Fuqarolik kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fuqarolik kodeksi (FK) - fuqarolik huquqlarining eng muhim va asosiy qoidalarini belgilaydigan kodifikatsiyalashtirilgan normalardan iborat qonun hujjati. FK fuqarolik huquqining asosiy manbai hisoblanib, fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari unga zid boʻlmasligi kerak. FK fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning , intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va oʻzga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan borlik shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.

Oʻzbekiston Respublikasining FK 2 qismdan iborat boʻlib, uning 1qismi 1995 yil 21 dekabrda, 2qismi 1996 yil 29 avggustda qabul qilingan.Faqat ikkala qismi ham bir vaqtda — 1997 yil 1 martda kuchga kirgan. Oʻzbekiston Respublikasining FK 6 boʻlim, 71 bob va 1199 moddadan tashkil topgan. FKning 1qismida fuqarolik huquqining umumiy qoidalari, tamoyillari, fuqarolikhuquqiy munosabatlar subʼyektlari, mazmuni va obʼyektlari, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va daʼvo muddati, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, majburiyat huquqining umumiy qoidalari, shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar belgilangan boʻlsa, kodeksning 2kismida majburiyatlarning aloxida turlari hisoblangan fuqarolikhuquqiy shartnomalarni, shartnomadan tashqari majburiyatlarni, intellektual mulk huquqi obʼyektlari bilan bogʻliq munosabatlarni, vorislik huquqini va xalkdro xususiy huquq normalarini fukerolik xuquqiy munosabatlarga tatbiq etilishini tartibga soluvchi qoidalar mustahkamlangan.