Argentina geografiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Argentina Janubiy Amerikaning janubi-sharqida joylashgan mamlakat hisoblanadi. Argentinaning shimoldan janubga uzunligi taxminan 3800 kmga choʻzilgan va gʻarbdan sharqqa taxminan 1400 kmni tashkil etadi. Argentina poytaxti — Buenos-Ayres shahri hisoblanadi. Argentina maydoni taxminan 2,780,400 km² boʻlib, bu mamlakat dunyoda 8-oʻrinni egallaydi (u 9-oʻrinni egallagan Qozogʻistondan biroz kattaroq hisoblanadi). Aholisi (2014-yil hisobi boʻyicha) 43 024 374 kishini tashkil etadi. Mamlakatning eng baland nuqtasi, shuningdek, butun Janubiy Amerika qitʼasidagi, balandligi 6962 metr boʻlgan Akonkagua togʻi bor, eng pasti San-Julian Buyuk tektonik hududidagi Laguna del Karbon (Koʻmir vodiysi) −105 m[1] hisoblanadi.

Geografik jihatdan Argentina bir nechta mintaqalarga boʻlingan: Shimoliy-Gʻarbiy Argentina (Gran Chako, Cuyo), shimoli-sharqiy tekisliklar (Argentina Mesopotamiyasi), Pampas, Patagoniya, Tierra del Fuego va And togʻlari (Markaziy And togʻlari, Pampiniya Sierras, Precordillera). Argentina shimoldan janubga katta hududga choʻzilganligi sababli, u bir vaqtning oʻzida bir nechta iqlim mintaqalarini kesib oʻtadi — tropiklardan Antarktidagacha (Argentina Antarktidasi) boʻlgan iqlim mintaqalarini oʻz ichiga oladi.

Chegara va qirgʻoq chizigʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina mamlakatining chegaralarining umumiy uzunligi 11968 kmni tashkil etadi. Janub va gʻarbda Argentina Chili (6691 km), shimolda — Boliviya (942 km) va Paragvay (2531 km), shimoli-sharqda va sharqda — Braziliya (1263 km) va Urugvay (541 km) bilan chegaradosh. Argentinaning janubi-sharqiy chegarasi Atlantika okeani bilan, gʻarbiy va janubi-gʻarbdagi Chili bilan chegarasi And togʻlari bilan oʻralgan.

Argentina qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 4989 kmni tashkil etadi. Sohillari biroz chuqurlashtirilgan — La-Plata koʻrfazining janubida, Valdes yarim orolidan hosil boʻlgan San-Matias, San-Xose va Golfo Nuevo koʻrfazlari, janubda San-Xorxe va Bahia Grande koʻrfazlari joylashgan.

Relyefi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinaning sharqi keng, asosan tekis, gʻarbi togʻli hududlarni oʻz ichiga oladi. Mamlakatning butun shimoli-sharqida La Plata pasttekisligi joylashgan boʻlib, u shimoli-gʻarbda Gran Chako tekisliklari, shimoli-sharqda Mesopotamiya va janubda Pampasning tekis sharqiy qismidan iborat. Braziliya platosining kesilgan qirrasi (balandligi 300-400 m) Mesopotamiya shimoliga kiradi va Pampas janubidan Serra- del-Tandil va Syerra-de-la-Ventana togʻlari bilan tutashadi..

Pampaning gʻarbiy qismi balandligi 500-1000 m boʻlgan baland tekislik boʻlib, pasttekisliklar va And togʻlari oʻrtasida Pampina Sierra va Prekordilyera togʻli hududi joylashgan boʻlib, balandligi 2000-6000 m boʻlib, ular chuqur havzalar bilan ajralib turadi. Mamlakatning janubi-gʻarbiy qismida daryo vodiylari bilan oʻralgan Patagoniya platosi choʻzilgan. Gʻarbda platoning balandligi 2000 m ga yetadi.

Pampas[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pampas Pilkomayodan Rio-Negrogacha 2200 kilometr, kengligi 370 kilometrga choʻzilgan va bu kenglikda na tepalik, na toshli hududlar mavjud. Ular Rio Salado yoki Juramento va los Porongos lagunasi bilan ajratilgan ikkita geografik bir birini takrorlamaydigan hududga boʻlinadi. Janubiy pampada tuproq allyuvial boʻlib, mayda qum bilan qoplangan, uning ostida katta maydonlarda megateriyaning muhim qoldiqlari boʻlgan mergel va kalkerli tuproq mavjud.

Suv resurslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilgi hisob-kitoblarga koʻra, Argentinada 814 km³ qayta tiklanadigan suv resurslari mavjud boʻlib, shundan 32,57 km³ (23 %) kommunal xizmatlar uchun, 13 % sanoat uchun va 64 % qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Argentina mamlakatida suv resurslari sanoat jihatdan ham katta miqdorda ishlatiladi. Argentina qishloq xoʻjaligi rivojlanishi uchun asosan suv resurslari muhim omil sanaladi. Shuningdek Argentina mamlakati dunyo boʻyicha qoramollar sonida yuqori oʻrinni egallaydi (2021-yil maʼlumotlariga koʻra Argentina mamlakatida 14,4 million bosh qoramollar mavjud[2]) va shuning uchun mahalliy chorvachilik va fermer xoʻjaliklari uchun chorva mollarini oziqlantirishda suv resurslari muhim omil hisoblanadi. Argentina mamlakatining markaziy va nisbatan janubiy qismlarida tekisliklar mavjud boʻlib ushbu hududlarda daryolaer kam va bu esa yoz fasllarida oʻt oʻlanlarning tezda qurib qolishiga sabab boʻladi.

Argentinadagi eng yirik daryo tizimi La Plata daryo tizimi boʻlib, u Urugvay va Parana daryolarining qoʻshilishidan hamda Rio-Grande-de-Kuritibaning chap tomonidagi qoʻshilishdan hosil boʻladi. Daryo oqimlari juda koʻp. Parananing tik sohillari (150 km) va ichki daryolar qirgʻoqlari oʻrmon bilan qoplangan; Tuproq qattiq, marginal loydan iborat boʻlgan Missiyada oʻtib boʻlmaydigan oʻrmonlar mavjud. Nisbatan daryolar gʻarbiy qismida juda zich va daryolar sharqga qarab oqadi va oʻz suvlarini Atlantika okeaniga quyadi.

Koʻllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pampina Sierras va Punedagi erozion jarayonlar sabab keng shoʻr botqoqlar mavjud (Salinas Grandes, Arizaro va boshqalar). Gran Chako, Mesopotamiya markazi va Pampasning koʻp joylari botqoq. Pampasning shimoliy qismida mamlakatning eng katta shoʻr koʻli — Mar Chiquita joylashgan boʻlib, bu koʻl oʻz suvini Atlantika okeaniga qoʻymaydi

Patagoniyaning gʻarbiy qismida yirik muzlik koʻllari mavjud boʻlib Nahuel Huapi, Buenos-Ayres, Viedma, Pueyrredon, Argentino, San Martin koʻllari mavjud. Tierra del Fuegodagi eng katta koʻl — Fagnano hisoblanadi.

Tuproqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda haydaladigan yerlar 13,68 % ni egallagan.Mamlakat hududining 0,36 % hududiga doimiy ekinlar yetishtirildi. Sugʻoriladigan 15,5 ming km² ni tashkil etadi (2003).

Hayvonot va oʻsimlik dunyosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pampas oʻsimliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ombu daraxti

Pampalarning asosiy boyligi — oʻt; Shunday qilib, Buenos-Ayres shtatida keng tekisliklar sebarga va chorvachilik uchun qulay boʻlgan boshqa toʻyimli oʻtlar bilan qoplangan. Ular orasida Yevropadan olib kelingan oʻsimliklar mavjud; Bu Buenos-Ayres yaqinida balandligi 3 m ga yetadigan dulavratotu, Abrojos va qushqoʻnmaning maxsus turi kabilar mahalliy chorvachilik uchun juda katta samara keltiradi va ushbu daraxt oʻsimliklar maydonni katta soya bilan toʻsib turadi. Buning natijasida namlik yaxshi saqlanib qolib ushbu hududlarda yashil oʻt va oʻsimliklar koʻproq saqlanib turadi. Yozning oʻrtaalariga kelib ushbu oʻsimliklar quriydi. Monoton tekislikda ular kamdan-kam uchraydi, keyin esa turar-joylar yaqinida, alohida daraxtlar — Ombu (yoki qiyshiq va tikanli chanyarlar guruhlari (Geoffroea decorticans daraxt) va kichik palma daraxtlar oʻsadi. Baʼzi joylarda oʻt, sebarga va joʻxori 1 m va 1,5 m ga yetadi.

Pampa hayvonlar dunyosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaguar

Bu tekisliklarda uchraydigan hayvonlardan: yirik qoramol podalari, otlar, kiyiklar, tuyaqushlar, yaguarlar, iguanalar, viskacha (Callomys Viscacha), maraslar keng tarqalgan. Daryolar juda oz, ammo chuchuk va shoʻr suvli kichik hovuzlar juda koʻp, ularning baʼzilari tezda quriydi, baʼzilari doimiy saqlanib qoladi. Parana boʻylab eng yaxshi aholi punktlari va chorvachilik uchun qulay boʻlgan katta maydonlar mavjud. Markaziy tog 'tizmalari yaqinidagi pampalar butunlay boshqacha xarakterga ega; u yerda mayda butalar tekislikni qoplaydi va daryolar yaqinida qalinroq chakalakzorlarni hosil qiladi. Tekislikning shimoliy qismi Gran Chako Boliviya va Paragvay hududlarigacha choʻziladi va uning faqat bir qismi Argentina Respublika Konfederatsiyasiga tegishli; unda, subtropik chiziqda boʻlgani kabi, sugʻorishning yetishmasligi mavjud, ammo tropik yomgʻir bilan oziqlanadigan Pilkomayo va Rio Bermexo kabi daryolarning toshqinlari boy tropik floraning rivojlanishiga yordam beradi. Bu yerdagi daraxtlarning diqqatga sazovor joylari: ajoyib yogʻoch beradigan palma daraxti, algarrobo va chanyar (Prosopis dulcis) — ularning mevalaridan spirtli ichimliklar tayyorlanadi. Zich chakalakzorlar asosan dafna daraxtlaridan iborat, ayniqsa And togʻlari yaqinida; daryoning chap qirgʻogʻida katta maydonlarni egallagan chakalakzorlar mavjud. Mimoza va dukkakli oʻsimliklarning Juramento tikanli chakalakzorlari deyarli oʻtib boʻlmaydigan devorni tashkil qiladi, ular orqali Chako hindulari savdo va talonchilikda foydalanadigan joylarda boʻshliqlar mavjud. Ammo yuqorida nomlari keltirilgan daryolarning toshqinlari yetib bormaydigan ichki qismida Rio-Bermejo va Salado oraligʻida, kaktuslar va qurgʻoqchilikga chidamli boʻlgan flora olami oʻsimliklari tarqalgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lowest Land Points Below Sea Level Map | Depression Elevations“. geology.com. 2014-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  2. [statista.com „Argentina: cattle number 2010-2022“] (2021-yil 21-mart). 2022-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Argentinskaya konfederatsiya ili Argentinskaya respublika // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.