Bobomurod Hamdamov
Bobomurod Hamdamov | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
1940-yil 4-mart |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi | |
Leybl | |
Janr | |
Faoliyat yillari | 1960-hozirgacha |
Bobomurod Hamdamov (Bobomurod Hamdamov) (1940-yil 4-mart,(82 yosh)
Chorjoʻ, Turkmaniston SSR, SSSR) — sovet, oʻzbek va turkman xonandasi, Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti. O‘zbek sanʼatining klassik xofizi va ustozi, „Doʻstlik“ ordeni sohibi.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmaniston SSRning Chorjoʻ shahrida tug‘ilgan. Bolaligidan qoʻshiq aytishni yaxshi koʻrgan. Asosan u 4 tilda: o‘zbek, turkman, tojik va hind tilida xalq qo‘shiqlarini ijro etgan.
Yubileyi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yilda O‘zbekistonda Hamdamovning ikki yubileyi keng nishonlandi: ijodining 50-yilligi va tavalludining 70-yilligi.
Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- "Do‘stlik" ordeni (2020-yil 27-avgust) — xalqimizning ilmiy, intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, mustaqillikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun Vatan ravnaqi, mamlakatimizda tinchlik va ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, ko‘p yillik samarali jamoat faoliyati [1]
- Oʻzbekiston SSR xalq artisti
- Turkmaniston SSR xalq artisti
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti
- O‘zbekiston xalq hofizi
Xalqaro jamiyatdagi nufuzi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hamdamov mashhur aktyor Raj Kapur bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. U bilan Moskva (1967-yil) va Toshkentdagi kinofestivallarda uchrashib samiy muqolot qilgan.
Bobomurod Hamdamov Turkmaniston[2] va Tojikiston Respublikalarida muntazam konsert dasturlarini berib kelgan.
Jamiyatdagi nufuzi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bobomurod Hamdamov qo‘shiqlari va ijodi o‘zbek sanʼatining „oltin fondi“ga kiritilgan. Bobomurod Hamdamovni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida muxlislari boʻlib, uning qoʻshiqlari va ijodini sevib tinglashadi. Qoʻshiqlari orasida „Kim ekan“ va „Lazgi“ qoʻshiqlari barcha yosh vakillarining sevimli taronalaridan biri sifatida hirgoya etiladi.
Ustoz sanʼatkor koʻp yillik tanaffusdan soʻng 2016-yil sentabrda yana katta sahnaga qaytib muhlislarini ijodi bilan xushnud etib kelmoqda[3] .
Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 27 avgusta 2020 goda „O nagrajdenii v svyazi s dvadsatidevyatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov sfer nauki, obrazovaniya, literaturi, kulturi, iskusstva i sredstv massovoy informatsii“
- ↑ UZBYeKSKIY PYeVYeTs BOBOMUROD XAMDAMOV VISTUPIL V AShXABADYe
- ↑ „Mirziyoev vernul na ssenu opalnix uzbekskix zvezd“. 12-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.