Anvar Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anvar Yuldoshevich Ergashev (1954. 19.4, Dushanba) — kompozitor, dirijyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002). Toshkent konservatoriyasini fortepiano (1977), kompozitsiya (1986) va operasimfonik dirijyorligi (1994) ixtisosliklari boʻyicha tutatgan. Fargʻona musiqa bilim yurti (1977—80), Toshkentdagi Glier nomidagi maxsus musiqa maktabi (1980—86) oʻqituvchisi. Madaniyat ishlari vazirligida masʼul xodim (1986— 88), Toshkent madaniyat instituti (1988— 94)da pedagog , Navoiy teatrida dirijyor (1993 yildan), badiiy rahbar (2002 yildan), Oʻzbekiston milliy simfonik orkestrining bosh dirijyori (1998 yildan). "Humo" baleti, 2 fortepiano konserti, violonchel va orkestr uchun poema, kamer orkestr uchun "Oo81op ti81k", fortepiano triosi, skripka va fortepiano uchun sonata, klarnet va fortepiano uchun "Sharqona kaprichchio" kabi simfonik va kamer asarlar, shuningdek, qator spektakllar uchun musiqa yaratgan. Ayniqsa, E.ning kino va telefilmlarga yozgan musiqalari ("3 qirol jangi", "Sherali va Oybarchin", "Tabib", "Domla", "Quyoshi botmaydigan yurt", "Sharif va Maʼrif", "Aka Sharif Toshkentda", "Tilla bola", "Yulduzimni ber, osmon" va boshqalar), musiqali ertak ("Balli uloqcha", "Yarashyarash", "12 oy", "Qor malikasi"), musiqali komediya ("Anqovlar chayqovi", "Mittivoy", "Oʻldir meni azizim" va boshqalar)lari ommalashgan.