Buxoro davlat tibbiyot instituti
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti (BuxDTI) | |
---|---|
Xalqaro nomi | Bukhara State Medical Institute |
Asos solingan | 1990-yil |
Oʻquv yurti turi | institut |
Tipi | tibbiyot |
Sohasi | stomatologiya |
Rektori | Amrillo Shodiyevich Inoyatov |
Talabalari | 6,963 |
Fakultetlar | 10 ta |
Bakalavriat | 13 ta |
Magistratura | 30 ta |
Akademiklar | 74 ta |
Fan doktorlari | 40 ta |
Professorlar | 160 ta |
Manzili | Buxoro, Alisher Navoiy shoh ko'chasi, N1-uy Oʻzbekiston |
Vebsayti | www.bsmi.uz |
Koordinatalari | 39°46′15.36463″N 64°25′23.23934″E / 39.7709346194°N 64.4231220389°E G OKoordinatalari: 39°46′15.36463″N 64°25′23.23934″E / 39.7709346194°N 64.4231220389°E G O |
Buxoro davlat tibbiyot instituti yoki Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti — Buxoro shahridagi oliy ma‘kumotli kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1990-yil 6-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 307-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Buxoro davlat Tibbiyot institutida 10 ta fakultet va 45 ta kafedra, 13 ta bakalavr va 30 ta magistratura yoʻnalishlari mavjud bo'lib, davolash ishi, stomatologiya, oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash, pediatriya, xalq tabobati fakultetlari bor. 39 kafedra, litsey, aspirantura, doktorantura, klinik ordinatura, markaziy ilmiy tadqiqotlar va klinik laboratoriya, institut muzeyi va 2 o‘quv muzeyi, test markazi, kutubxona (65 mingdan ortiq asarga ega), oʻquv zali mavjud. Institutda 196 o‘qituvchi (jumladan 18 fan doktori va professor, 80 fan nomzodi va dotsent) xizmat qiladi; 1500 talaba ta’lim oladi (2001). Buxoro tibbiyot instituti i. uzining davolash klinikasiga ega. Buxoro shahri kasalxonasi, viloyat stomatologiya poliklinikasi, umuman Buxorodagi barcha davolashprofilaktika muassasalari institutning klinik bazasi hisoblanadi. Buxoro viloyat kasalxonasi institut klinikasiga aylantirilgan. Institut qoshida stomatologiya oʻquv davolash ilmiy markazi tashkil qilingan (1997). Institut darslik, ilmiy to‘plam va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti — Buxoro shahridagi oliy malakali mutaxassis vrachlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti sifatida 1990-yil 6-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 307-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 1990-yil 11-oktabrdagi 1052-raqamli buyrugʻiga asosan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Akram Ibragimovich Moʻminov institutining birinchi rektori etib tayinlangan.
Rahbariyat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davolash fakultetda 2020-2021 o'quv yilida 1450 talaba tahsil oladi. O'qish muddati 6 yil bo'lib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
1. Gistologiya, sitologiya va embriologiya
2. Patologik fiziologiya
3. Psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi
4. Umumiy jarrohlik
5. Akusherlik va ginekologiya
6. Ichki kasalliklar va endokrinologiya
7. Ixtiyoriy va gospital jarrohlik, urologiya
8. Ftiziologiya, pulmonologiya va dermatovenerologiya
Stomatologiya fakultetda 2020-2021 o'quv yilida 706 talaba tahsil oladi. O'qish muddati 5 yil bo'lib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
1. Ortopedik stomatologiya
2. Terapevtik stomatologiya
3. Yuz-jag' jarrohligi
4. Bolalar stomatologiyasi
5. Tibbiy kimyo
6. Biokimyo
7. Patologik anatomiya
Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |