Jahongir Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahongir Qosimov
Tavalludi 2-dekabr 1958-yil (1958-12-02) (65 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Kasbi Kinorejissor, ssenariy muallifi
Faoliyat yillari 1976—hozir
Millati O'zbek
Turmush oʻrtogʻi uylangan
Bolalari 3 bolasi bor
Mukofotlari 2007-yil — „18 Kvadrat —rejissor (Moskvadagi "Oltin ritsar" KFDA Rossiya milliy terrorizmga qarshi qo'mitasining maxsus mukofoti), XIX "Oltin ritsar" xalqaro kinoforumi, (26-may, 2-Iyun) "kKumush ritsar" filmi "Suv" filmiga Jahongir Qosimov (O'zbekiston) tomonidan 2010-yilda taqdim etilgan

Jahongir Qosimov — taniqli oʻzbek rejissyori[1].

1958-yil 2-dekabrda Toshkentda tugʻilgan. U 1984-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. 1977-1979 yillarda Harbiy xizmat o'tagan. 1976-yildan „O'zbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor yordamchisi bo'lib ishlagan. 1984-2005 yillarda „O'zteleradio kompaniya“ tizimida rejissyor, bosh direktor, eng yuqori toifali rejissyor sifatida ishlagan. „O'zteleradio kompaniyasi“ da ishlagan yillarida o'nlab televizion dasturlar, videofilmlar tayyorlagan. 2004-yilda „O'zbekfilm“ kinostudiyasida „Dev bilan pakana“, 2007-yilda „18 Kvadrat“, 2009-yilda „Suv oqalab“ to'liq metrajli badiiy filmlar yaratildi. „O'zbek kino“ da bosh direktor o'rinbosari, kino-rejissyor. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (2005). Ingliz, nemis va rus tillarini biladi. Uylangan, uch farzandi bor.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil — „18 kvadrat“ — rejissyor (Moskvadagi „Oltin ritsar“ KFDA Rossiya milliy terrorizmga qarshi qo'mitasining maxsus mukofoti).

XIX „Oltin ritsar“ xalqaro kinoforumi, (26-may, 2-iyun) „Kumush ritsar“ filmi „Suv“ filmiga Jahongir Qosimov (O'zbekiston) tomonidan 2010-yilda taqdim etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]