Olovli yer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olovli yer — Jan. Amerikaning jan. chekkasidagi arxipelag . Materikdan Magellan boʻgʻozi orqali ajralgan. Fapbiy qismi Chili, sharqiy qismi Argentina tarkibida. Maydoni 72 ming km². Olovli Yer yoki Ila-Grande o. (maydoni 48 ming km²) va juda koʻp mayda orol va kryalardan iborat. Gorn burni Jan. Amerikaning eng jan. nuqtasi. Arxipelagning jan. va gʻarbiy qismi togʻlik (eng baland joyi 2469 m), qolgan qismi sertepa tekislik va pasttekislik. Ford, torfli botqomik koʻp. Muzliklar bor. Iklimi moʻʼtadil, salqin okean iklimi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 10—11°, iyulniki 0—2°. Yiliga 500 mm dan 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Axrli qoʻychilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Neft va gaz konlari bor. Asosiy aholi punktlari: Ushuaya va Porvenir. Olovli yerni yevropaliklardan dastlab 1520 yilda F. Magellan aylanib oʻtgan. U mahalliy aholi yoqqan gulxanlarni koʻrib arxipelagga shunday nom bergan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil