Bahodirjon Shermuhammadov
| Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
10-iyun 1973-yil Rishton tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Pedagog olim |
| Sohasi | Pedagogika |
| Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
| Ilmiy darajasi | Pedagogika fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | Professor |
| Mukofotlari |
|
Bahodirjon Shermuhammadov (10-iyun 1973-yil, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2016), professor. 2021-yildan Fargʻona davlat universiteti rektori.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov 1973-yil 10-iyun Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. Otasi Shermuhammad Mirzaolimov va onasi O‘lmasxon Mirzaolimova pedagog boʻlishgan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yilda Rishton tumanidagi 2-maktabni tugatib, shu yili Toshkent davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga oʻqishga kirib, 1995-yilda ushbu institutni bitiradi[1]. 2001-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan[2]. 2007–2009-yillarda “Nizomiy” nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996–2002-yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar tashkiloti rahbari; 2002–2007-yillarda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani hokimligida bo‘lim boshlig‘i; 2009–2011-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori; 2011–2017-yillarda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot tahlil departamenti xodimi; 2017–2018-yillarda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining o‘rinbosari; 2018–2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi milliy qadriyatlar, ma'naviyat va ma'rifatni o‘rganish hamda rivojlantirish shoʻbasi bosh konsultanti; 2019–2021-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yoshlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan[3][4].
2021-yildan Fargʻona davlat universiteti rektori[5][6].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahodirjon Shermuhammadov pedagogika fanlari doktori, professori sifatida keng qamrovli ilmiy faoliyat olib bormoqda. Uning ilmiy merosi 10 ta darslik, 17 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma va 15ta monografiya hamda 120 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirilgan. Bundan tashqari, ilmiy jurnallarda taxminan 70 ta maqola, ilmiy konferensiya materiallarida 220 dan ortiq maqola va tezis chop etilgan. Shuningdek, 30 dan ortiq kitob va maqolalari xorijiy nashrlarda eʼlon qilingan.
B. Shermuhammadov ilmiy rahbar sifatida 4 nafar fan doktori va 11 nafar falsafa doktorini tayyorlagan boʻlib, “ustoz-shogird” anʼanalarini davom ettirmoqda. Uning rahbarligidagi ilmiy maktab pedagogika, taʼlim texnologiyalari va ijtimoiy-madaniy taʼlim yoʻnalishlarida shakllangan boʻlib, shaxsga yoʻnaltirilgan va kompetensiyaviy paradigma, hamkorlik pedagogikasi, raqamli pedagogika va mediasavodxonlik, kasbiy etika, dizayn-loyihalash, sport turizmi motivatsiyasi hamda harbiy-akmeologik tayyorgarlik kabi konseptlarga asoslangan. Maktabning mexanizmi model-indikator-transfer siklini oʻz ichiga oladi: nazariy model qurish, mezon-koʻrsatkichlar va diagnostika vositalarini ishlab chiqish, hamda natijalarni darsliklar, oʻquv dasturlari va treninglarga transfer qilish. Maktabning samaradorligi keng empirik qamrov, statistik tahlil va transversal taʼsir (ijtimoiylashtirish, raqamli xavfsizlik, estetik-madaniy rivojlanish) orqali namoyon boʻlmoqda. Istiqbolda maktab raqamli etikani chuqurlashtirish, hamkorlik pedagogikasini maktab-OTM vertikalida kengaytirish, motivatsion-psixologik platformalarni rivojlantirish va kasbiy etikani barqarorlashtirish yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatmoqda.
B.Shermuhammadovning ilmiy faoliyati xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan. U Vengriya Qishloq xoʻjaligi va tabiiy fanlari universitetining “Faxriy doktor”i (2023), Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universitetining “Faxriy professor”i (2023), Ozarbayjonning “Odlar Yurdu” universitetining “Faxriy professor”i (2024), Xitoyning Loyan Arxeologiya institutining “Faxriy ilmiy xodimi” (2024), Xitoy Fanlar akademiyasi Nodon umurtqalilar paleontologiyasi va paleoantropologiyasi institutining “Faxriy bosh olim”i (2024) hamda Xitoyning Northwest universitetining “Tashrif buyuruvchi professor”i (2024) unvonlariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u “Oʻzbekiston belgisi”, “Mustaqillik 25 yilligi”, “Mustaqillik 30 yilligi” va “Konstitutsiyaning 25 yilligi” nishonlari bilan taqdirlangan. Fargʻona davlat universiteti rektori sifatida uning ilmiy salohiyatni yuksaltirish, innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishdagi tashabbuslari universitetning reytinglardagi yutuqlariga hissa qoʻshgan: UI Green Metric (483-oʻrin, 2024), THE Impact (TOP-500, 2025), Higher Education Ranking (3-oʻrin, 2025), QS Asia (901–950-oʻrin, 2025), QS Stars (4 yulduz, 2025) UI GreenMetric 2025(327- o‘rin, 2025) (va UNAI aʼzoligi (2025). Bundan tashqari, universitet va Shermuhammadov “2023-yil universiteti” va “2023-yil rektori” xalqaro tanlovlarida gʻolib chiqqan.
Mukokofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni (2008-yil)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „ШЕРМУХАММАДОВ Баходиржон Шермухаммадович“.
- ↑ „Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (2019-yil 12-noyabr).
- ↑ „Баходиржон Шермухаммадов назначен замглавы Минвуза“ (2019-yil 13-noyabr).
- ↑ „Fargʻonadagi 2ta OTMga yangi rektor tayinlandi“ (2021-yil 11-iyun).
- ↑ „2 ta OTMga rektor tayinlandi“ (2021-yil 11-iyun). 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.