Rimma Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rimma Ahmedova
Tavalludi 1942-yil 4-avgust
Vafoti 13-noyabr 2006-yil(2006-11-13)
(64 yoshda)
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti.
Otasi Ashur Roʻziyev
Onasi Aleksandra
Mukofotlari

Rimma Ahmedova (1942-yil 4-avgust; Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2006-yil 13-noyabr; Toshkent, Oʻzbekiston) – asosan sovet davrida ijod qilgan teatr va kino aktrisasi[1]. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Doʻstlik ordeni sohibasi.

Hayoti va ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rimma Ahmedova 1942-yil 4-avgust kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1962-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining „Drama va kino aktyorligi“ fakultetini tamomlagan. Shundan soʻng, institut yoʻllanmasi bilan Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatrida faoliyat boshlagan.

Rimma Ahmedova dublyajdagi dastlabki faoliyatini XX asrning 60-yillarida boshlagan. Oʻsha davrlarning mashhur filmlari sanalgan „Urush va tinchlik“ (Natasha Rostovaga), „Maugli“ (qoplon Bagiraga), „Sangam“ (Radxaga), „If qal’asining maxbusi“ (Mercedesga), „Ivan Vasilyevich oʻz kasbini oʻzgartiradi“ (Ninaga), „Qaynona“ (Ofatga), „Ishdagi ishq“ (Olga Rijovaga), „Odam amfibiya“, „Zita va Gita“ kabi filmlarning ovozlashtirilishida ishtirok etgan. Aktrisa, shuningdek, „Oy borib omon qayt“, „Dalol“, „Shoʻrpeshonalar“, „Yuzsiz“, „Oʻgʻri ham odam“, „Bomba“[2], „Tushlar sotuvchisi“ kabi badiiy filmlarda ham katta-kichik rollarni oʻynagan. Rimma Ahmedova 1987-yildan to 1992-yilga qadar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyat olib bordi. Aktrisa sogʻligʻi yomonlashganligi sababli faoliyatini 1997-yil may oyida toʻxtatgan[3].

Rimma Ahmedova faoliyati davomida 100 dan ortiq spektakllarda rol ijro etgan[manba kerak]. Rimma Ahmedovaning hayoti va ijodiy faoliyati publitsist Iqbol Qoʻshshayeva tomonidan yaxshi oʻrganilgan. Iqbol Qoʻshshayevaning ilk kitobi Rimma Ahmedovaning hayotiga bagʻishlangan[4].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turmush oʻrtogʻi aktyor va rejissyor Bahodir Yoʻldoshev, oʻgʻli aktyor Bobur Yoʻldoshev[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rimma Ahmedova 2006-yilning 13-noyabr kuni 64 yoshida vafot etgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Римма Ахмедова“. Кино-Театр.Ру. Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.
  2. „Rimma Ahmedova - Biography“ (en-US). IMDb. Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.
  3. oyina.uz „Qismat qarshisida tik Ayol“ (uz). Oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.
  4. „Betakror aktrisa Rimma Ahmedovaga bag’ishlov. | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.