Abdullaxon madrasasi (Xiva)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Madrasa
Abdullaxon madrasasi
Abbullakhon madrasa.jpg
Abdullaxon madrasasi hovlisi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Shahar Xiva
Manzil Ichan qalʼa MFY, Islom Xoʻja koʻchasi, 21-uy
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Xorazm viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdullaxonning onasi
Homiylar Abdullaxonning onasi
Asosiy sana:
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Ichan qalʼa muzey qoʻriqxonasi
Qurilish materiali Pishiq g'isht

Abdullaxon madrasasiXivadagi me’moriy yodgorlik (1855). Ichan qal’adagi Olloqulixon va Qutlug‘ Murod Inoq madrasalari oralig‘ida joylashgan. Abdullaxon (Xiva xoni Qutlug‘ Murod Inoqning o‘g‘li) xotirasiga onasi tomonidan qurdirilgan. Chortoq tarhli (31,5x28,25 m) bo‘lib, burchaklariga gul-dastaminora ishlangan. Bosh tarzidagi keng ravoqli peshtoq orqali 3 gumbazli miyonsaroyga, u orqali hovliga o‘tiladi. Hovli (18,9x 14,0 m) atrofi hujralar bilan o‘ralgan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan yopilgan. Janubiy tomondagi gumbazli masjid miyonsaroy bilan bog‘langan. Darsxonalar tarhi murabba – 4,25x4,25 m. Hovliga g‘arbdan ensiz yo‘lak orqali kiriladi.[2]

Manbalar[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

Mankovskaya L. Yu., Bulatova V. A., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.