Kontent qismiga oʻtish

Jahongir Oʻrozov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada Jahongir ismli va Oʻrozov familiyali boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Jahongir Oʻrozov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jahongir Oʻrozov
Tavallud sanasi 18-yanvar 2004-yil (2004-01-18) (21 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Boʻyi 190 m (623 ft 4 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkiya Eyüpspor
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2020—2022 Oʻzbekiston Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022—2023 Oʻzbekiston Bunyodkor 17 (0)
2023— Turkiya Eyüpspor 0 (0)
2024   Oʻzbekiston Dinamo 7 (0)
Milliy terma jamoa
2022—2023 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 12-oktyabr uchun)

Jahongir Oʻrozov (2004-yil 18-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻrozov 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqasi ishtirok etgan. 2023-yil avgust oyidan Turkiyanining „Eyüpspor“ jamoasi futbolchisi[1][2]. 2024-yil yozgi transfer oynasida Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga ijara shartnomasi asosida oʻtgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi masvum oldidan Bunyodkor jamoasi bilan ilk rasmiy shartnomasini imzolagan[3]. Bunyodkor jamoasidagi debyut oʻyinini 2022-yil Oʻzbekiston Superligasi 1-turida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi „Bunyodkor“ stadionida oʻtkazgan[4]. 2023-yilgi mavsumda Jahongirga Turkiya jamoasidan taklif tushgan[5]. 2023-yil 16-avgustda Turkiya Birinchi ligasida ishtirok etuvchi „Eyüpspor“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[1]. Turkiya klubi Jahongirni Toshkentning „Bunyodkor“ klubidan 300 ming yevroga sotib olgan[6].

2024-yilgi mavsum yozgi transfer kunlari davrida Eyupspor jamoasi Jahongirni yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotganligi sababli Samarqandning „Dinamo“ jamoasi ijaraga bergan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida 2022-yilda Ravshan Haydarov qoʻl ostida debyut qilgan. 2023-yilda AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqalarida terma jamoada asosiy futbolchilardan biri boʻlgan va barcha oʻyinlarda toʻliq harakat qilgan[7].