Xalq tabobati


Xalq tabobati (anʼanaviy tibbiyot)[1] — xalq tomonidan toʻplangan, kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashda foydalaniladigan, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan empirik bilimlar yigʻindisi. Samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan xalq tabobati usullarining bir qismi zamonaviy tibbiyot tomonidan qabul qilingan. Xalq tabobati sehr, ezoterizm va muqobil elementlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Uning tarkibiga koʻpincha samarasiz yoki hatto xavfli davolash usullari ham kirgan. Xalq tabobati atamasi bir qatorda, anʼanaviy tibbiyot atamasi bilan bir xil maʼnoda uchraydi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan taʼriflangan „Anʼanaviy Tibbiyot“ atamasi Yin-Yang taʼlimoti ustiga qurilgan: Xitoy Anʼanaviy Tibbiyoti (Zhong yi — 中醫), Yapon Anʼanaviy Tibbiyoti (Kampo — 漢方医学), Koreys Anʼanaviy Tibbiyoti (Koryo -고려의학); Dosha (Hiltlar) ustiga qurilgan Hindlarning Ayurveda (आयुर्वेद), Tibet Anʼanaviy Tibbiyoti (Soua Rigpa — (བོད་ཀྱི་གསོ་བ་རིག་པ), Siddha Anʼanaviy tibbiyoti (சித்தா), Yunonlar Anʼanaviy Tibbiyoti (Tibbi Yunani — طب یونانی — Gippokrat, Galen, Ibn Sino maktabi), Yevropaning Anʼanaviy Tibbiyotiga esa Antroposofik anʼanaviy tibbiyot (Anthroposophical medicine) va Gomeopatiya Tibbiyoti (Homoeopathy), Folklor-Xalq Tabobatlariga esa Arab Badaviylarining Folklor Xalq tabobati va mahalliy tibbiyotning boshqa shakllari kabi Afrika va Lotin Amerikalaridagi Kuranderizm Tabobati (El curanderismo) sohalarga tegishli hisoblanadi. Anʼanaviy tibbiyot milliy sogʻliqni saqlash tizimiga kiritilmagan mamlakatlarda koʻpincha „Qoʻshimcha-oʻrinbosuvchi Tibbiyot“, „Muqobil tibbiyot“, „Integratsion tibbiyot“ deb ham nomlanadi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
XVIII asrning oxirigacha xalq tabobati umumiy tibbiyotdan ajralib turmagan. Bazel shifokori Teodora Tsvingera ning „Sicherer und geschwinder Arzt, oder vollständiges Arznenbuch“ (1684) kitobida bu haqida aniq koʻrsatilgan. U asosan Gippokrat va boshqa qadimgi shifokorlarning „tana sharbatlarining nisbati“ haqidagi koʻrsatmalariga asoslanib faoliyat olib borgan. „Xalq tabobati“ atamasi dastlab XIX asrning birinchi yarmida nemis olimlarining tibbiy asarlarida paydo boʻlgan. Unda aholining oʻz sogʻligʻiga nisbatan oʻzi qanday choralar koʻrishini tasvirlab bergan, shuning uchun u faqat sehr va naturopatiyaga asoslangan tibbiyotni oʻz ichiga olmay, davolash usullarini ham birlashtirgan. Shunday qilib, bu atama kasalliklar va ularni qanday davolash kerakligi haqida odamlar orasida hukm surayotgan deyarli koʻrinmas turli xil gʻoyalarni oʻz ichiga olagan. Bu davrda shifokorlar aholining tibbiy tushunchalarini oshkor etishdan tortinmadilar va ularning bilimlarini birlashtirishni maqul topdilar. Jeremiah Gotthelf oʻzining „Anne Bäbi Jowäger haushaltet und wie es ihm mit dem Dokteren geht“ (1843 — 1844) asarida xuddi shunday yoʻl tutganini koʻrsatib beradi.
XIX asr oxirida tibbiyot yoʻnalishlariga ilmiy dalillarga asoslangan yondashuvni ishlab chiqqan „xalq tabobati“ tushunchasi kirib kela boshladi. XX asr oxiriga kelib xalq tabobati mamlakatlar orasida ham keng tarqaldi. Klassik tibbiyotdan farqli ravishda Xalq tabobati asosan irratsional anʼanaga asoslangan tibbiyot sifatida qoʻllanila boshladi.
Xalq tabobati tomonidan toʻplangan maʼlumotlar qadimgi dunyoning eng yirik shifokorlari — Bogar, Tirumular, Sushruta, Charaka, Vagbhata, Kashyapa, Nagarjuna, Amenhotep, Byan-Tsyue, Chjan Tszi, Rufus, Erasistrat, Pifagor, Aristotel, Disquridus, Gippokrat va Galen, Boquniy Yunoni, A. Sels, Zahraviy, Roziy, Abu Sahl Masihiy, keyinchalik — Ibn Sino, Muso Qurtubiy, Ibn Nafis, Al-Oqsaroyi, Chag'miniy, Muhammad Akbar Arzoni, Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy, Alixontoʻra Sogʻuniy, Muhitdin Umarov asarlaridan olingan. Rossiya xalqlari xalq tabobatining xususiyatlarini XVIII asr oxirida ilmiy ekspeditsiya ishtirokchilari P. S. Pallas, V. F. Zuev, I. Gmelin, S. P. Krasheninnikov, I. I. Lepexin va boshqalar asarlaridan oʻrganishgan. Rus xalqlari XIX asrda rus klinik tibbiyotining asoschilari M. Ya. Mudrov, N. I. Pirogov, S. P. Botkin, G. A. Zaxarin va boshqalar xalq tabobatida qoʻllanadigan baʼzi texnika va dori-darmonlarni oʻz amaliyotlarida qoʻllashgan.
Xalq tibbiyotiga yondosh tarzda Ilmiy tibbiyot haqiqatda ishlaydigan anʼanaviy usullarni sinab koʻrish va qabul qilishni yoʻlga qoʻymoqda. Masalan koʻp yillik tajriba davomida (1969-yildan beri) Xitoy anʼanaviy tibbiyoti ikki mingdan ortiq oʻsimlik preparatlarini oʻrgangan va Tu Yuyu boshchiligidagi guruh bir yillik shuvoq oʻsimligidan artemisinin (lotincha: Artemesia annua) faol moddasini ajratib, bezgakka qarshi davo yaratdi. Ushbu preparatni yaratgani uchun 2015-yilda Tu Yuyu Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[3].
Bilimlarni yaratish va uzatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalq tabobati odatda jamoa, oila va shaxslar yigʻilguncha ogʻzaki ravishda uzatilgan. Maʼlum bir madaniyat doirasida mahalliy tibbiyot bilimlari elementlari koʻpchilik tomonidan maʼlum boʻlishi mumkin yoki shoman, doya kabi tabibning oʻziga xos rolida qoʻllanilishi koʻzda tutiladi[4]. Uchta omil tabibning rolini qonuniylashtiradi — oʻz eʼtiqodlari, harakatlarining muvaffaqiyati va jamiyatning eʼtiqodlari[5]. Mahalliy tibbiyotning daʼvolari madaniyat tomonidan rad etilganda ham, odatda uch tur tarafdorlari undan foydalanadilar — Xalq tabobati muhitida tugʻilgan va unda ijtimoiylashgan, doimiy eʼtiqod qiluvchilar, inqiroz davrida unga murojaat qiladigan vaqtinchalik foydalanuvchilar va faqat oʻziga xos jihatlarga ishonadiganlar[6].
Etnologlar anʼanaviy tibbiyot faoliyati bilan shugʻullanish qarori uchun yana uchta sababni aniqlaydilar[7]:
- Yashash joyi yoki oilaviy aloqalar tufayli xalq tabobati anʼanalarida ishtirok etish. Bunday holda, mavjud texnika va koʻnikmalar meros boʻladi, qoʻshimcha taʼlim olish va davlat roʻyxatidan oʻtish koʻpincha kasbiy faoliyatni kengaytirish va uni qonuniylashtirish zarurati bilan bogʻliq;
- Psixologik yoki jismoniy jarohatlar natijasida yuzaga kelgan dunyoqarashning keskin oʻzgarishi, gʻayrioddiy qobiliyatlarning paydo boʻlishi hissining paydo boʻlishi kabi holatlarda oʻz oʻzini ruhiy davolash. Ushbu holatlarda oʻzini sogʻlomlashtiruvchi va mafkuraviy tizimi yaratiladi va bu faqat shifokorning koʻrsatmalariga bogʻliq boʻlib qolmaydi;
- Oʻz-oʻzini takomillashtirish va shu asosda sogʻlom turmush tarzi tizimini yaratish;

Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hozir anʼanaviy, oʻrinbosuvchi va integral tibbiyotdan foydalanishni tavsiya etmoqda va bundan tashqari baʼzi anʼanaviy tibbiyot usullarining xavfsizligi, samaradorligi va sifatini baholashda dalillarga asoslangan yondashuvni aniqlash ustida ishlanmoqda[8].
Xavfsizlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunyo aholisining 80%i 130 dan ortiq mamlakatlarda xalq tabiblari faoliyati va ularning usullari bilan bogʻliq xavf-xatarlarni tartibga soluvchi boʻlimlar mavjud. Aholi orasida tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan dori-darmonlar xavfsizroq degan fikr keng tarqalgan, ammo bu har doim ham toʻgri emas[9]. Bundan tashqari, koʻplab xalq tabobati amaliyotlari samaradorligi isbotlanmagan yoki hatto kasallikni yomonlashtirishi mumkin boʻlgan amaliyotlarni ham oʻz ichiga oladi[10][11] .
Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarni yoʻq qilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzi xalq tabobati amaliyotlarida noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlardan tayyorlangan preparatlar qoʻllanadi. Ulardan: sekin lorislar, akulalarning ayrim turlarining qanotlari[12], karkidon shoxlari, Amur yoʻlbarslarining tana qismlari va boshqalar dori tayyorlashda ishlatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda brakonerlik keng tarqalgan boʻlib, ular xalq tabobatida qoʻllanadigan hayvonlar va oʻsimliklarni qazib olish, ovlashga ixtisoslashgan.
Avstraliya buta dori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstraliya aborigenlari va Torres boʻgʻozi orollari aholisi tomonidan qoʻllaniladigan buta poʻstlogʻi, barglari va urugʻlaridan dori-darmon tayyorlanadi, ammo hayvonot mahsulotlari ham ishlatilishi mumkin[13]. Xalq tabobatining asosiy tarkibiy qismi o'simlik dori-darmonlari boʻlib, kasallikni davolash yoki oldini olish uchun tabiiy oʻsimlik moddalaridan foydalanishdir[14].
Uy davolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uy davosi (baʼzan buvining davosi deb ham ataladi) muayyan ziravorlar, oʻtlar, sabzavotlar yoki boshqa oddiy narsalar yordamida kasalliklarni davolash. Uyda davolanishda kasallikka qarshi qoʻllanilayotgan usullar yoki dardni davolovchi manbalar dorivor xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin yoki boʻlmasligi ham mumkin. Chunki ular odatda oddiy odamlar tomonidan yaratiladi (buni soʻnggi yillarda Internet orqali osonlashtirmoqda). Xalq tabobati dorilarining koʻpchiligi faqat anʼana yoki odat natijasida yoki platsebo taʼsirini qoʻzgʻatishda samarali boʻlgani uchun ishlatiladi[15].
Sovuq yoki yengil gripp kabi nafas olish yoʻllari infektsiyalarini davolash uchun tovuq shoʻrvasidan foydalanish uy sharoitida davolanishning eng mashhur usullaridan biridir. Uyda davolanishning boshqa misollariga singan suyaklarni oʻrnatishga yordam beradigan yopishqoq lentalar ham kiradi. Tarixiy oshpazlik kitoblari koʻpincha dispepsiya, isitma va ayollar shikoyatlarini davolash usullariga toʻla[16]. Aloe vera oʻsimlikining tarkibiy qismlari teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi[17]. Koʻpgina Yevropa likyorlari yoki hazm qilish vositalari dastlab dorivor vositalar sifatida sotilgan. Xitoy xalq tabobatida shifobaxsh konjelar (oʻtlar bilan uzoq vaqt pishirilgan guruch shoʻrvalari), ovqatlar va shoʻrvalar davolash amaliyotining bir qismidir[18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Сорокина 2013.
- ↑ Стратегия ВОЗ 2001.
- ↑ Алексей Куденко. „От народной китайской медицины — к Нобелевской премии“. ИноСМИ (2015-yil 10-oktyabr). 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
Annie Bligh (University of Westminster). „How traditional Chinese medicine drove the discovery of a Nobel-winning anti-malarial drug“ (en). The Conversation (2015-yil 7-oktyabr). 2019-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar. - ↑ Acharya, D. Indigenous Herbal Medicines: Tribal Formulations and Traditional Herbal Practices. Jaipur: Aavishkar Publishers, 2008. ISBN 978-81-7910-252-7.
- ↑ Maurice Mwu, Eric Gbodossou. „ALTERNATIVE MEDICINE: NIGERIA The role of traditional medicine“. The Lancet (2000-yil dekabr).
- ↑ Laguerre, Michel S.. Afro-Caribbean folk medicine. New York: Bergin & Garvey, 1987. ISBN 978-0-89789-113-4.
- ↑ Ларионова 2005.
- ↑ WHA62.13 2009.
- ↑ „National Policy on Traditional Medicine and Regulation of Herbal Medicines - Report of a WHO Global Survey“. World Health Organization (2016-yil aprel). 2009-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
- ↑ Оксана Прилепина. „Чем опасна «народная медицина»?“. Российская газета (2007-yil 18-may). 2013-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ Марина Слета. „Альтернативная медицина: чего больше — пользы или вреда?“. medpulse.ru. ООО «Правда.Ру» (2008-yil 27-oktyabr). 2012-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
- ↑ „Traditional medicines continue to thrive globally“. CNN. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-aprel.
- ↑ „Traditional Aboriginal Bush Medicine“. Aboriginal Art Online. 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun.
- ↑ „Select Your Library - Credo Reference“. search.credoreference.com. Qaraldi: 2015-yil 17-aprel.
- ↑ „Placebo Effect: A Cure in the Mind“. Scientific American (february–march 2009).
- ↑ Catherine Esther Beecher Mrs. Beecher’s Housekeeper and Healthkeeper 1874. Retrieved on 2007-11-05.
- ↑ Sidgwick, G. P; McGeorge, D; Bayat, A (2015). „A comprehensive evidence-based review on the role of topicals and dressings in the management of skin scarring“. Archives of Dermatological Research. 307-jild, № 6. 461–477-bet. doi:10.1007/s00403-015-1572-0. PMC 4506744. PMID 26044054.
- ↑ Prince Wen Hui’s Cook Bob Flaws and Honora Wolf 1985