Toshkent issiqlik elektr stansiyasi
Toshkent issiqlik elektr stansiyasi – Oʻzbekistondagi yirik issiklik elektr styalardan biri. „Uzbekenergiya“ davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi shoʻʼba korxona. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan. Stya qurilishi 1961-yil yanvarda uskunalarni ochiq holda joylashtirish bilan boshlangan. 1energobloki 1963-yilda, oxirgi – 12bloki 1971-yilda ishga tushirilgan. Unga bosimi 140 atm, harorati 545° boʻlgan 500 tGʻsoat bugʻ ishlab chiqarish quvvatiga ega agregatlar oʻrnatilgan. Har bir afegatning quvvati 160 MVt, styaning umumiy quvvati esa 1860 MVt. 1975-yilda stya sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilindi. Asosiy yoqilgʻi – Buxoro gazi, rezerv yokilgi – mazut. Suv bilan taʼminlash sistemasi – kanal, sohil nasos styalari, bosimli quvurlar va ishlatilgan suv chikarib yuboriladigan yopiq kanallardan iborat. Suv Buzsuv kanalidan olinadi. Stya Toshkent sh. va uning atrof hududlari isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi; Oʻrta Osiyo „Energiya“ birlashgan energetika tizimiga ulangan, elektr tizimga 110, 200, 500 kV kuchlanishda uzatiladi. 2003-yilda 9345,7 mln. kVtsoat elektr energiya va 273,9 Gkal issiklik energiyasi ishlab chikardi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |