Oʻzelektrapparat aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"OʻZELEKTRAPPARAT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — energetika mashinasozligining yirik korxonasi. "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi tarkibida. Toshkent shahrida joylashgan. Past voltli butlovchi uskunalar va past voltli asbobapparatura (elektr styalar energobloklari podstansiyalari va boshqalar uchun shchit qurilmalari, katod himoyasi st-yalari, boshqarish pultlari, rele qurilmalari va boshqalar) ishlab chiqaradi. 1941 yil 15 oktyabrda Toshkentga evakuatsiya qilingan Xarkov "Elektr stanok" mashinasozlik zavodi uskunalari bazasida Toshkent "Elektr stanok" zavodi nomi bilan tashkil etilgan va elektr jihozlari hamda front uchun minalar ishlab chiqargan. 1946 yilda bu zd Moskvadan evakuatsiya qilingan "Yuqori chastota toklari" zavodi bilan birlashtirilib Toshkent elektr texnika zavodiga aylantirildi. Urushdan keyingi davrda turli elektr jihozlari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1971— 91 yillarda Oʻrta Osiyo "Elektrapparat" ishlab chiqarish birlashmasining bosh korxonasi [birlashma tarkibiga Toshkent plastmassa buyumlari zavodi, "Toshelektromash" zavodi, Andijon "Elektrapparat", Marhamat (Andijon viloyati), Adrasmon (Tojikiston), Olmaota past voltli apparatlar zdlari, Butunittifoq relesozlik ilmiy tekshirish institutining Toshkent boʻlimi kirgan].

1994 yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 2005 yildan korxona Oʻzbekiston —Rossiya —Britaniya qoʻshma korxonasi — aksiyadorlik jamiyati. Korxona mahsulotlari 1994—99 yillarda xalqaro koʻrgazmalar va tanlovlarda 14 marta (Madrid, 1994; Mexiko, 1995; Parij, 1995; Jeneva, 1996; Rim, 1999 va boshqalar) sifat sovrinlariga sazovor boʻlgan. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. 2004 yilda 1,14 mlrd. soʻmlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi.