Academi
![]() | |
Turi | Ma'suliyati cheklangan jamiyat |
---|---|
Status | xususiy harbiy kompaniya |
Shiori | "Elite Training. Trusted Protection." |
Qachon asos solingan | 1997 |
Joylashuvi |
![]() |
Asoschi(lari) | Erik Prince, Al Clark |
Ishchilar soni | taxminan 21 000 |
Vebsayti | www.academi.com |
Academi[1], 2010-yil yanvarigacha Xe Services LLC nomi bilan tanilgan, 2009-yil fevraligacha Blackwater nomi bilan atalgan Amerika xavfsizlik kompaniyasi (xususiy harbiy kompaniya) 1997-yilda Erik Prince va Al Clark[2][3] tomonidan asos solingan.
Kompaniyaning koʻplab boʻlinmalari, shoʻba korxonalari mavjud. Academi hozirda eng yirik xususiy harbiy kompaniya hisoblanadi[4][5][6][7]. Bosh qarorgohi Shimoliy Karolinada, Karritak okrugi, Moyok jamoasi hududida joylashgan[8].
U asosiy foydani harbiy mojarolarda ishtirok etishdan oladi, daromadning 90 %ga yaqinini davlat buyurtmalari tashkil etadi[9][10].
Xususiy harbiy kompaniya yollanma askarlari Afgʻonistondagi urushda qatnashgan. Blackwater „Katrina“ toʻfoni oqibatlarini bartaraf etish uchun yollangan. Shuningdek, mijozlar xususiy shaxslar, neft va sugʻurta kompaniyalari hisoblanadi[11].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Blackwater USA firmasi 1997-yilda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining sobiq zobiti 27 yoshli Erik Prince va oʻq otish boʻyicha murabbiy Al Clark tomonidan harbiy va huquqni muhofaza qilish amaliyotlarini qoʻllab-quvvatlovchi va oʻrgatuvchi xavfsizlik kompaniyasi sifatida tashkil etilgan.
Erik Prince Hillsdale kollejini tamomlagan va Jorj Bushning (Sr.) Oq uyida stajor boʻlib ishlagan, keyin harbiy-dengiz akademiyasini tugatgan va maxsus harbiy-dengiz kuchlarida xizmat qilgan[12].
U ilk mashgʻulotlar markazini sotib olish va kompaniya tashkil qilish uchun pulni otasi vasiyat qilib qoldirgan merosdan olgan. Oʻshanda u Shimoliy Karolina va Virjiniya shtatlari chegarasida 24 km² yer uchastkasini sotib oldi. Bu hududda koʻldagi suv torfning koʻpligi sababli qora edi, shu tufayli kompaniya Blackwater (Qora suv) nomini oldi[13].
Vaqt oʻtishi bilan xavfsizlik firmasi haqiqiy xususiy harbiy kompaniyaga, Princening oʻzi esa Respublikachilar partiyasidagi asosiy homiylaridan biriga aylandi[12].
2002-yilda Blackwater Security Consulting (BSC) tashkil etildi, kompaniya xodimlari Afgʻonistondagi urushda qatnashdilar.
2003-yilda Saddam Husayn rejimi qulagandan soʻng, Blackwater Iroqdagi 60 ta xavfsizlik shirkatlaridan biri sifatida paydo boʻldi va Iroqning yangi qurolli kuchlari va politsiyasini tayyorlash bilan shugʻullandi[14].
Blackwater xususiy armiyasida birinchi yoʻqotishlar 2004-yil mart oyida, uning toʻrt nafar xodimi halok boʻlganida kuzatildi. Blackwater Iroqdan olib chiqib ketilgan paytda mamlakatda 987 yollanma askar boʻlgan, ulardan 744 nafari AQSh fuqarolari edi. Kompaniya 2009-yil sentyabrgacha Iroq urushida qatnashdi. Blackwater safidagi yoʻqotishlarni oshkor qilmaslik huquqiga ega, ammo 2007-yil oktyabriga qadar 27 nafar xodimining oʻlimi haqida xabar berdi[15].
Kompaniya xodimlari professionalligiga eʼtibor qaratgan uning vakili kompaniya mijozlaridan hech biri jiddiy jarohat olmaganini aytdi:
“ | Biz o'zimizning muvaffaqiyatimiz bilan faxrlanamiz — bizning himoyamiz ostida hech kim o'ldirilmadi, yoki hatto, jiddiy jarohat olgani ham yo'q.[16]. Orginal matn (ingl.)
We are proud of our success - no-one under our protection has been killed or even seriously wounded. |
” |
2007-yil oktyabr oyida Blackwater USA kompaniya nomini Blackwater Worldwide deb oʻzgartirdi va yangi logotipni taqdim etdi. Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, bunday oʻzgarishlar Bagʻdod namoyishidagi otishma bilan bogʻliq emas, nomni oʻzgartirish va rebrending toʻgʻrisida qarorlar ancha oldin qabul qilingan[17].
2009-yilda kompaniya asoschisi Erik Prince bosh direktor lavozimini tark etdi va Blackwater Worldwide fevral oyida rasman oʻz nomini Xe deb oʻzgartiradi, shuningdek, U.S. Training Center markasidan ham foydalanadi[18].
Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kompaniya tashkil etilgan kundan boshlab, 2009-yil 2-martgacha Erik Princening oʻzi asosiy boshqaruv rollarini bajardi. Kompaniya asoschisi hozirda boshqaruv raisi lavozimida boʻlsa-da, kompaniyaning kundalik faoliyatida ishtirok etmaydi.
Kompaniyadagi koʻplab muhim lavozimlarni sobiq yuqori martabali amaldorlar egallagan. Masalan, 2005-yildan 2008-yilgacha kompaniya raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan Kofer Blek 2002-yildan 2004-yilgacha AQSh Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash boʻyicha koordinatori, 2006-yildan 2008-yilgacha esa Markaziy razvedka boshqarmasi aksilterror markazi direktori boʻlgan[19][20].
Qurol kontrabandasi bilan bogʻliq janjallardan oldin kompaniya prezidenti Navy SEAL sobiq zobiti Hary Jeckson edi. Robert Richer 2007-yilning yanvarigacha AQSh razvedka xizmati vitse-prezidenti, keyin esa Blackwater departamentlaridan birining direktori boʻlgan.
Hozirgi ijrochi direktor Jozef Yorio. Daniel Esposito esa yangi operatsion direktor boʻldi[21].
Kompaniyaning tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xe Services - boshqaruvchi tashkilot boʻlib, asosan maʼmuriy funksiyalar bilan shugʻullanadi. Asosiy faoliyat kompaniyaning boʻlinmalari oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu tashkilotning tuzilmasini hisobga olgan holda, guruhga kirmaydigan, ammo Erik Princega tegishli boʻlgan bir qator kompaniyalar mavjudligini yodda tutish kerak. Masalan, egasining bosh harflari bilan atalgan EP Aviation LLC taktik va oʻquv havo vositalariga egalik qiladi[22].Arlingtonda joylashgan Total Intelligence Solutions menenment va turli konsalting xizmatlarini taqdim etish bilan shugʻullanadi.
Blackwater Maritime Solutions[tahrir | manbasini tahrirlash]
Blackwater Maritime Solutions boʻlimi dengiz kuchlari xodimlarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. 2004-yilda kompaniya 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari paytida xavfsizlikni taʼminlashi kerak boʻlgan Gretsiya xavfsizlik kuchlarini tayyorlovdan oʻtkazgan. Shuningdek, Ozarbayjon va Afgʻoniston qurolli kuchlarini tayyorlashgan[23].
Kompaniya sunʼiy ravishda yaratilgan koʻllarda dengiz janglarining simulyatsiyasini amalga oshirishi mumkin. Blackwater Maritime Solutions Amerikaning USS Cole kemasiga hujumga uchraganidan soʻng AQSh dengiz floti dengizchilarni tayyorlash boʻyicha buyurtma oldi. Kompaniya 995 tonna sigʻimli „MacArthur“ kemasiga egalik qiladi[24].
Blackwater Security Consulting[tahrir | manbasini tahrirlash]
Blackwater Security Consulting (BSC) 2001-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Shimoliy Karolina shtatining Moyoke shahrida joylashgan. BSC Iroqdagi urush paytida ishlagan xususiy xavfsizlik firmalaridan biridir. Aynan shu kompaniya mansabdor shaxslar va obyektlarni himoya qilgan, armiya va politsiyani oʻqitgan, shuningdek koalitsiya qurolli kuchlarini qoʻllab-quvvatlagan.
Kompaniya Diplomatik xavfsizlik byurosi bilan kelishuvga ega va Afgʻoniston, Iroq, Bosniya va Isroildagi diplomatlar uchun himoya xizmatlarini taqdim etgan[25]. Kompaniya AQShning Iroqdagi elchixonalarini himoya qilish bilan shugʻullanadi. Kompaniya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga tez yordam koʻrsatish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif etadi. BSC rasmiylari Kaliforniya gubernatori Arnold Shvartsenegger bilan uchrashib, zilzila sodir boʻlgan taqdirda mumkin boʻlgan hamkorlikni muhokama qilishgan[26].
Greystone Limited[tahrir | manbasini tahrirlash]
Greystone Private Security Service Barbadosda roʻyxatdan oʻtgan. Kompaniya Satelles Solutions, Inc shoʻba korxonasi orqali turli mamlakatlar fuqarolarini ish bilan taʼminlaydi[27]. Ularning veb-saytida aytilishicha, ular istalgan joyda harakatlana oladigan „dunyoning eng yaxshi harbiylarini“ taqdim etishlari mumkin. Kompaniyaning vazifalari uncha katta boʻlmagan operatsiyalardan tortib „mintaqa xavfsizligini taʼminlash uchun koʻp sonli odamlarni talab qiladigan keng koʻlamli operatsiyalargacha“ boʻlishi mumkin"[28].
Greystone AQSh harbiy-dengiz bazasi Subik-Bey kabi oʻquv markazi ochishni rejalashtirgan edi, ammo keyinchalik kompaniya bu rejalardan voz kechdi.
Aviation Worldwide Services[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviation Worldwide Services kompaniyasining uchta shoʻba korxonasi mavjud: STI Aviation, Air Quest va Presidential Airways. Kompaniya 2003-yil aprel oyida Blackwater tomonidan sotib olingan[29]. Bosh qarorgohi Florida shtatining Melburn shahrida joylashgan.
- STI Aviation FAA/JAA aʼzosi boʻlib, samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash bilan shugʻullanadi.
- Prezidential Airways AQSh Mudofaa vazirligi bilan yaqin aloqalarga ega. Kompaniya bir nechta CASA 212 va Boeing 767 samolyotlariga ega[30][31]. Shuningdek, Iroq urushi paytida kompaniya tomonidan tez-tez foydalanilgan MD-530 vertolyotlariga ham mavjud[32][33]. Kompaniya Afgʻoniston, Pokiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda havo transporti operatsiyalarini amalga oshiradi[34][35]. 2004-yil 27-noyabrda N960BW bort raqamiga ega PAWga tegishli CASA 212 samolyoti qulab tushdi[36]. Bortdagi barcha odamlar (uch nafar harbiy va uch nafar fuqaro) halok boʻlgan. Ushbu voqeadan soʻng, halok boʻlgan baʼzi yoʻlovchilarning qarindoshlari kompaniyani sudga berishdi[37].
![]() |
![]() |
|
Blackwater CASA 212 samolyoti Afgʻoniston ustida. | Blackwater OH-6 vertolyoti bortida xodimlar bilan. | Bagʻdod ustida Blackwater MD 530F vertolyoti. |
Kompaniyaning boshqa boʻlinmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Blackwater Armored Vehicle yengil zirhli transport vositalari konstruksiyasini ishlab chiqadi. Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarishi (6500 m²) Shimoliy Karolina shtatining Camden shahrida joylashgan[38]. Kompaniyaning ishlanmalaridan biri bu Grizzly APC zirhli transport vositasi boʻlib, shahar sharoitida jangovar harakatlar uchun moʻljallangan[39].
- United States Training Center — oʻquv markazi muntazam armiya va maxsus boʻlinmalarning askarlarini harbiy tayyorgarligini amalga oshiradi. Shimoliy Karolinadagi tayyorgarlik lagerida mashgʻulotlar uchun kerak boʻlgan hamma narsa mavjud — oʻq otish poligonlari, oʻquv maydonchalari, sunʼiy suv ombori va aerodrom.
- Blackwater Target Systems oʻq otish poligonlari va zallari uchun anjomlar ishlab chiqaradi.
- Blackwater Airships uchuvchisiz havo qurilmalarini ishlab chiqadi.
- Raven Development Group — Xe Services obyektlari, binolari va oʻquv inshootlarini qurgan qurilish tashkilotidir.
- K-9 boʻlinmasining asosiy vazifasi — xizmat va jangovar itlarni harbiy va huquqni muhofaza qilish funksiyalari uchun (masalan, portlovchi yoki giyohvand moddalarni qidiruvchi itlar, patrul itlari) tayyorlashdan iborat.
Iroq urushidagi ishtirok[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackwater Iroq urushida Qoʻshma Shtatlar hukumati uchun pudratchi sifatida muhim rol oʻynagan. 2003-yilda Muvaqqat koalitsiya maʼmuriyati rahbari Pol Bremerni himoya qilishni taʼminlash boʻyicha 21 million dollar miqdoridagi birinchi shartnoma imzolandi. Erik Princening soʻzlariga koʻra, 2003-yildan beri kompaniyaning 30 nafar xodimi oʻldirilgan. Blackwaterning Iroqdagi umumiy yoʻqotishi taxminan 780 kishini tashkil etgan, bu odamlar harbiy yoʻqotishlar rasmiy statistikada hisobga olinmaydi.
Iroqda faoliyat yuritayotib, Blackwater bir necha marta qurol kontrabandasida gumon qilingan[40]. Xe xodimlari Iroqda kamida 2009-yilning sentyabrigacha qonuniy ishlagan[41].
El-Fallujadagi pistirma[tahrir | manbasini tahrirlash]
2004-yil 31-martda ESS oziq-ovqat yetkazib beruvchi kompaniyani kuzatib borar ekan, kompaniyaning toʻrt nafar xodimi iroqlik isyonchilar tomonidan oʻldirildi. Xodimlarning jasadlari mashinalardan olib chiqilib, kaltaklangan, keyin esa yoqib yuborilgan. Jasadlar mashinalarga bogʻlangan va koʻchalarda sudralib, Furot daryosi ustidagi koʻprikda osilgan. Bu voqea Falluja shahriga amerikalik harbiylarning bostirib kirishiga, shuningdek, qurbonlarning yaqinlari bilan sud mojarolariga olib keldi[42].
2005-yilning apreli[tahrir | manbasini tahrirlash]
2005-yil aprel oyida Iroqda Mi-8 vertolyoti urib tushirilishi natijasida olti nafar Blackwater yollanma askari halok boʻldi. Ular bilan birga bolgar ekipajining uch aʼzosi va ikki fijilik oʻqotar ham boʻlgan.
2006-yildagi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]
2006-yilda Bagʻdodning yashil hududida avtohalokat sodir boʻldi. Blackwater xodimlari tomonidan boshqarilgan SUV mashinasi AQSh armiyasining Humvee mashinasiga urildi. Blackwater xodimlari harbiy xizmatchilarni qurolsizlantirib, oʻz mashinalarini halokat joyidan uzoqroqqa haydab ketgunga qadar ularni qurol kuchi bilan yerga yotishga majbur qilishgan[43].
2006-yil 24-dekabr kuni kechqurun kompaniya xodimi spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilib, Iroq vitse-prezidentining qoʻriqchisini Glock toʻpponchasidan 3 marta oʻq uzib otib oʻldirgan. Bu qilmishni sodir etgan yollanma ishchi kompaniyadan haydalgan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan, unga nisbatan boshqa jazo choralari qoʻllanilmagan. Erik Prince bu vaziyatni quyidagicha izohladi:
“ | Biz uni kaltaklay ham olmaymiz, qamoqqa ham ololmaymiz. Orginal matn (ingl.)
We can't flog him, we can't incarcerate him. |
” |
Bagʻdoddagi hodisa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kompaniya 2007-yil sentyabr oyida Iroqda sodir boʻlgan qotillik voqeasi bilan salbiy maʼnoda mashhur boʻldi. 2007-yil 16-sentyabrda AQSh Davlat departamentining diplomatik karvonini qoʻriqlayotgan Blackwater xodimlari Bagʻdodning markaziy maydonini oʻqqa tutdi, bu oʻn yetti kishining oʻlimi va oʻn sakkiz nafar iroqlik tinch aholining yaralanishi bilan yakunlandi (qurbonlar orasida bolalar ham boʻlgan).
Voqeadan keyin kompaniya bir hafta muddatga faoliyat yuritish litsenziyasidan mahrum qilingan. Keyin Iroq hukumati Blackwater yollanma askarlarini olib chiqilgandek qilib koʻrsatdi, ammo shartnoma baribir yangilandi. Ushbu voqeadan keyin AQSh hukumati Blackwater bilan shartnomani uzaytirmasligini va ularning bozordagi oʻrnini boshqa kompaniya (Triple Canopy) egallashini bildirdi[16].
Barcha tergov natijalariga koʻra, kompaniya xodimlari 2005-yildan 2007-yilgacha 195 ta otishmada qatnashgan va 84 % hollarda birinchi boʻlib oʻt ochishgan.
Kompaniyaning boshqa faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xe press-relizida aytilishicha, kompaniya havo yoʻllarida yuk tashish, xavfsizlik xizmatlari, qoʻshinlar logistikasi, transport xizmatlari va gumanitar yordamni taqdim etadi. Kompaniya falokat hududlarida qonun va tartibni oʻrnatishda yordam berishi haqida xabar berilgan[44]. Kompaniya asosiy daromadni harbiy mojarolarda ishtirok etishdan oladi va kompaniya daromadining 90 %ga yaqini davlat shartnomalaridan tushadi. Kompaniyaning asosiy rivojlanishi Iroq urushi davrida boʻlgan.
Blackwater „Katrina“ toʻfoni oqibatlarini bartaraf etish uchun yollangan. Kompaniyaning 200 ga yaqin xodimi „Katrina“ toʻfonidan zarar koʻrgan hududlarga joʻnatilgan. Ulardan 164 tasi davlat obyektlarini muhofaza qilishni taʼminlagan. Kompaniya oʻz xizmatlari uchun kuniga 240 000 dollar olgan.
AQSh Mudofaa vazirligi giyohvand moddalarga qarshi kurashishda asbob-uskunalar va xizmatlar bilan taʼminlash uchun beshta kompaniya bilan besh yillik shartnoma imzolagan va Xe ulardan biridir. Shartnoma 15 milliard dollarga baholangan[45]. Xe turli xorijiy hukumatlar bilan, asosan giyohvand moddalar savdosiga qarshi xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalarga ega. Kompaniyaning 16 nafar xodimi amerikalik harbiylarni qoʻllab-quvvatlash va oʻqitish uchun Afgʻonistonda qolgan. Xe afgʻon xavfsizlik kuchlarini giyohvand moddalar savdosini toʻxtatish uslublarini oʻrgatgan[46].
Shuningdek, xususiy shaxslar, neft va sugʻurta kompaniyalari ham mijozlar hisoblanadi. 2005-yilda Blackwater Ozarbayjon harbiy-dengiz maxsus kuchlarini tayyorlagan[47]. Kompaniya Yaponiya hukumati bilan AN/TPY-2 radar tizimlarini himoya qilish boʻyicha shartnomaga ega[48].
Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xe Services, Blackwater kompaniyasining vorisi sifatida, Iroqda tinch aholini oʻldirish va qurol kontrabandasi boʻyicha juda salbiy obroʻga ega. Halok boʻlganlarning oila aʼzolari Blackwater kompaniyasi tomonidan tinch aholini tartibsiz otib oʻldirishi ustidan sudga daʼvo arizalari berishgan[49].
Xe Watch[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xe Watch — bosh qarorgohi Shimoliy Karolinada joylashgan notijorat, nodavlat tashkilot. Tashkilot 2007-yildan beri Blackwater monitoringini olib boradi. Shuningdek, boshqa xususiy harbiy kompaniyalar va yollanma askarlarning lobbichilik, urushlar va mojarolar masalalari boʻyicha chayqovchilik borasidagi faoliyatini inson huquqlari nuqtai nazaridan kelib chiqib nazorat qiladi[50]. 2007-yil sentyabr oyida Shimoliy Karolina shtatining Moyoke shahridagi Blackwater bosh qarorgohi atrofiida ushbu tashkilotning birinchi namoyishi tashkil etildi[51].
„Blackwater. Dunyodagi eng kuchli yollanma armiya“ (inglizcha: Blackwater: The Rise of the World's Most Powerful Mercenary Army) kitobining muallifi Xe Watch aʼzolaridan biridir[51]. Shuningdek, ushbu tashkilot vakillari Xe services haqida The Seattle Times[52], Chicago Tribune va The Guardian kabi gazetalarida maqolalar yozishgan.
Qurol kontrabandasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Blackwater bir necha bor qurol kontrabandasida gumon qilingan. 2010-yil 9-mart kuni xavfsizlik firmasi bilan sodir boʻlgan shov-shuvli janjal Afgʻonistondagi Amerika omborlaridan 500 dan ortiq Kalashnikov avtomati va boshqa qurollarning yoʻqolishi boʻyicha edi. Taxminlarga koʻra, yoʻqolgan qurollar uchun javobgar boʻlgan Blackwater xodimi ularni ombordan olib chiqish uchun hisob-fakturaga South Park multfilmi qahramoni Erik Kartman nomi bilan imzo chekkan[53].
2010-yil 16-sentabrda Xe rahbariyatining besh nafar aʼzosi, jumladan, bosh ijrochi direktori Hary Jeckson qurol savdosida ayblangan. Rasmiylar hujjatlarni qalbakilashtirib, shu tariqa Iordaniya qiroli Abdulla II ga[54][55] berilgan sovgʻani yashirishgan. Bu sovgʻa 2008-yildagi reyd chogʻida musodara qilingan 22 ta qurolni, shu jumladan, 17 ta AK avtomatini ham oʻz ichiga olgan[56][57].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Former Blackwater firm renamed again“ (12-dekabr 2011-yil).
- ↑ Gielink, Dirk; Maarten Buitenhuis, René Moelker „No Contractors on the Battlefield: The Dutch Military's Reluctance to Outsource“,. Private Military and Security Companies: Chances, Problems, Pitfalls and Prospects. VS Verlag, 2007 — 149 bet. ISBN 3531149016.
- ↑ „Blackwater's Prince Has GOP, Christian Group Ties“. National Public Radio (25-sentabr 2009-yil).
- ↑ „Back in Iraq: The 'Whores of War'“. Sunday Herald, Scotland (29-sentabr 2007-yil). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil.
- ↑ Jeremy Scahill. „Will Blackwater Be Kicked Out of Iraq After Recent Bloodbath?“. The Nation (28-sentabr 2007-yil). 26-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil.
- ↑ David Swanson. „Observing Our Government Through Blackwater“. Scoop New Zealand (28-oktabr 2007-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil.
- ↑ Ian Bruce, The Herald, London, „Blackwater uses armed force 'twice as often as other Iraq firms'“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2009-02-27).
- ↑ „Agreement for security services“ (PDF). United States House of Representatives (12-mart 2004-yil). 27-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-dekabr 2007-yil.
- ↑ Lee, Matthew. „Feds Target Blackwater in Weapons Probe“ (en). Associated Press. The Washington Post (22-sentabr 2007-yil). 29-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-yanvar 2008-yil.
- ↑ Elsea, Jennifer; Nina Serafino. „CRS report for congress, Private security contractors in Iraq: Background, legal status and other issues“ (PDF). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-yanvar 2008-yil.
- ↑ Sizemore, Bill. „US: Private Security Company Creates Stir in New Orleans“ (en). The Virginian-Pilot (15-sentabr 2005-yil). 11-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-yanvar 2008-yil.
- ↑ 12,0 12,1 Flintoff, Corey. „Blackwater's Prince Has GOP, Christian Group Ties“ (en). National Public Radio (25-sentabr 2007-yil). 13-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-yanvar 2008-yil.
- ↑ The Man Behind Blackwater. pp. 36—38. http://www.newsweek.com/id/43361.
- ↑ Squitieri, Tom. „Role of security companies likely to become more visible“ (en). USA Today (1-aprel 2004-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Blackwater by Numbers: A Statistical Index“. 26-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-may 2014-yil.
- ↑ 16,0 16,1 „Profile: Blackwater Worldwide“ (en). BBC (20-avgust 2009-yil). 8-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Blackwater Softens Its Logo From Macho to Corporate“. The New York Times (22-oktabr 2007-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2007-yil.
- ↑ „Four Civilians Worked for N.C. Security Firm“. Fox News (31-mart 2004-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2010-yil.
- ↑ Silverstein, Ken. Revolving Door to Blackwater Causes Alarm at CIA. Harper's Magazine (22-sentabr 2007-yil).
- ↑ „About Total Intelligence Solutions“. 18-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-oktabr 2007-yil.
- ↑ Kravitz, Derek. „Blackwater Founder Steps Aside“ (en). Associated Press (3-mart 2009-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ Sharon Weinberger. „Blackwater Bulks Up Air Power Using Little-Known Company“ (en) (7-aprel 2008-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Blackwater training center“. Blackwater USA. 27-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-sentabr 2007-yil.
- ↑ Sharon Weinberger. „Blackwater Hits the High Seas“ (9-oktabr 2007-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ Jennifer K. Elsea, Moshe Schwartz, Kennon H. Nakamura. „Private Security Contractors in Iraq: Background, Legal Status, and Other Issues“. Congressional Research Service (25-avgust 2008-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ Joanne Kimberlin, Bill Sizemore. „Blackwater: New Horizons“. PilotOnline.com (28-iyul 2006-yil). 10-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Торговцы смертью: письмо раскрывает детали программы убийств“ (рус.) (24-avgust 2009-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Protecting services“ (en) (deadlink) (2006). 27-sentabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Blackwater USA Completes Acquisition of Aviation Worldwide Services“ (en). PRWEB (3-may 2003-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ Hemingway, Mark. „Warriors for Hire“. The Weekly Standard (18-dekabr 2006-yil). 30-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-sentabr 2007-yil.
- ↑ „Blackwater aviation“. Blackwater USA. 28-oktabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-sentabr 2007-yil.
- ↑ „Blackwater Aviation News“ (en). 6-aprel 2004-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Name Results“ (en). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Amanda Terkel. „Think Progress " Pentagon Issues Blackwater New $92 Million Contract“ (en) (30-sentabr 2007-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ Ali Gharib. „Pentagon Gives Blackwater New Contract“ (en) (29-sentabr 2007-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ Trevor Aaronson. „Err America“ (en) (27-oktabr 2005-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ Wilber, „A Crash’s Echoes“, Washington Post, October 17, 2007.
- ↑ JENNIFER PREYSS. „Blackwater lays off Grizzly workers“ (en) (31-oktabr 2008-yil). 18-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Armor: Blackwater Builds a Better Armored Truck“ (en). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ Виктор Володин. „Красная кровь в «Чёрной воде», Первой в Ираке стреляет частная армия“. Время Новостей (9-oktabr 2007-yil). 25-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2017-yil.
- ↑ „No License, but Blackwater Still in Iraq“ (20-aprel 2009-yil). 22-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-aprel 2009-yil.
- ↑ „The high-risk contracting business“ (en). PBS. 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ Nordland, Rod, Mark Hosenball. „Blackwater Is Soaked: An arrogant attitude only adds fuel to the criticism“ (en). Newsweek (15-oktabr 2007-yil). 18-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-dekabr 2007-yil.
- ↑ „Overkill: Feared Blackwater Mercenaries Deploy in New Orleans“ (en) (12-sentabr 2005-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ Michael Hardy. „Five to vie for counter-narcoterrorism work“ (en). Government Information Group (10-sentabr 2007-yil). 6-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2010-yil.
- ↑ Кирилл Белянинов. „Безопасность Афганистана отдают в частные руки // Пентагон заключает договор со скандально известной Blackwater“ (ru). Газета «Коммерсантъ» № 33 (4333) от 26.02.2010 (26-fevral 2010-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Blackwater Training“ (en). 12-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-may 2022-yil.
- ↑ Noah Shachtman. „Blackwater: Japan’s Missile Defense Force“ (en) (7-oktabr 2007-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ August, Oliver. „Iraqis speak of random killings committed by private Blackwater guards“. The Times of London (7-avgust 2009-yil). 26-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-avgust 2009-yil.
- ↑ „アーカイブされたコピー“. 8-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-may 2010-yil. Human Rights First: Private Security Contractors at War: Ending the Culture of Impunity (2008)
- ↑ 51,0 51,1 „20-oktabr 2007-yil Action at the Entrance to Blackwater Headquarters“. 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ "Blackwater shooting incident — bane or boon?[sayt ishlamaydi]" Seattle Times, 20 September 2007
- ↑ „Blackwater Took Hundreds Of US Weapons From Military, Afghan Police Using 'South Park' Alias“ (en). AP / Huffington Post (25-aprel 2010-yil). 29-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Former Blackwater president, 4 others charged“. CNN (16-aprel 2010-yil). 22-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Ex-Blackwater president indicted on firearms charges“ (16-aprel 2010-yil). 10-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Blackwater staff 'violated weapons law'“ (17-aprel 2010-yil). 24-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-dekabr 2010-yil.
- ↑ Risen, James and Mark Mazzetti, „U.S. Indicts 5 Blackwater Ex-Officials“, Washington Post, 17-aprelya 2010, p. 8.