Toshkent pedagogika universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshkent pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti — malakali pedagog va muhandispedagog kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. 1935 yil 14 sentabrda Oʻrta Osiyo davlat universitetining ped. fakulteta negizida pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. 1953—98 yillarda Toshkent pedagogika instituti deb nomlangan. 1998 yil 24 fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan unga universitet maqomi berilgan. 1947 yildan ozarbayjon shoiri va maʼrifatparvari Nizomiy nomi bilan ataladi. Universitetda 12 ft (mat.fizika, tabiiy fanlar, musiqiy taʼlim, badiiygrafika, ped. va psixologiya, boshlangʻich taʼlim va defektologiya, oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, chet tillar, rus va koreys filol. si, chaqiriqqacha harbiy taʼlim, kasb taʼlimi), shuningdek, magistrlar tayyorlash boʻyicha 2 ft (ijtimoiygumanitar fanlar mutaxassisliklari, tabiiy fanlar mutaxassisliklari), malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayyorlash boʻyicha 2 ft (malaka oshirish, amaliy psixologlarni qayta tayyorlash), 55 kafedra, axborot texnologiyalari va masofadan oʻqitish, innovatsion texnologiyalar, akademik litseylar va kasbhunar kollejlari bilan aloka markazlari, taʼlim jarayonini taʼminlash va oliy taʼlim muassasalariga ilmiymetodik yordam koʻrsatish oʻquv boʻlimi, pedagogik amaliyot, oliy oʻquv yurtlararo oʻquvmetodik boʻlim, monitoring va ichki nazorat kabi 18 boʻlim bor. Kutubxonasida 900 mingga yaqin asar saqlanadi. Unt mat. va informatika, fizika va astronomiya, kimyo va ekologiya, biol. va inson hayot faoliyati muhofazasi, geogr. va iqtisodiy bilim asoslari, tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi, ped. va psixologiya, kasb taʼlimi, musiqiy taʼlim, oʻzbek tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti (rus, qozoq, koreys), chaqiriqqacha harbiy taʼlim, xorijiy tillar va adabiyot, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va sporttarbiyaviy ish, maktabgacha taʼlim va bolalar sporti, defektologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, mehnat taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar hamda shu yoʻnalishlarga kirgan 37 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Universitetda aspirantura va doktorantura hamda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi himoyasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yili untda 13269 talaba taʼlim oldi, 779 oʻqituvchi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 3 haqiqiy aʼzosi, 40 fan doktori va professor, 450 fan nomzodi va dotsent ishladi. Unt respublikada pedagog kadrlar tayyorlovchi barcha oliy taʼlim muassasalari uchun tayanch oliy maktab hisoblanadi. Unt faoliyati III TUT. Abdullayev, M. Asqarova, M. G. Davletshin, N.M. Mallayev, R. X. Mallin, 3. R. Nuriddinov, S. Rajabov, H. Sulaymonov, H.T. Tursunov, M. Shayxzoda, E. Yu. Yusupov, Ya. Gʻulomov, H. Homidiy va boshqa professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda "Pedagogik taʼlim" (1999 yildan), "Axborot texnologiyalari" (2002 yildan) jurnalilari, "Maʼrifat yoʻlida", "Pedagog" koʻp tirajli gaz. lar nashr etiladi. 2004 yilgacha universitet 74 mingga yaqin mutaxassis tayyorlagan. 2004 yil 23 martda universitet oldidagi maydonda Nizomiy Ganjaviy haykali (meʼmori Valeriy Akopjanyan, haykaltaroshi Ilhom Jabborov) oʻrnatildi. Mazkur haykalning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I. Aliyev ishtirok etdi.