Toʻychi Oripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toʻychi Oripov
Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi1928 Toshkent, Dagrez mahallasi.
Vafot etgan sanasi va joyi12-iyun 2015-yil(2015-06-12)
(87 yoshda) Toshkent[1]
KasbiAktyor

Toʻychi Oripov (Mirhosil) (1928, ? Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1953). Qoʻqon teatrida (1953—58), Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida, (1987—94), Hamza teatrida (hozirgi oʻzbek milliy akademik drama teatrida) (1951—53; 1958—87; 1994 yildan) aktyor. O. dramatik, fojiaviy va komik rollar, ayniqsa, oʻtkir harakterli, salbiy ob-razlar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari hayotiy, ifoda vositalari aniq va ishonarli boʻlib, qahramonlarining ichki dunyosi, maʼnaviy holati va harakterini toʻliq ochishga intiladi. Teatrda Lembet (E.Toʻychi Oripov Ota rolida ("Bir qadam yoʻl"). Rannet, "Oqpadar"), Yoʻlchi, Hakimboyvachcha (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Sintaro (M. Kaoru, "Oʻgʻirlangan umr"), Gʻoyib (Uygʻun, "Qotil"), Salas Ina (E. Robles, "Monserra"), Solihboy (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Mahmud Gʻaznaviy (Uygʻun, "Abu Rayhon Beruniy"), Mahkam (S. Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Bobobekov (Sh. Xolmirzayev, "Qora kamar"), Shayboniyxon (P. Qodirov, "Yulduzli tunlar"), ota (U. Azim, "Bir qadam yoʻl") kabi rollar bilan teatr sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Shuningdek, videofilmlar (Amir Jondor, "Ulugʻbek xazinasi"; Muhiddin Jabborovich, "Girdob"; Ishoq, "Gʻulgʻula"; Sanjarov, "Imon"; Majiddidin, "Navoiy"; Qudratxoʻja, "Diyonat" va boshqalar), kinoda (Rais, "Abdullajon"; Mavlon, "Sayyod qoʻngʻirogʻi"; Gʻaniboyvachcha, "Amirning xufiyona sayohati"; Yoʻldoshev, "Ikkinchi aylana boʻylab"; Kuyov, "Qarib quyulmagan"; Bobo, "Osmondagi bolalar" va boshqalar) ham suratga tushgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).[2]

Manbalar[tahrir]