Kontent qismiga oʻtish

Andrew Lincoln

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrew Lincoln

Lincoln 2018-yilda San Diego Comic-Con
Tavalludi
Andrew James Clutterbuck

14-sentyabr 1973-yil (1973-09-14) (50 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktyor, aktivist
Faoliyat yillari 1994–hozirgi kungacha
Mashhur ishlari Love Actually (2003)
The Walking Dead (2010–2018, 2022)
Turmush oʻrtogʻi Gael Anderson (2006)
Bolalari 2

Andrew James Clutterbuck (1973-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) – Andrew Lincoln nomi bilan mashhur ingliz aktyori. Uning dastlabki yirik roli BBCning „This life“ (1996-1997) dramasida Egg personaji boʻlgan. Lincoln keyinchalik „Channel 4 sitcom Teachers“ (2001-2003)da Simon Caseyni, „Love Actually“ (2003) Rojdestvo mavzusidagi romantik komediya filmida Mark va ITV „Afterlife“ (2005-2006) teleserialida doktor Robert Bridgeni rollarini ijro etgan.

2010-yildan boshlab Linkoln AMCning „The Walking Dead“ post-apokaliptik qoʻrqinchli teleserialidagi bosh qahramon Rick Grimes obrazi uchun eʼtirofga sazovor boʻldi. Rick Grimes obrazi uchun Lincoln 2015 va 2017-yillarda televideniyedagi „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Saturn mukofotini qoʻlga kiritdi. U 2018-yilda "The Walking Dead" filmining aktyorlar tarkibini tark etdi, lekin 2022-yilda serial finalida va „The Walking Dead: The Ones Who Live in 2024“ ning spin-offida Rick rolini takrorladi[1].

Lincoln 1973-yil 14-sentyabrda Londonda tugʻilgan[2][3], ingliz muhandisi va janubiy afrikalik hamshiraning oʻgʻli. Uning oilasi, u 18 oylik boʻlganida Cottinghamga, Yorkshirning Sharqiy Riding shahriga, keyin esa sakkiz yoki toʻqqiz yoshida Somersetdagi Bath shahariga koʻchib oʻtdi. U Beechen Cliff maktabida oʻqigan va u yerda 14 yoshida „Oliver!“ maktab spektaklida „The Artful Dodger“ rolini oʻynagan[4]. U yozni Londondagi Milliy yoshlar teatrida oʻtkazdi va aktyorlik faoliyatiga qiziqib qoldi[5]. Maktabni tugatgandan soʻng, u Royal Academy of Dramatic Art (RADA) drama maktabida tahsil oldi va „Andrew Lincoln“ni sahna nomi qilib ishlata boshladi[6].

1994-yilda Lincoln „Channel 4 Drop the Dead Donkey“ serialining „Births and Deaths“ epizodida oʻzining televizion debyutini qildi[7]. 1995-yilda drama maktabini tugatgandan koʻp oʻtmay, u BBCning „This Life“ dramasidagi asosiy qahramonlardan biri Edgar Egg Cooke rolini ijro etgan va bu uning faoliyatidagi ilk bosh rolda ishtiroki boʻlgan.[8]. U Britaniyaning „The Woman in White“ va „Canterbury Tales“ kabi teleserial va dramalarida, shu qatorida „Channel 4 Sitcom Teachers“ filmida sinovdan oʻtgan oʻqituvchi Simon Casey rollarini ham ijro etdi. U shuningdek, „Afterlife“ filmida universitet oʻqituvchisi va psixologi Robert Bridge orazini gavdalantirgan va 2010-yilda Richard Armitage bilan „Sky 1“ serialining „Strike Back“ filmida rol oʻynagan. Lincoln „Human Traffic“ va „Gangster No1“ kabi bir nechta filmlarda suratga tushgan va Pascal Chaumeilning „Heartbreaker“ filmida Vanessa Paradis bilan birga rol ijro etdi. Xususan, 2003-yilda „Love Actually“ filmidagi Mark roli unning koʻplab eʼtiroflarga sazovor boʻlishga sabab boʻlgan[9].

Lincoln 1999-yilda[10] „Hushabye Mountain“, 2000 va 2001-yillarda „Blue/Orange“[11][12], 2006-yilda „The Late Henry Moss“[13], 2009-yilda „Parlor Song“ spektakllarida[14], shuningdek, radio spektakllarida ham ishtirok etgan[15]. U turli hujjatli filmlar, reklamalar va hukumat kompaniyalari ovoz berish bilan shugʻullangan[16]. 2004-yilda „Eng yaxshi yangi rejissyor (fantastik)“ nominatsiyasida BAFTA nominatsiyasini olgan „Teachers“ filmining uchinchi seriyasida ikkita epizodga rejissyorlik qilgan.

2010-yil aprel oyida Linkoln AMCning „The Walking Dead“ post-apokaliptik seriyasining qahramoni Rick Grimes rolini oʻynadi[17][18]. Grimes zombi apokalipsiyasi oʻrtasida komadan uygʻongan sherif oʻrinbosari boʻlgan. U goʻsht yeydigan zombilar va dushman odamlarga qarshi kurashishgan oila va doʻstlar guruhining yetakchisiga aylanadi[19]. 2010-yilda Lincoln shou bilan olti yil va yana qoʻshimcha ikki yilga uzaytirish imkoni mavjud shartnomani imzoladi[20][21].Lincoln soʻnggi marta 2018-yil 4-noyabrda shouda paydo boʻldi, avvalroq u bolalari bilan koʻproq vaqt oʻtkazishni xohlashini maʼlum qilgan edi. The New York Times gazetasining yozishicha, Lincolnning „The Walking Dead“ filmidagi roli uni „dunyodagi eng yirik pop yoʻnalishidagi franchiza yulduzlaridan biriga“ aylantirdi[22][23]. Lincoln „The Walking Dead“ filmini tark etganidan soʻng, u oʻzining Rick Grimes rolini badiiy filmlar trilogiyasida takrorlashi rejalashtirilgan edi. COVID-19 pandemiyasi tufayli filmlar kechiktirildi[24]. Keyinchalik ular Lincoln va Danai Gurira ishtirokidagi 6 soatlik shou bilan almashtirildi[25].

Lincoln Rick Grimes obrazi uchun turli mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan; u 2015-yil[26] va 2017-yillarda[27] televideniyedagi eng yaxshi aktyor uchun Saturn mukofotini qoʻlga kiritdi. 2012 va 2015-yillarda TVLine Lincolnni 3-mavsumning toʻrtinchi epizodidagi („Killer Within“)[28] va 5-mavsumning oʻn beshinchi epizodidagi („Try“) ijrosi uchun „Hafta ijrochisi“ sifatida tanqid qildi. Lincolnning „Try“ filmidagi ijrosi haqida gap ketganda, TVLine u „bir soat ichida A dan Z gacha harakat qila olishini“ aytdi. The Independent gazetasidan Jacob Stolworthy Lincolnning yettinchi mavsumning birinchi epizodidagi chiqishi Andrew Lincolndan ustun boʻlgan payt ekanligini aytdi[29].

2019-yilda Lincoln „Penguin Bloom“ dramasida rol rol ijro etdi, bu uning 2010-yildan beri „The Walking Dead“ filmidan tashqari birinchi roli edi[30].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 10-iyunda Lincoln Jethro Tullning flautchisi va vokalisti Ian Andersonning qizi Gael Andersonga turmushga chiqdi. Ularning Matilda (2007-yilda tugʻilgan) va Artur (2010-yilda tugʻilgan) ismli ikki farzandi bor[31][32].

U Bathda tahsil olgan, u yerda Exeter City sobiq menejeri Paul Tisdale bilan bolalikdan doʻst boʻlgan. 2017-yilda Linkoln shunday dedi: „Mening eng eski va eng yaqin doʻstlarimdan biri Paul Tisdeyl. Shunday qilib, men uning butun faoliyati davomida uni juda qiziqib kuzatdim va u bilan juda ham faxrlandim“[33].

Lincoln 2014-yilda Robin Hood soligʻini qoʻllab-quvvatlovchi videoda paydo boʻldi[34]. Videoda ishtirok etgan boshqalar bilan bir qatorda u jamoatchilikni chorani qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi va uning „Yevropa boʻylab odamlar tomonidan aql bovar qilmaydigan qoʻllab-quvvatlanishini“ taʼkidladi[35].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlardagi rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Rol Izoh Manba
1995-yil Boston Kickout Ted
1998-yil Understanding Jane Party Stonehead 1
1999-yil A Manʼs Best Friend Man Qisqa metrajli film
Human Traffic Felix
2000-yil Gangster No. 1 Maxie King
Offending Angels Sam
2003-yil Love Actually Mark
2004-yil Enduring Love TV Producer
2006-yil These Foolish Things Christopher Lovell
Hey Good Looking! Paul
Scenes of a Sexual Nature Jamie
2010-yil Heartbreaker Jonathan
Made in Dagenham Mr Clarke
2020-yil Penguin Bloom Cameron Bloom

Teleseriallardagi rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Rol Izoh Manba
1994-yil Drop the Dead Donkey Terry Qism: „Births and Deaths“
1995-yil N7 Andy Uchmagan uchuvchi
1996-yil Over Here Cappy 2ta qism
Bramwell Martin Fredericks Qism: „The Return of the Betrayer“
1996–1997-yillar This Life Edgar „Egg“ Cooke 32ta qism
1997-yil The Woman in White Walter Hartright 2ta qism
2000-yil Bomber Captain Willy Byrne Televizion film
2000–2001-yillar Shipwrecked Narrator (ovoz bergan) 27ta qism
2000-yil A Likeness in Stone Richard Kirschman Televizion film
2001–2003-yillar Teachers Simon Casey 20ta qism; shuningdek, 2ta qismda boshchilik qilgan
2003-yil Trevor's World of Sport Mark Boden Qism #1.1
State of Mind Julian Latimer 3ta qism
The Canterbury Tales Alan King Qism: „The Man of Law's Tale“
2004-yil Lie with Me DI Will Tomlinson 2ta qism
Whose Baby? Barry Flint Televizion film
2005–2006-yillar Afterlife Robert Bridge 14ta qism
2007-yil This Life + 10 Edgar „Egg“ Cooke Televideniye uchun maxsus
2009-yil Wuthering Heights Edgar Linton 2ta qism
The Things I Havenʼt Told You DC Rae Televizion film
Moonshot Michael Collins
2010-yil Strike Back Hugh Collinson 6ta qism
2010–2018-yillar,
2020, 2022-yillar
The Walking Dead Rick Grimes 111ta qism
2014-yil Tigers About the House Narrator (voice) 4ta qism
2017-yil Red Nose Day Actually Mark Televizion qisqacha
Robot Chicken Rick Grimes (voice) Qism: „The Robot Chicken Walking Dead Special: Look Whoʻs Walking“
2018-yil Fear the Walking Dead Rick Grimes Qism: „What's Your Story?“ [36][37]
2022-yil Guillermo del Toro's Cabinet of Curiosities Edgar Bradley Qism: „The Murmuring“
2024-yil The Walking Dead: The Return Himself TV uchun maxsus
The Walking Dead: The Ones Who Live Rick Grimes Bosh rol, shuningdek, ijrochi prodyuser va hamkor ijodkor [38]
TBA Cold Water John Suratga olinmoqda[39]

Teartdagi rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Rol Manzil Spiker
1998-yil Sugar Sugar Joe Bush Theatre Simon Bent
1999-yil Hushabye Mountain Danny Hampstead Theatre Jonathan Harvey
2000–2001-yillar Blue/Orange Bruce Cottesloe Theatre (2000)
Duchess Theatre (2001)
Joe Penhall
2002-yil Free Alex Loft (Lyttelton Theatre) Simon Bowen
2006-yil The Late Henry Moss Ray Almeida Theatre Sam Shepard
2009-yil Parlour Song Dale Almeida Theatre Jez Butterworth
2020-yil A Christmas Carol Ebenezer Scrooge The Old Vic Jack Thorne

Video oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Rol Izoh Manba.
2021-yil Fortnite Battle Royale Rick Grimes Oʻxshashlik [40]
2024-yil Call of Duty: Modern Warfare III Ijro etiladigan personaj (DLC); Ovoz va oʻxshashlik [41]
Yil Nomi Rol Izoh Manba
2024-yil A Better Paradise Volume One: An Aftermath Dr Mark Tyborn [42]
Yil Mukofot Yoʻnalish Natija Nominant Manba
2004-yil British Academy Television Awards Best New Director (Fiction) Nominatsiya Teachers
Phoenix Film Critics Society Award Best Ensemble Acting Nominatsiya Love Actually
Empire Awards Best Newcomer Nominatsiya
2007-yil Golden Nymph Award Outstanding Actor – Drama Series Yutuq Afterlife
2010-yil IGN Summer Movie Award Best TV Hero Yutuq The Walking Dead
2011-yil Saturn Awards Best Actor on Television Nominatsiya
Scream Awards Best Horror Actor Nominatsiya
2012-yil Satellite Awards Best Ensemble – Television (Special Achievement Award) Yutuq
2013-yil Saturn Awards Best Actor on Television Nominatsiya
Critics' Choice Television Award Best Actor in a Drama Series Nominatsiya
TV Guide Award Favorite Actor Nominatsiya
2014-yil People's Choice Awards Favorite Sci-Fi/Fantasy TV Actor Nominatsiya
Favorite TV Anti-Hero Yutuq
2015-yil Saturn Awards Best Actor on Television Yutuq
Fangoria Chainsaw Awards Best TV Actor Nominatsiya
2016-yil Saturn Awards Best Actor on Television Nominatsiya
Teen Choice Awards Choice TV Actor: Fantasy/Sci-Fi Nominatsiya
2017-yil People's Choice Awards Favorite Sci-Fi/Fantasy TV Actor Nominatsiya
Saturn Awards Best Actor on Television Yutuq [43]
2018-yil Saturn Awards Best Actor on Television Nominatsiya [44]
People's Choice Awards Best TV Actor Nominatsiya
2019-yil Saturn Awards Best Actor on Television Nominatsiya [45]
  1. Maas, Jennifer „'The Walking Dead: Dead City' Shifts to June Premiere, AMC Sets Timeline for 'Daryl Dixon' and Andrew Lincoln-Danai Gurira Spinoffs“ (en-US). Variety (2023-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  2. „BFI | Film & TV Database | Lincoln, Andrew“. British Film Institute. 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.
  3. Roz Lewis.. „Andrew Lincoln: My family values“. The Guardian (2014-yil 26-sentyabr). 2016-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Steve Fennessy. „The Walking Dead's Andrew Lincoln Lives Up to A Challenge“. Men's Health. 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Caroline Bishop. „Andrew Lincoln“. Official London Theatre (2009-yil 8-aprel). 2014-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Andrew Lincoln“. The Scotsman (2004-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  7. „Andrew Lincoln bio“. AndrewLincoln.net. 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Bloodied Andrew cuts finger off“. Metro International (2008-yil 7-aprel). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Shirley Li (13 November 2013). 'Love Actually,' to Andrew Lincoln, is perfect: The actor looks back, 10 years later“. Entertainment Weekly. 22 April 2014da asl nusxadan arxivlandi.
  10. Matt Wolf. „Review: 'Hushabye Mountain'“. Variety (1999-yil 9-may). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Billington, Michael. „Blue/Orange“. The Guardian (2000-yil 15-aprel). 2016-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Philip Fisher. „Blue/Orange review“. The British Theatre Guide. 2014-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Billington, Michael „The Late Henry Moss“. The Guardian (2006-yil 20-yanvar). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „This actor's life: Andrew Lincoln is an altogether different animal in his latest stage role“. The Independent (2009-yil 26-mart). 2010-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Stoppard Radio Season“. The British Theatre Guide. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „The actors behind voice-overs“. The Independent (2006-yil 2-fevral). 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
  17. Barton, Steve „The Walking Dead: A Look at Andrew Lincoln as Police Officer Rick Grimes“. DreadCentral.com (2010-yil 15-iyun). 2012-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.
  18. Miska, Brad „TV: Rick Grimes Officially Cast in AMC's 'The Walking Dead'“. Bloody-Disgusting.com. 2010-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.
  19. „The Walking Dead“. AMC. 2015-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.
  20. Benji Wilson.. „Andrew Lincoln on starring in the TV adaptation of Walking Dead“. The Daily Telegraph (2010-yil 28-oktyabr). 2014-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan.
  21. Goldberg, Lesley. „Robert De Niro's Making How Much?! TV Is Becoming an ATM for Top Talent“. The Hollywood Reporter (2016-yil 17-noyabr). 2017-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  22. „Rick Grimes makes final stand on 'The Walking Dead,' but he'll be back in new movies“. USA TODAY.
  23. Tassi, Paul „Andrew Lincoln Finally Explains The One Reason He's Leaving 'The Walking Dead'“. Forbes.
  24. „Walking Dead's Rick Grimes Movies Still Planning To Release in Theaters“. ScreenRant (2020-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
  25. Acuna, Kirsten „'TWD' stars Andrew Lincoln and Danai Gurira surprised fans at Comic-Con to reveal the long-awaited Rick Grimes movie will be a 6-hour show instead“. Insider. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  26. AccuWeather „Charlotte producer Michael Plumides wins a Saturn Award“. charlotteobserver.
  27. AM, Christian Saclao 06/30/17 AT 12:22 „'The Flash' Star Candice Patton Shows Off Her Saturn Award On Instagram“. International Business Times (2017-yil 30-iyun).
  28. TVLine, Team „TVLine's Performer of the Week: Andrew Lincoln“. TVLine (2012-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  29. Stolworthy, Jacob. „The Walking Dead season 7 episode 1 review: Just too bleak to enjoy“ (en-GB). Independent Print Ltd. (2016-yil 24-oktyabr). 2016-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-dekabr.
  30. Fleming, Mike Jr. „'Walking Dead's Andrew Lincoln Joins Naomi Watts In 'Penguin Bloom'“. Deadline.com (2019-yil 25-iyul).
  31. „Interview: Andrew Lincoln, actor“. The Scotsman (2010-yil 26-iyun). 2014-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  32. Wellman, M „Gael Anderson Wiki: 4 Facts To Know About Andrew Lincoln's Wife“. Panda Gossips. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  33. „Flashback: Exeter City 3–3 Yeovil Town: A stunning comeback witnessed by Walking Dead star Andrew Lincoln“. DevonLive (2017-yil 29-avgust). Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
  34. Denham, Jess. „Bill Nighy and Andrew Lincoln star in video supporting Robin Hood tax“. The Independent (2014-yil 18-fevral). 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
  35. Erb, Kelly. „Harry Potter, Walking Dead Celebs Release 'Robin Hood Tax' Film“. Forbes (2014-yil 18-fevral). Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
  36. „Andrew Lincoln - Rotten Tomatoes“. www.rottentomatoes.com.
  37. „Andrew Lincoln | TV Guide“. TVGuide.com.
  38. Maas, Jennifer „'The Walking Dead' Movie Replaced by Limited Series Starring Andrew Lincoln, Danai Gurira“ (en-US). Variety (2022-yil 22-iyul). Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  39. Shepphard, Jordan „ITV thriller filming in Glasgow’s Dennistoun as The Walking Dead actor stars in Cold Water“. Glasgow Live (2024-yil 8-iyul). Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  40. Delaney, Mark „Fortnite Rick Grimes Skin Is The Newest Walking Dead Crossover“. GameSpot. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
  41. BEELER-BEISTAD, LAUREN „Call of Duty Fans Aren't Happy About Rick Grimes Skin“. Gamerant. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
  42. https://www.absurdventures.com/abetterparadise
  43. Siegel, Lucas „Marvel, Star Wars, The Walking Dead win big at 2017 Saturn Awards“. Syfy Wire (2017-yil 29-iyun). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.
  44. McNary, Dave „'Black Panther,' 'Walking Dead' Rule Saturn Awards Nominations“. Variety (2018-yil 15-mart). 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  45. Mancuso, Vinnie „'Avengers: Endgame', 'Game of Thrones' Lead the 2019 Saturn Awards Nominations“. Collider (2019-yil 16-iyul). Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.