Dias Rahmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dias Nigʻmatovich Rahmatov
Tugʻilishi 27-fevral 1937-yil(1937-02-27)
Kasbi aktor
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2008)

Dias Nigʻmatovich Rahmatov (1937 — 2013) oʻzbek artisti, teatr va kino aktori boʻlgan. Dias Rahmatov 1937-yil 28-fevral kuni tugʻilgan. Ismi Ispaniya ozodlik harakati yoʻlboshchisi José Díaz sharafiga qoʻyilgan.[1]

Mehnat faoliyati[tahrir]

1957-yil Hamza nomidagi akademik drama teatri (hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri)da mehnat faoliyatini boshlagan, 1959-yil esa Toshkent teatr va rassomchilik institutini bitirgan.[2]

„Suyunchi“ (1982), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984), „Armon“ (1986), „Maysaraning ishi“ (1988), „Abdullajon“ (1991), „Bomba“ (1993), „At-Termiziy“ (1998), „Fellini“ (1999), „Kichkina odamlar“ (2008) va qator boshqa filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan.[3]

Dias Rahmatov, shuningdek, teatr va kino sohasidan tashqari, oʻzbek dublyajida ham samarali mehnat qilib, oʻnlab, yuzlab qahramonlarga ovoz bergan. Jumladan, Georgiy Vitsin oʻzbek kinoixlosmandlari orasida aynan Dias Rahmatov ovozi bilan mashhurlashgan.

Unvonlari[tahrir]

Dias Rahmatov 2008-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dias Rahmatov 2013-yili 76 yoshida vafot etdi.[4]

Manbalar[tahrir]