Bomba (film, 1995)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bomba
Rejissyor(lar) Zulfiqor Musoqov
Ssenariynavis(lar) Zulfiqor Musoqov
Jahongir Qosimov
Abduhalil Mingnorov
Bastakor(lar) Anvar Ergashev
Kinematografiya Talʻat Mansurov
Chiqarilgan sanasi 1995-yil
Davomiyligi 77 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbek tilida[1]

"Bomba" (oʻzbekcha: Бомба) — „Inson“ kinostudiyasida suratga olingan kinokomediya[2]. .

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xolmat aka oʻz hovlisida aviatsion bombani topib oladi. Buni bilgan odamlar avtomobilni ehtiyot qismi deb oʻylashadi, biroq bomba ekanligi aniq boʻlgach, mutaxassis chaqirtirishadi. Texnik tomonidan bomba ichidagi „yurakcha“ chiqarib olinadi va bombani endi xavfsiz deb eʼlon qiladilar. Bundan xabar topgan harbiylar „yurakcha“ olib tashlangandan keyin bomba yanada xavfliroq boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirishadi. Harbiylar bombani Xolmat akaning hovlisida portlatib yuborishni, evaziga Xolmat akaga Toshkentning markazidan toʻrt xonali uy olib berishni vaʼda qilishadi. Xolmat aka bunga rozilik bermaydi. Xolmat akaning qoʻshnisi Rasul uy haqidagi gapni eshitib qoladi va yarim kechasi bombani kavlab olib, oʻz uyidagi xontaxta ustiga olib qoʻyadi. Xolmat aka Rasul bilan mushtlashadi. Oʻzaro jang davomida praporshik Rahim Ahmedov bombani yerga agʻanayotgan holida tutib oladi va jarlikka koʻtarib borib uloqtiradi. Bomba portlab ketadi. Ahmedov abgor holda jarlikdan chiqib keladi, uni Xolmat akaning qizi Risolat kutib oladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor Rol
Muhammadsoli Yusupov Xolmat aka Xolmat aka
Rimma Ahmedova Xolmat akani ayoli Xolmat akani ayoli
Rustam Saʼdullayev Rahim Ahmedov praporschik Rahim Ahmedov
Fotima Rejametova Saltanat kelin Saltanat
Husan Sharipov Rasul aka Rasul aka
Toʻychi Oripov Rais Rais
Dias Rahmatov Muso Muso

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Бомба (1995)
  2. „Central Asia: Redefining its Cultural Roots“ (inglizcha). www.kinema.uwaterloo.ca. 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2012-yil.