Husan Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Husan Sharipov
Tavalludi sanasi 27-iyul 1937-yil(1937-07-27)
Tavallud joyi Toshkent
Vafot sanasi 25-iyun 2018-yil(2018-06-25)
(80 yoshda)
Vafot joyi Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Husan Sharipov (1937.27.7, Toshkent — 2018.6.25, Toshkent) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1991).

Biografiyasi[tahrir]

Ijodi[tahrir]

Sharipov ijoditabiatan xalqchilligi, boy fantaziyasi, imkoniyati kengliga, ijro sanʼati va mahorati komik yoʻnalishidagi rollarga moyilligi bilan ajralib turadi. Aktyorning oʻzbek anʼanaviy teatri va askiya sanʼati vositalaridan unumli foydalanishi sahnada, kinoda, miniatyura teatri, "Xanda" eshittirishlari (radio)da yaratgan obrazlari, rollaridagi soddalik, samimiylik koʻzga tashlanadi. Teatrda Toshbolta ("Toshbolta oshiq"), Poʻlat ("Xotinimning eri"), Tojiboy ("Ujarlar"), Hasan ("Jon qizlar"), Akop ("Xonuma xonim"), Abdulla ("Aka-uka sovchilar"), Abdulla ("Vatan ishqi"), Sobirjon ("Oshiq Gʻarib"), Choyxonachi ("Jonim fido") kabi rollari bilan teatr rivojiga mumosib hissa qoʻshdi.

Kinoda Shermat ("Suyunchi"), Husan Sharipov ("Vodillik kelin"), Avtobaza direktori ("Marhumning hurmati"), Husan ("Shoʻrpeshonalar", "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Kim jinni"), Hoji Aʼlam ("Maysaraning ishi"), Zokir xotinboz ("Amirning bevaqt tashrifi"), Hoji ("Bomba"), Boʻyoqchi ("Makkora"), ota ("Chinor tagidagi duel" va boshqalar) va telefilmlar [Hoji Dehdor ("Alisher Navoiy"), 12 qismli, Savdogar ("Uvaysiy"), Husan ("Uchrashuv") va boshqalda ham samarali ijod qildi. 1960 yildan "Tabassum" radiojurnalining, 1969 yildan teleminiatyura teatrining muntazam ishtirokchisi. Maʼnaviyat va maʼrifat yoʻnalishidagi teatrlashtirilgan "Maʼnaviyat qalbim quyoshi" dasturi muallifi va ijrochisi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Sharipov Husan" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil