Kontent qismiga oʻtish

O‘zbekiston SSR xalq artisti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston SSR xalq artisti
Turi faxriy unvon
Mamlakat OʻzSSR
Taʼsis etilgan sanasi 16.01.1940

Oʻzbekiston SSR xalq artisti – faxriy unvon, 1940-yil 16-yanvarda taʼsis etilgan. Ushbu unvon Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan teatr, musiqa va kino sanʼati rivojiga qoʻshgan alohida xizmat koʻrsatgan taniqli sanʼatkorlarga berilgan. Mazkur unvon qoidaga koʻra, „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist“ yoki „Oʻzbekiston SSR xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi“ faxriy unvoni berilganidan keyin kamida besh yil oʻtgach beriladi. Keyingisi „SSSR xalq artisti“ unvoni edi.

Birinchi 1932-yilda – raqqosa Tamaraxonim bu unvon sohibi boʻldi.

Soʻnggi unvon 1991-yilda aktyor Sharipov Xusan Ortiqovichga nasib qilgan.

Oʻzbekistonda Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan „Oʻzbekiston SSR xalq artisti“ unvoni „Oʻzbekiston xalq artisti“ unvoni bilan almashtirildi, bu unvon esa sobiq SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni oʻz ichida saqlab qoldi.