Tallimarjon koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tallimarjon koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Uzunligi 1,2 km
Tugash koordinatalari 41°16′31″N 69°18′02″E / 41.275265°N 69.300438°E / 41.275265; 69.300438 G O
Avtobuslar 12, 22
Avvalgi nomlari Monjara koʻchasi (Monjara sharafiga nomlangan)[1], Fetisov koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Koʻp qavatli uylar, OʻzElektroApparat zavodi, Koreya taʼlim maktabi, ATS
Map
Tallimarjon koʻchasining xaritada koʻrinishi

Tallimarjon koʻchasi – Toshkent shahrining, Mirobod tumani hududida joylashgan boʻlib, koʻchaning umumiy uzunligi 1,2 km ni tashkil qiladi[2][3][4][5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1941-yili Xarkov zavodi ushbu hududga koʻchiriladi va zavodga tutash koʻchaga Xarkovskaya nomi beriladi. 1950-yillar soʻngida koʻchaga Dmitriy Manjara sharafiga Monjara koʻchasi nomi beriladi[6].

1994-yil 16-dekabrda ushbu koʻchaga Vasiliy Fetisov nomi beriladi. Fetisov shu koʻchada joylashgan Oʻrta Osiyo Elektro Apparat zavodida (hozirgi "Oʻzelektroapparat" AJ) koʻp yil davomida rahbarlik qilgan va uning „Elektrotexnika sanoatidagi ulkan xizmatlari uchun“ Toshkent shahridagi ushbu koʻchaga Fetisov nomi berilgan[7].

2005-yil 22-iyunda koʻcha nomi Tolimarjon koʻchasi deb oʻzgartiriladi[7][8].

Kesishgan koʻchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha Sayhun koʻchasidan boshlanib[9], EskiSarikoʻl koʻchasi bilan kesishadi.

Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha boʻylab Oʻzelektroapparat zavodi, Talabalar yotoqxonasi, 291-ATS, Furqat bogʻi, Janubiy Korey maktabi, Amerika maktabi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish doʻkonlari, koʻp qavatli uylar joylashgan.

Tansport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha boʻylab 12-chi, 22-chi avtobuslar harakatlanadi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]