Jethro Tull

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jethro Tull
Tavalludi 1674-yil
Vafoti 21-fevral 1741-yil(1741-02-21)
(66 yoshda)
Shalbourne, Berkshire, Angliya
Fuqaroligi Kingdom of Great Britain

Jethro Tull (talaffuzi: Jetro Tal; 30-mart 1674-yilda choʻqintirilgan – 21-fevral 1741-yilda vafot etgan) – XVIII asrdagi Britaniya dehqonlar inqilobi yuzaga kelishiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshgan ingliz agronomi. 1701-yilda qoʻshilgan otlar koʻmagida mukammallashtirilgan seyalkani ixtiro qilgan, keyinchalik esa mashinaga omoch dastgohini ham ulagan. Tull usullari koʻplab yer egalari tomonidan qabul qilingan va zamonaviy qishloq xoʻjaligining asosini yaratishga yordam bergan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarga koʻra, olim janob Jethro Tull va Dorothy (qizlik familyasi: Buckeridge) xonimlar oilasida, Basildon okrugida tavallud topgan. 1674-yil 30-martda mahalliy cherkovda choʻqintirilgan. Berkshiredagi Bredfield okrugida oʻsib ulgʻaygan, 17 yoshida Oksfordda joylashgan Avliyo John kollejiga oʻqishga kirgan. Oliygohda advokatlik boʻyicha tahsil olgan, biroq, diplomni qoʻlga kirita olmagan. Staple Inn jamiyati aʼzosi sifatida 1693-yil 11-dekabrda Gray’s Inn bencherlar tomonidan barga taklif etiladi[1].

Agronom Burton Dassett shahridan boʻlgan Susanna Smith (talaffuzi: Suzanna Smit) bilan turmush qurgan. Ular Crowmarsh Gifford okrugi yaqinidagi Howberry qishlogʻida joylashgan, otasiga tegishli boʻlgan fermada yashay boshlashgan. Ularning bir oʻgʻil va ikki qiz farzandlari bor edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Tull Jethro" in: The Farmer’s Encyclopædia, and Dictionary of Rural Affairs, by Cuthbert W. Johnson, 1844, pp. 1056–1057.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]