„Krokus Siti Holl“dagi terakt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Crocus City Halldagi terakt

Crocus City Hall konsert zali, 2019-yil
Asl nomi ruscha: Теракт в «Крокус Сити Холле»
Joylashgan Crocus City Hall, Krasnogorsk, Rossiya
Koordinatlar 55°49′33″N 37°23′25″E / 55.82583°N 37.39028°E / 55.82583; 37.39028 G OKoordinatalari: 55°49′33″N 37°23′25″E / 55.82583°N 37.39028°E / 55.82583; 37.39028 G O
Sana 22-mart, 2024-yil(2024-03-22)
20:00 ((MSK, UTC+3))
Nishon Tinch aholi
Hujum turi
Ommaviy otishma, portlash, oʻt qoʻyish
Qurol AK-74
Halok boʻlganlar 145[1]
Jarohat olganlar
551[1][2]
Jinoyatchilar 4

„Krokus Siti Holl“dagi terakt (ruscha: Теракт в «Крокус Сити Холле») — 2024-yil 22-mart kuni Moskvaning gʻarbida joylashgan Krasnogorsk shahridagi Krokus Siti Holl konsert zalida sodir etilgan terakt[3][4][5]. Ushbu hujum oqibatida 145 nafar odam halok boʻldi, 550 dan oshiq inson jarohatlandi[6][1].

Voqea kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuzatuv kameralariga tushib qolgan gumonlanuvchilar

2024-yilning 7-mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskvadagi Iroq va Shom Islom Davlati (IShID)ga aloqador terrorchilar guruhini zararsizlantirganini eʼlon qilgan edi[7].

Hujumdan ikki hafta oldin Moskvadagi AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari[8] ekstremistlarning Moskvadagi yirik yigʻinlarni nishonga olish boʻyicha rejalari haqida ogohlantirgan edi[9]. Amerika va Buyuk Britaniyaning ogohlantirishidan soʻng, boshqa davlatlarning elchixonalari, jumladan, Kanada, Germaniya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Chexiya va Latviya davlatlari Moskvadagi oʻz fuqarolariga shu mazmundagi ogohlantirish berdi[10]. 2024-yil 19-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada sodir boʻlishi mumkin boʻlgan teraktlar haqidagi ogohlantirishlarni „ochiq shantaj“ deb atagan[11].

Hujum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 22-mart kuni Rossiyaning Piknik guruhi Krokus Siti Hollda konsert qoʻyishi rejalashtirilgan edi[12]. Guruh oʻz chiqishlarini boshlashdan oldin, uch nafardam koʻproq niqobli, qurollangan kishi avtomat miltiqlardan foydalanib, olomonga qarata oʻt ocha boshladi[13][14]. Terrorchilar, shuningdek, odamlarga qarata benzin bombalaridan foydalangani va bu yongʻinga sabab boʻlib[13][15], boshlagani tomning qisman qulashiga sabab boʻlgani xabar qilingan[16]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, qurollanganlarning baʼzilari bino chiqish eshigini toʻsib qoʻygan[17].

Hujum natijasida kamida 40 kishi halok boʻlgan va 100 dan ortiq kishi yaralangan[18]. Hujum ortidan savdo markazlari va boshqa jamoat joylari evakuatsiya qilindi[19], portlashlar natijasida yuzaga kelgan yongʻinni oʻchirish uchun vertolyotlar yuborildi.

Munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva meri Sergey Sobyanin hujumni „katta fojia“ deb taʼrifladi[13] va u Moskvadagi barcha dam olish kunlaridagi tadbirlarni bekor qilish haqida qaror chiqardi[20]. Federal havo transporti agentligi Moskvadagi Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida yangi xavfsizlik choralarini joriy qildi[21].

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova voqeani „dahshatli jinoyat“ deb atadi[22][23].

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hujumni qoralab bayonot berdi[24].

Xalqaro munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi John Kirby hujum tasvirlarini „dahshatli va achinarli“ deya tariflagan. Oq uy vaziyatni „dahshatli“ deb atadi va Ukrainaning hujumga aloqadorligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytdi[25].

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning maslahatchisi Mixaylo Podolyak oʻzining X sahifasida Ukraina bu hujumga aloqador emasligini aytib oʻtdi. Shuningdek, Ukraina mudofaa razvedkasi vakili hujum „Putin maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan provokatsiya“ ekanligini taʼkidlagan[26].

Avstriya, Ozarbayjon, Argentina, Armaniston, Bahrayn, Belarus, Belgiya, Boliviya, Buyuk Britaniya, Venesuela, Germaniya, Gretsiya, Falastin, Pokiston, Portugaliya, Misr, Isroil, Iordaniya, Eron, Italiya, Qozogʻiston, Qatar, Qirgʻiziston, Kolumbiya, Kuba, Lyuksemburg, Malta, Meksika, Moldova, Niderlandiya, Nikaragua, Norvegiya, BAA, Abxaziya Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Suriya, Slovakiya, AQSh, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Chernogoriya,​ Janubiy Osetiya ham Yevropa Ittifoqi tomonidan terror hujumi qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirildi va terakt turli diplomatik darajalarda qoralandi[27][28][29][30].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Пронин, Андрей „Опубликованы снятые очевидцем кадры теракта в «Крокус Сити Холле»“. iz.ru (2024-yil 24-mart). Qaraldi: 20-aprel.
  2. „At least 40 killed in shooting at Moscow concert hall“. Novaya Gazeta Europe (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  3. „Explosions and shooting attack at Moscow concert hall“ (en-gb). BBC News (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  4. „Gunmen in combat fatigues open fire at Moscow concert hall“ (en). France 24 (2024-yil 22-mart). 2024-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  5. Yang, Maya. „Moscow concert hall on fire after gunmen shoot at crowds; Russia calls on international community to condemn ‘monstrous crime’ – live“. the Guardian (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  6. „Crocus’dagi terakt: qurbonlar soni 139 kishiga yetdi – Tergov qo‘mitasi“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  7. „Russia says it neutralized ISIS cell plotting attack on Moscow synagogue“. Reuters.com. Reuters (2024-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  8. Faulconbridge, Guy. „Moscow terror warning as UK and US embassy issue statement against travel“ (en). The Independent (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  9. „U.S. warns of imminent Moscow attack by 'extremists,' urges citizens to avoid crowds“ (en). NBC News (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  10. Slisco, Aila. „More Countries Warn About Terrorism in Russia After Moscow Plot Thwarted“. Newsweek.com. Newsweek (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  11. Ivanova, Polina; Seddon, Max. „Russian authorities say dozens dead in attack on Moscow concert venue“. Financial Times (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  12. Hopkins, Valerie; Toler, Aric. „Gunmen Open Fire at Arena Outside Moscow, Russian News Agencies Report“. The New York Times (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  13. 13,0 13,1 13,2 „Shooting and blast reported at concert hall near Moscow“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 22-mart). 2024-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  14. „Shooting and blast reported at concert hall near Moscow, Russian agencies say“. Reuters (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  15. „Gunfire and blaze at Moscow concert hall, reports say“ (en-GB). BBC News (2024-yil 22-mart). 2024-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  16. Yang, Maya. „Moscow concert hall on fire after gunmen shoot at crowds; Russia calls on international community to condemn ‘monstrous crime’ – live“. the Guardian (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  17. Faulconbridge, Guy. „Gunmen kill at least 40 in attack at concert hall near Moscow, state news agency says“. Reuters. Thomson Reuters Corporation (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  18. „At least 40 killed in shooting at Moscow concert hall“. Novaya Gazeta (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  19. „Terrorist attack at concert hall outside Moscow Latest updates — Meduza“.
  20. Abbruzzese, Jason. „Moscow's mayor cancels weekend events“ (en). NBC News (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  21. Abbruzzese, Jason. „Russia's aviation agency says additional security added to Moscow airports“ (en). NBC News (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  22. „Russia: The death toll from the shooting in Moscow has risen to 40 people“. Iraqi News Agency.
  23. Yang, Maya „Moscow concert hall on fire after gunmen shoot at crowds; Russia calls on international community to condemn ‘monstrous crime’ – live“ (2024-yil 22-mart).
  24. „Moscow attack: Gunshots reported as fire breaks out at concert hall“ (en-gb). BBC News (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  25. „Russia Concert Hall Attack 'Terrible': White House“ (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  26. „Ukraine’s Defence Intelligence on shooting in Moscow Oblast: Provocation of Putin’s special services“ (en). Ukrainska Pravda. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  27. „Теракт в "Крокус сити холле". Факты“. TACC. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  28. „Великобритания осудила теракт в Подмосковье“ (ru). tass.ru. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  29. „Алан Гаглоев выразил соболезнования Владимиру Путину в связи с терактом в Подмосковье Официальный сайт Президента Республики Южная Осетия“. presidentruo.org. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  30. „Власти стран мира выражают соболезнования России в связи с терактом в Crocus City Hall“ (ru). Interfax.ru (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.