kattagina chuqurcha (ustunlar urni) topilgan. Chaylaning eshigi sharqqa — koʻlga qaragan, oʻchoqlar tashqaridagi maydonda boʻlgan. Chaylalar yengil ishlangan boʻlib, 81 m2 maydonni egallagan, unda 30—35 kishidan iborat bir urugʻ jamoasi joylashgan. Topilgan har xil hayvon va qush suyaklari D.ch.da odamlar ov bilan shugʻullanganini koʻrsatadi. Kundalik hayotda toshdan yasalgan qurollar muhim rol oʻynagan. Chaqmoqtoshdan mikrolit pichoq, qirgʻich, bigiz, yogʻoch yoʻnish qurollari, uq-yoy uchlari, parmalash qurollari, bolgʻa va tosh boltalar, qimmatbaho toshlardan tumor va mun-choqlar tayyorlangan. Darvozaqirliklarning sopol idishlari ancha mustahkam, osti yassi, tuxumsimon shaklda boʻlib, sirtiga turli xil naqshlar solingan. D.ch. yodgorliklari baʼzi xususiyatlari bilan Xorazmdagi Kaltaminor madaniyatiga oʻxshab ketadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil