Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali — 11-mart 1992-yil tashkil qilingan boʻlib, malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash bilan shugʻullanuvchi yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining taʼlim sifati sohasidagi ustuvor maqsadi — taʼlimning ichki va tashqi bozorlarida ilmiy, innovatsion faoliyatning yuqori raqobatbardoshligini taʼminlashdir. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali taʼlim siyosatining ustuvor vazifasi — sifatli taʼlim berishning asosini yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi, sogʻliqni saqlash sohasida mahalliy va xalqaro mehnat bozorlarida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonining uzluksizligini taʼminlashda sohaviy ilmiy va innovatsion loyihalarni, yuqori texnologiyali ilmiy intensiv tibbiy yordamni amalga oshirish, sogʻliqni saqlash tizimi ehtiyojlari uchun yangi diagnostika va davolash texnologiyalarini ishlab chiqish; shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlarini qondirish uchun taʼlim va fan sohasidagi yangiliklarning samarali tatbiq etilishini taʼminlashdir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
(TTA Urganch filiali)
[[Fayl:
Fayl:TTA Urganch filiali asosiy oʻquv binosi.jpg
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali asosiy oʻquv binosi
|200px|alt=|TTA Urganch filiali]]
TTA Urganch filiali
Xalqaro nomi Urgench branch of Tashkent Medical Academy
Asos solingan 11-mart 1992-yil
Rektori t.f.d., professor RUZIBAEV RASHID YUSUPOVICH
Talabalari ~3000
Bakalavriat 10
Magistratura 11
Professorlar 4 ta
Manzili Urganch shahri Al-Xorazmiy koʻchasi 28-uy
Vebsayti https://www.urgfiltma.uz/


TTA Urganch filiali rasmiy ramzi

Filial tarixi[1][tahrir | manbasini tahrirlash]

11 Mart 1992

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-son qarori[2] va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 1992- yil 20-martdagi 171-sonli buyrugʻiga asosan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filialini Xorazm viloyati Oʻrta malakali tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bilim yurti bazasida tashkil etildi.

31 May 1995

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 31-mayda imzolagan Farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi qaroriga asosan filial Urganch Davlat universiteti tarkibiga qoʻshib yuborildi.

3 Iyun 1998

  • Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali 1998-yil 3-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qaroriga[3] asosan tashkil topgan.

19 Iyul 2005

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi (va uning Urganch filiali) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi 178-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.

Filial tuzilmasi[4][tahrir | manbasini tahrirlash]

TTA Urganch filiali fakultetlari va kafedralari tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • fakultetlar soni — 5;
  • kafedralar soni — 28;
  • taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari — 49;
  • magistratura taʼlim yoʻnalishi −11;
  • klinik ordinatura taʼlim yoʻnalishi — 28;
  • bakalavriat taʼlim yoʻnalishi — 10.

Fakultetlar:

  • Davolash ishi;
  • Pediatriya ishi;
  • Tibbiy profilaktika, sogʻliqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar;
  • Qoʻshma dastur;
  • Stomatologiya.

TTA Urganch filiali fakultetlariga qarashli yoʻnalishlar tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davolash fakultetiga qarashli yoʻnalishlar

  • Davolash ishi;
  • Oliy hamshiralik ishi;
  • Xalq tabobati.

Pediatriya fakultetiga qarashli yoʻnalishlar

  • Pediatriya ishi;
  • Kasbiy taʼlim (davolash ishi) yoʻnalishi.

Tibbiy profilaktika Sogʻliqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakultetiga qarashli yoʻnalishlar

  • Tibbiy profilaktika ishi

Qoʻshma dastur fakultetiga qarashli yoʻnalishlar

  • Qozon federal universitetining „Tibbiy biologiya ishi“;
  • Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetining „Davolash ishi“;
  • Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetining „Farmatsiya ishi“.

Stomatologiya fakultetiga qarashli yoʻnalishlar

  • Stomatologiya ishi

Talabalar kontingenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bakalavriat — 3000 ga yaqin
  • Magistratura — 61 nafar
  • Klinik ordinatura — 149 nafar

Professor-oʻqituvchilar tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy shtatda — 277 nafar professor-oʻqituvchilar.

  • 4 nafar professorlar;
  • 7 nafar fan doktorlari;
  • 25 nafar dotsentlar;
  • 27 nafar fan nomzodlari;
  • 41 nafar PhD;
  • 56 katta oʻqituvchilar;
  • 117 nafar assistentlar.

TTA Urganch filiali klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbeksiton Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 27-28-yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifining 5-son bayonnomasi 45-punktiga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining eski binosi hududida Rossiya Federatsiyasining I.P.Pavlov nomidagi 1-son Sankt-Peterburg Davlat Tibbiyot Universiteti bilan hamkorlikda 145 oʻrinlik Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasini tashkil qilish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ushbu klinikaning loyihasini va kontseptsiyasini puxta ishlab chiqib, koʻrib chiqish uchun Prezident Devoniga taqdim etish topshirigʻi berildi. Klinikaning kontseptsiyasi TTA va TTA Urganch filiali tomonidan ishlab chiqilib, 2017-yil fevral oyida Prezident Devoniga taqdim etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi „Xorazm viloyatining sogʻliqni saqlash muassasalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-4949-sonli Farmoyishiga asosan Urganch shahar markaziy kasalxonasi negizida rekonstruktsiya qilinishi koʻzda tutilgan TTA Urganch filiali klinikasi binolari „Irdimzonqurilish“ xususiy korxonasi tomonidan 2017-yil 30-dekabrdagi 1-sonli Xabarnoma (Avizo) ga muvofiq 2018-yilning 29-mart kuni TTA Urganch filiali rahbariyati tomonidan qabul qilib olindi (Davlat qabul komissiyasi tomonidan 2017-yil 28-dekabrda qabul qilib olingan).

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi „Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 994-sonli qarorida ham klinika faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi va shularga asosan OʻzR SSV ning 2018-yil 20-iyundagi 397-sonli buyrugʻi bilan klinika 2018-yilning 1-iyulidan boshlab oʻz faoliyatini boshlashi toʻgʻrisida aytilgan.

2018-yil 22-iyun kuni OʻzR SSV ning 155-K-sonli buyrugʻi bilan S.R.Ismoilov klinikaning bosh vrachi etib tayinlandi. Klinikada yaratilgan yangi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida Xorazm viloyati Urganch shahri bandlikka koʻmaklashish markaziga maʼlumot berildi va 2018-yil 25-28-iyun kunlari ish soʻrab murojaat qilgan oʻrta tibbiy xodimlar uchun 28-iyun kuni OʻzR SSVning 380-buyrugʻiga asosan tanlov oʻtkazildi, oliy maʼlumotli hamshiralar suhbat asosida, vrachlar, kichik tibbiy xodimlar va xoʻjalik xodimlari esa oʻz murojaatlari asosida ishga qabul qilindilar.

Hozirgi kunda OʻzR SSV tomonidan viloyatimizga „Salomatlik-3“ loyihasi tomonidan ajratilgan 12 nomdagi hamda Viloyat SSB tomonidan 9 nomdagi tibbiy asbob-uskunalar hamda yetarli miqdordagi yumshoq jihozlar (koʻrpa-toʻshak, yostiq, choyshab va b.) vaqtincha foydalanish uchun qabul qilib olindi, shuningdek, klinikaning laboratoriyasi ham imkon darajada oʻz ish faoliyatini boshladi. Shular asosida bugungi kunda klinikaning umumiy terapiya, endokrinologiya, allergologiya, gematologiya, LOR va pediatriya boʻlimlarida bemorlar yotqizilib, davolash ishlari 2018-yil 2-iyul kunidan boshlab yuborildi.

2018-yil 10-sentabr kuni OʻzR SSV dan klinikaning pullik tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha ruxsatnomasi olindi va shu asosida bemorlarga pullik tibbiy xizmat koʻrsatish ham yoʻlga qoʻyildi.

Shuni ham taʼkidlash joizki, klinikaning xirurgiya va reanimatsiya boʻlimlari yetarli tibbiy asbob-uskunalar yoʻqligi uchun shu bugungi kungacha ham ishga tushirilmagan. Klinikani kerakli tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha OʻzR SSV ga bir necha bor murojaat qilindi va muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashriflaridan keyin klinikaning toʻliq oʻz faoliyatini olib borishi uchun zarur boʻlgan 1 931 535 AQSH dollari qiymatdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar hozirda OʻzR SSV tomonidan xarid qilinish ishlari olib borilmoqda.

TTA Urganch filiali Akademik litseyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

TTA Urganch filiali Akademik litseyi

TTA Urganch filiali akademik liseyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyuldagi 131-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirining 2010-yil 2-iyuldagi 202-sonli buyrugʻiga asosan, Hazorasp tibbiyot kolleji negizida tashkil qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida“gi 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-aprel № 303-F sonli farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 21-aprel' № 362 va Sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 2-maydagi № 287-sonli buyrugʻiga asosan, Hazorasp tumanida joylashgan TTA Urganch filiali akademik liseyi 2018-2019 oʻquv yilidan (1-bosqichga oʻquvchilarni qabul qilish va ularning oʻquv jarayoni) Urganch shahar Gʻ.Gʻulom koʻchasi 2-uy manzilda joylashgan Urganch neftʼ va gaz sanoat kasb-hunar kollejida faoliyatini davom qildirmoqda.

Akademik lisey quvvati 528 oʻrinli, umumiy maydoni 13292,27 m2ni tashkil etadi. Shundan, foydali maydoni 4351,09 m2, bino maydoni 1576,48 m2dan iborat. 2020-2021 oʻquv yili davomida akademik liseyda 304 nafar oʻquvchi tahsil olib kelmoqda. Shundan 155 nafari birinchi bosqichda, 149 nafari 2-bosqichda. Akademik lisey oʻquv binosida 21 ta oʻquv xonalari: jumladan 1 ta kimyo, 1 ta fizika, 2 ta komp’yuter (informatika), 1 ta lingafon, 1 ta mul’timedia xonalari (ingliz tili), 120 ta oʻrinli sport zal mavjud.

Taʼlim muassasasida 2020/2021 oʻquv yilida Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 304 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. 1-bosqichda 6 ta guruh (1 ta rus) va 2-bosqichda 6 ta guruhi (1 ta rus) mavjud. Ularga 22 nafar oʻqituvchilari taʼlim-tarbiya berishmoqda. Pedagoglarning barchasi oliy maʼlumotli. Shundan, 5 nafar bosh oʻqituvchi, 3 nafar yetakchi oʻqituvchi, 9 nafar katta oʻqituvchi hamda 5 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchi va 8 nafar oʻqituvchilar soatbay sifatida faoliyat yuritmoqda.

2019-2020 oʻquv yilida Akademik liseyni 152 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlib, 110 nafari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan. Shulardan 93 nafari mahalliy oliy taʼlim muassasalariga, 17 nafari esa xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan. Akademik liseyning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 72,37 % ni tashkil etmoqda.

TTA Urganch filialining mavjud jami 25 ta kafedrasi hamda akademik liseyning 2 ta fan kafedrasi oʻrtasida 2019-2020 oʻquv yili uchun hamkorlik shartnomalari tuzilgan. TTA Urganch filiali professor-oʻquvchilari akademik liseyda oʻquv-metodik faoliyatni rivojlantirish, talaba yoshlarni zamonaviy intellektual bilim salohiyatlarini oshirish borasida hamkorlikda mahorat darsini oʻtkazilib kelinmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]