Buxoro tibbiyot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Buxoro tibbiyot instituti, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti — Buxoro shahridagi oliy malakali mutaxassis vrachlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti. 1990 yil tashkil etilgan. Davolash, stomatologiya va oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash fakultetlari bor, 39 kafedra, litsey, aspirantura, doktorantura, klinik ordinatura, markaziy ilmiy tadqiqotlar va klinik laboratoriya., / institut muzeyi va 2 uquv muzeyi, test markazi, kutubxona (65 mingdan ortiq asarga ega), o‘quv zal i, vivariy mavjud. Institutda 196 uqituvchi (jumladan 18 fan doktori va professor, 80 fan nomzodi va dotsent) xizmat qiladi; 1500 talaba ta’lim oladi (2001). Buxoro tibbiyot instituti i. uzining davolash klinikasiga ega. Buxoro shahri kasalxonasi, viloyat stomatologiya poliklinikasi, umuman Buxorodagi barcha davolashprofilaktika muassasalari institutning klinik bazasi hisoblanadi. Buxoro viloyat kasalxonasi institut klinikasiga aylantirilgan. Institut qoshida stomatologiya o‘quvdavolash ilmiy markazi tashkil qilingan (1997). Institut darslik, ilmiy tuplam va metodik qo‘llanmalar nashr etadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil