South Park
| South Park | |
|---|---|
|
| |
| Janri | Komediya |
| Muallif(lar) |
Trey Parker Matt Stone |
| Ovoz berganlar |
Trey Parker Matt Stone Isaac Hayes (1997—2006) Mary Kay Bergman (1997—1999) Eliza Schneider (2000—2003) Mona Marshall April Stewart John Hansen Jennifer Howell Adrien Beard |
| Qismlar boshidagi musiqa | „South Park Theme“ Primus/Colonel Les Claypool’s Fearless Flying Frog Brigade |
| Mamlakat |
|
| Mavsumlar soni | 28 |
| Qismlar soni | 338 |
| Ishlab chiqarish | |
| Ijrochi prodyuser(lar) |
Trey Parker Matt Stone |
| Qism davomiyligi | 22 daqiqa[1] |
| Efirga uzatilishi | |
| Telekanal | Comedy Central |
| Tasvir formati |
Original broadcastlar: 480i (4:3 SDTV) (1997–2008) 1080i (16:9 HDTV) (2009–bugun) Re-rendered epizodlar: 1080i (16:9 HDTV) (1–12-fasl) |
| Ovoz formati |
Dolby Surround 2.0 (1-11-fasl) Dolby Digital 5.1 (12-fasl–bugun) |
| Translyatsiya davri | 13-avgust 1997 — bugun |
| Tashqi havolalar | |
| Rasmiy sayti | |
South Park (Janubiy Park; talaffuzi: /saʊθ pɑːrk/) Trey Parker va Matt Stone tomonidan yaratilgan Amerika multserialidir. Comedy Central kanalida 1997-yildan beri efirga uzatiladi. Serial mashhur shaxslar va voqealarni mutoyiba va satira yordamida parodiya qiladi.
Multserial asosida 1999-yilda South Park: Bigger, Longer & Uncut nomli toʻliq metrajli animatsion film ham ishlangan.
Mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Serialdagi voqealar Colorado shtatining South Park shaharchasida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramonlar oʻlaroq toʻrt nafar maktab bolasi — Stan, Kyle, Eric va Kennylar qatnashadi. Multfilm ijtimoiy, diniy, siyosiy muammolarni hajv bilan yoritadi, illatlarni fosh qiladi (masalan, NAMBLA haqidagi qismda bachabozlik qattiq tanqid ostiga olingan). Serialda tez-tez soʻkinish eshitilishi va jinsiy aloqaga oid mavzular eslatilishi tufayli 18 yoshdan kichik boʻlganlarga tavsiya etilmaydi.
Ishlab chiqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Multfilm ikki oʻlchamli sodda animatsiyadan iborat. Avval boshda Parker va Stone rangli qogʻozlarni qirqish bilan serialni ishlab chiqarishgan boʻlishsa, hozirda kompyuter grafikasi yordamidan foydalanishadi.
Asosiy qahramonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stan Marsh (Trey Parker ovoz bergan[2]) — „oʻrtacha amerikalik bola“. Kylening yaqin doʻsti.
- Kyle Broflovski (Matt Stone ovoz bergan) — aqlli, mantiqli bola. Yahudiy boʻlgani uchun Cartman bilan munosabatlari yomon.
- Eric Cartman (Trey Parker ovoz bergan) — xudbin, irqchi, agressiv bola. Toʻladan kelgan, lekin „semiz“ ekanligini tan olmaydi.
- Kenny McCormick (Matt Stone ovoz bergan) — soʻkingʻich bola. Olovrang anoragi ogʻzini yopib turgani uchun nima deyotgani aniq eshitilmaydi. Qashshoq oila farzandi. Serialning koʻp qismlarida oʻladi (keyingi qismlarda esa uni yana uchratish mumkin).
- Chef (Isaac Hayes ovoz bergan) — South Park maktabi oshpazi. Ayollarga oʻch.
- Herbert Garrison (Trey Parker ovoz bergan) — maktab oʻqituvchisi. Jinsiy moyilligi xilma-xil (multserial davomida u ham geteroseksual, ham gomoseksual munosabatlarda boʻlgan) va shu yuzdan ikki marta jins almashtirish amaliyotidan oʻtgan.
- Janob Mackey (Trey Parker ovoz bergan) — maktabb ruhshunosi. Bolalarga alkogol va giyohvand zarari haqida uqtirgan boʻlsa-da, uning oʻzi araqxoʻr va nashaxoʻr boʻlib ketadi. Biroq koʻp oʻtmay bu odatlarini tashlaydi.
Qismlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Lake, Dave „The 10 Most Controversial 'South Park' Episodes“. MSN TV (2009). 15-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2011-yil. (Wayback Machine saytida 15-may 2011-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „South Park - Ovozli aktyor“ (https://m.imdb.com/title/tt0121955/).+2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: https://m.imdb.com/title/tt0121955/.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AQSh teleseriallari
- Animatsion teleseriallar
- South Park
- Comedy Central dasturlari
- Ingliz tilidagi televizion shoular
- 1990-yillar teleseriallari
- 1990-yillar animatsion teleseriallari
- 2000-yillar teleseriallari
- 2000-yillar animatsion teleseriallari
- 2010-yillar teleseriallari
- 2010-yillar animatsion teleseriallari
- 2020-yillar teleseriallari
- 2020-yillar animatsion teleseriallari
- LGBT mavzuli teleseriallar