Rio-negro
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Rio-negro (ispancha — qora daryo) — Argentinadagi daryo, Patagoniyaning shim. qismida. And togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanuvchi Neuken va Limay daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uzunligi Neuken irmogʻi boshlangan joyidan 1300 km, havzasining maydoni 146 ming km². Patagoniyaning qurgʻoqchil tekisliklaridan oqib oʻtib, Atlantika okeaniga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 950 m³/sek. Yoz boshlarida toshadi. Ayrim qismlarida kema katnaydi. GES, suv omborlari qurilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |