Osmondagi bolalar (film)
| Osmondagi bolalar | |
|---|---|
| Rejissyor(lar) | Zulfiqor Musoqov |
| Ssenariynavis(lar) |
Zulfiqor Musoqov |
| Rollarda |
Muzaffar Saʼdullayev Timur Musoqov Kristina Toirova Aziz Sultonov Malika Alimova Jumadulla Rametov Saida Rametova |
| Kinematografiya |
Norxoʻja Sodiqov Aziz Orziqulov |
| Muharrir(lar) | R. Muhammadjonov |
| Distribyutor | Oʻzbekfilm |
| Chiqarilgan sanasi |
|
| Davomiyligi | 86 daqiqa. |
| Mamlakat |
|
| Til | oʻzbekcha |
| Keyingi film | Osmondagi bolalar 2 |
Osmondagi bolalar — Zulfiqor Musoqov ishlagan komediyali drama film. 2002-yilda suratga olingan[1] drama.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film toʻrt doʻstlar hayoti, orzu umidlari va qiyinchiliklari haqida. Hamdam, Xurshid, Javohir va Baxtiyor har xil boʻlishsa-da, bolalikdan birga oʻsgan doʻstlardir. Baxtiyorning oilada besh kishi, bobosi, otasi, onasi, ukasi, oiladagi eng yaqin insoni bobosi. Xurshid otasi esa — mashhur rejissor va ayni damda ssenariy va gʻoya yoʻqligi sababli film olmay qoʻygan. Kinematograf ishqibozi Hamdam novvoy boʻlib ishlaydi, oilada toʻrt nafar — onasi, singlisi va ichkilikka ruju qoʻygan otasi bilan 2 xonali kvartirada yashaydi. Javohirning otasi esa — tramvay haydovchisi. Kunlarning birida ularning sinfiga yangi bir oʻquvchi qiz qoʻshiladi — Lola, bosh qahramonlarning hammasi uni sevib qoladi.
Doʻstlar birga ulgʻayishadi, birga ilk bora chekishadi, Baxtiyorning otasiga tegishli Mercedes-Benz W140 avtomobilini ham birga buzib, birga tuzatishadi.
Birinchi muhabbatni ham birga boshdan kechirishadi — ularning ishqi sinfga yangi kelgan Lola ismli qizga tushadi. Bu ularning orasiga nifoq soladi; Hamdam va Javohir hatto bir-birlari bilan olishadilar, biroq Lola ota-onasi bilan Londonga joʻnab ketadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Filmga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |