Krokus Siti Holl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Crocus City Halldan yoʻnaltirildi)
Krokus Siti Holl
Krokus Siti Holl

Müslüm Maqomayev nomidagi Krokus Siti Holl“ – Krasnogorskdagi Krokus Siti biznes markazi hududida. Hall zali Moskva halqa yoʻlining 67-kilometrida va Myakinino metro bekati yonida joylashgan. Zal 2009-yil 25-oktyabrda tadbirkor Araz Agalarov tomonidan ochilgan.

Zalning standart sigʻimi – 6200 kishiga yetadi, maksimal – 9500 kishi. 2024-yil 22-martda sodir boʻlgan terakt va yongʻindan soʻng vaqtincha ish toʻxtatildi.

Konsertlar va shoular[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Krokus Siti Xoll“ auditoriyasi 2019-yil

Ochilganidan beri, uch yil ichida 900 ga yaqin tadbirda uch milliondan ortiq tomoshabin qatnashdi[1].

Birinchi konsert Müslüm Maqomayev xotirasiga bagʻishlangan kecha boʻlib, unda oʻnlab rus estradasi yulduzlari ishtirok etgan.

Oʻz faoliyati davomida Crocus City Hall Rossiya va boshqa mamlakatlardan yuzdan ortiq taniqli ijrochilarning kontsertlari, shuningdek, teatrlashtirilgan tomoshalar, sport tadbirlari va bolalar tomoshalarini oʻtkazdi[2].

Har ikki yilda bir marta Krokus Siti Hollda Müslüm Maqomayev nomidagi xalqaro vokal tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovdan koʻzlangan maqsad milliy musiqa madaniyatining ijrochilik anʼanalarini davom ettirish, isteʼdodli vokalchilarni ommaga tanitishdan iborat.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]